К содержанию
РецензированоUZ2026

FITONIMLAR ASOSIDAGI METAFORIK IFODALAR VA ULARNING TARJIMA MUAMMOLARI

TARJIMA MUAMMOLARI · Maxmanova Fayruza Fazliddin qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This article analyzes metaphorical expressions based on phytonyms — plant names — and the challenges they present in translation. Due to the intertwining of language and culture, such metaphors often lack direct equivalents in other languages, making them problematic for translators. The paper examines examples from English, Russian, and Uzbek, and explores strategies used in translating phytonym-based metaphors. Keywords: Phytonyms, metaphor, translation theory, intercultural communication, lexical challenges Til — bu nafaqat aloqa vositasi, balki millat madaniyati, dunyoqarashi va qadriyatlarining ifodasidir. Har bir tilda insoniyatning tabiatga, atrof-muhitga va o‘zaro munosabatlarga bo‘lgan munosabati aks etadi. Shu jumladan, o‘simlik nomlari — fitonimlar — turli xalqlarning tilida faqatgina biologik atama sifatida emas, balki ramziy va metaforik ma’nolarni ifodalovchi vosita sifatida ham keng 5 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qo‘llaniladi. Fitonimlar asosida yaratilgan metaforalar tilda obrazlilik, emotsionallik va ta’sirchanlikni kuchaytiradi. Ular milliy tafakkur va mentalitet mahsuli bo‘lib, turli tillarda turlicha talqin qilinadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “loladay yashnamoq” iborasi hayotning go‘zalligi va yorqinligini tasvirlasa, ingliz tilidagi “to come up roses” ifodasi ham shunga yaqin, ammo o‘ziga xos konnotatsiyaga ega. Tarjima jarayonida bunday iboralarni boshqa tilga to‘g‘ri va ta’sirchan yetkazish ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Zero, metaforik fitonimlar ko‘pincha o‘ziga xos madaniy va tarixiy kontekstga ega bo‘lib, ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish mazmunni buzib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun fitonimlarga asoslangan metaforik ifodalarni tarjima qilish nafaqat til bilimi, balki madaniyatlararo tafakkurni, badiiy sezuvchanlikni ham talab qiladi. Ushbu maqolada aynan ana shunday metaforalarning tabiati, ularning tarjima jarayonidagi muammolari hamda bunday holatlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tarjima strategiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot Metodologiyasi. Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida lingvistik tahlil va qiyosiy tadqiqot metodlariga asoslanildi. Fitonimlarga asoslangan metaforik ifodalarni o‘rganishda asosiy e’tibor uchta til — o‘zbek, rus va ingliz tillarida uchraydigan metaforalarga qaratildi. Tadqiqot quyidagi bosqichlar asosida amalga oshirildi: 1. Nazariy adabiyotlar tahlili: Fitonim, metafora, tarjima nazariyasi va madaniyatlararo kommunikatsiya bo‘yicha ilmiy maqolalar, lug‘atlar va darsliklar o‘rganildi. Bu orqali fitonimlarning lingvokulturologik ahamiyati aniqlashtirildi. 2. Qiyosiy-lingvistik tahlil: Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi fitonim asosidagi metaforik ifodalar yig‘ilib, ularning tuzilishi, semantik yuki va madaniy mazmuni taqqoslab o‘rganildi. Har bir iboraning tarjima muammolari aniqlanib, ular turkumlarga ajratildi. 3. Tarjima strategiyalarini o‘rganish: Metaforik fitonimlarni tarjima qilishda tarjimonlar tomonidan qo‘llaniladigan usullar, xususan, ekvivalent almashtirish, tavsifli tarjima, adaptatsiya va omonimik yechimlar tahlil qilindi. 4. Amaliy misollar asosida tahlil: Turli tillardagi badiiy adabiyotlar, maqolalar va internet manbalaridan olingan metaforik iboralar asosida tarjima misollari berilib, ularning mazmunan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tarjima qilingan holatlari ko‘rsatib berildi. Mazkur metodologik yondashuv orqali fitonimlarga asoslangan metaforik ifodalarning tarjimadagi murakkablik darajasi chuqur tahlil qilindi va ularni tarjima qilishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar aniqlandi. 6 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Natija va muhokamalar: Tadqiqot natijalari fitonimlarga asoslangan metaforik ifodalar tarjimasida til va madaniyat o‘zaro bog‘liqligi katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Turli tillarda bir xil o‘simlik nomi turlicha madaniy konnotatsiyaga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, ularni so‘zma-so‘z tarjima qilish ko‘pincha ma’no buzilishiga olib keladi. Masalan, o‘zbek tilida "loladek yashnamoq" ifodasi ijobiy emotsional rangga ega bo‘lsa, ingliz tilida "tulip" (lolaning inglizcha nomi) bu kabi hissiy yuklamani bermaydi. Bu esa tarjimada ekvivalent topish muammosini keltirib chiqaradi. FITONIMLARNING ADABIY MATNLARDAGI O’RNI. 1. Shrinking violet- bu ibora jamoat oldidagi o’zini noqulay his qiladigan, tortinchoq shaxsni ifodalaydi. Bu ibora o’zbek tilida “yer yorilsa-yu, yer ostiga kirib ketmoq” iborasiga to’g’ri keladi. Iborani ingliz adabiyotida quyidagicha keltirilganligini ko’rishimiz mumkin: “ Out of the bunch of human shrinking violets whose experiences and reflections make up thi book, some have dealt with their shyness stoically, others with such seamless social skill that they handly seemed shy at all. “ [Joe Moran, “shrinking violets the secret life of shyness” , pg 22. Yale University press. New Haven and London.] 2. Late bloomer- kech rivojlanadigan yoki o’z iste’dodini kech namoyon qiladigan odam ma’nosini berad

Доказательный фрагмент

«This article analyzes metaphorical expressions based on phytonyms — plant names — and the challenges they present in translation.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes metaphorical expressions based on phytonyms — plant names — and the challenges they present in translation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Phytonyms, metaphor, translation theory, intercultural, tarjima nazariyasi, Fitonimlar, metafora, madaniyatlararo kommunikatsiya, leksik muammo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники