Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA KOGNITIV YONDASHUVLARDAN FOYDALANISH USULLARI
FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA KOGNITIV · YONDASHUVLARDAN FOYDALANISH USULLARI · Fayzullayeva Azizabonu Sadullo qizi
Модели и методы в современной науке · 13 · 2026
Аннотация
В данной статье анализируется понятие критического мышления, его этапы и структурные аспекты, а также педагогический процесс, направленный на формирование критического мышления у учащихся. Освещается также роль когнитивных подходов в развитии критического мышления, их взаимосвязь с познавательной познавательной деятельностью в процессе обучения.отация. Ключевые слова: образовательный процесс, ученик, критическое мышление, когнитивный подход, когнитивный процесс, когнитивная педагогика, обратная связь, развитие, знания, навыки, опыт, этапы критического мышления. Annotation. This article analyzes the concept of critical thinking, its stages and structural aspects, and the pedagogical process aimed at the formation of critical thinking in students. It is also highlighted the role of cognitive approaches in the development of critical thinking, their possible relationship with cognitive cognitive cognitive activity in the educational process.nnotation. Keywords: educational process, student, critical thinking, cognitive approach, cognitive process, cognitive pedagogy, expression, development, knowledge, skills, experience, stages of critical thinking. Zamonaviy dunyoda ta’lim va tarbiya tizimi yangi ijtimoiy talablarga javob beradigan shaklga kirib bormoqda. Jamiyatimiz shiddat bilan o‘zgarayotgan hayot sharoitida mustaqil fikrlovchi, ijodkor, muammolarga innovatsion yechim topa oladigan shaxslarni talab qiladi. Shu bois ta’lim siyosatida chuqur islohotlar amalga oshirish, ular orqali nafaqat an’anaviy bilim berish, balki o‘quvchilarda 160 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, tahliliy yondashuv va fikr bildirish qobiliyatlarini shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Bugungi ta’lim jarayonida pedagoglardan darsni samarali loyihalash, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy metodlardan foydalanish zarurati mavjud. Ayniqsa, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar o‘quvchilarning nafaqat ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatini, balki hayotiy faoliyatidagi aqliy salohiyatini ham oshirishga xizmat qiladi. Bunday texnologiyalar orqali o‘quvchilar axborotni tahlil qilish, asoslangan xulosa chiqarish va qaror qabul qilish kabi muhim kognitiv ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar aynan shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-no- yabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4884-son Qarori mazkur yo‘nalishdagi kompleks islohotlarning huquqiy asosini tashkil etadi. Ushbu islohotlar, o‘qituvchilar va ota-onalarning hamkorlikda harakat qilishi, yoshlar bilan muloqotga kirishib, ularni fikrlashga, fikr bildirishga va muhokama yuritishga rag‘batlantirishi orqali tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratadi. Tanqidiy fikrlash tushunchasi ta’lim va tarbiya tizimining asosiy intellektual faoliyatlaridan biriga aylangan. Ushbu ko‘nikmaning shakllanishi o‘quvchining o‘z maqsadlarini, ehtiyoj va istaklarini anglab, shaxsiy rivojlanish yo‘nalishini mustaqil belgilab olishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. M. Scriven va R. Paul tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda tanqidiy fikrlash shaxs tomonidan amalga oshiriladigan “intellektual nazoratga asoslangan jarayon” sifatida tavsiflanadi. Tanqidiy fikrlash o‘quvchilarning dars jarayoni va darsdan tashqari faoliyatlarida o‘z bilim va tajribasini ongli ravishda qo‘llay olish, o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olish, fikr va qarashlarini tahlil qila olish, e’tiqodi hamda insoniy fazilatlarini puxta shakllantirish kabi muhim jihatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu jarayon asosan kognitiv (ya’ni bilish) faoliyat asosida yuzaga keladi. O‘quvchilardagi idrok, xotira, tafakkur va o‘rganish kabi psixik jarayonlar kognitiv faoliyatning tarkibiy qismlaridir. “Kognitiv” atamasi lotincha “cognoscere” (bilmoq, tushunmoq, anglamoq) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u ongli bilish faoliyatini ifodalaydi. Kognitiv jarayonlar orqali shaxs atrof-muhitni anglaydi, axborotni qayta ishlaydi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. Ta’lim tizimida kognitiv faoliyatni rivojlantirish – bu o‘quvchilarda tanqidiy, mantiqiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirib, kompetensiyalarga aylantirish, o‘zini rivojlantirish va o‘z faoliyatini nazorat qilish malakalarini rivojlantirishga 161 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yo‘naltirilgan. Bilimlarning xotirada saqlanishi, qayta ishlanishi va amaliyotga tadbiq etilishi aynan kognitiv jarayonlar orqali yuzaga keladi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dunyo ta’lim tizimida “kognitiv yondashuv” keng miqyosda qo‘llanila boshlandi. Bu esa “kognitiv pedagogika” deb nomlangan ilmiy yo‘nalishning shakllanishiga olib keldi. Hozirgi davrda mazkur yo‘nalishga doir metodikalar va yondashuvlar ilmiy izlanish
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется понятие критического мышления, его этапы и структурные аспекты, а также педагогический процесс, направленный на формирование критического мышления у учащихся.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется понятие критического мышления, его этапы и структурные аспекты, а также педагогический процесс, направленный на формирование критического мышления у учащихся. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- educational process, student, critical thinking, cognitive, tanqidiy fikrlash bosqichlari., o‘quvchi, rivojlanish, ko‘nikma, kognitiv pedagogika, ta’lim jarayoni, bilim, tajriba, fikr bildirish, kognitiv yondashuv, tanqidiy fikrlash, bilish jarayoni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025