К содержанию
РецензированоUZ2026

ATROF TABIIY MUHITNI IFLOSLANTIRISH JINOYATI UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANGAN JINOYAT QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH

QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH · Raximova Sitora Alisher qizi · Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB

Инновационные исследования в науке · 2026

Аннотация

In this article, one can see the concepts of the natural environment, pollution of the environment, the criminal legal elements of the crime of pollution of the natural environment, the analysis of criminal liability issues established in the criminal legislation of several foreign countries for pollution of the natural environment, as well as a proposal aimed at improving our national legislation. Key words: environment natural environment, radiation pollution, chemical pollution, bacteriological pollution, protected natural areas. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, uni ahvolini yaxshilash, shuningdek, ekologik muammolarni bartaraf etish hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirishga qaratilgan bir qator belgilangan, muhim va dolzarb bo‘lgan vazifalaridan hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan 60 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida belgilangan “Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish” deb nomlangan 79-maqsadiga ko‘ra unda quyidagilar ko‘rsatilgan, ya’ni “Atrof muhitga ta’sir xavfi yuqori daraja (I toifa)dagi obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish. Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan ta’minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof muhitga ta’siri ustidan monitoringni amalga oshirish1”. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 09-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-sonli Qonuni2ning 47-moddasiga binoan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik, shu bilan birga atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlaridan foydalanganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga asosan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortilish masalasi aks ettirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu maqolada atrof tabiiy muhitni ifloslantirish jinoyatini sodir etganlik uchun belgilangan jinoy javobgarlik masalasini yoritish, shu bilan bir qatorda, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish uchun javobgarlik belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligini takomillashtirish oid fikr mulohazalar aks ettirish lozim bo‘ladi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot jamoamiz bilan kelishgan holda, avvalo, ushbu mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim tushunchalarning ta’rifi va atrof tabiiy muhitni ifloslantirish jinoyatining jinoiy-huquqiy elementlari tahliliga to‘xtalilish mavzuning to‘liq mazmuninig ochib berishga xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Atrof tabiiy muhit3 – o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan tabiiy obyektlar (havo, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi) yig‘indisi. Atrof tabiiy muhitni ifloslanishi deganda, xo‘jalik va boshqa faoliyat, tabiiy kuchning halokatli ta’siri, falokat yoki ofat oqibatida inson sog‘lig‘iga, tabiiy ekologik tizimga, o‘simlik va hayvonlarning genetik fondlari holatiga tahdid soluvchi atrof tabiiy muhitni doimiy salbiy o‘zgarishi sodir bo‘ladigan 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni// https://lex.uz/uz/docs/-5841063. 2 O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 09-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-sonli Qonuni// URL: https://lex.uz/uz/docs/-107115#-5524742. 3 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism/ M. Rustambayev. – Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2024. – 3-qism. – 15-bet. 61 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference hudud, shuningdek, suv va havo bo‘shliqlarining radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik yoki boshqacha ifloslanishi tushuniladi4. Atrof tabiiy muhitni ifloslanishi quyidagi turlarga bo‘linadi5: 1. Radiatsiyaviy ifloslanishi; 2. Kimyoviy ifloslanishi; 3. Bakteriologik ifloslanishi. Atrof tabiiy muhitni radiatsiyaviy ifloslanishi – atrof-muhitning inson faoliyati yoki texnogen omillar ta’sirida radiaktiv moddalarning me’yoridan ortiq darajada tarqalishi bilan ifodalanadi. Radiatsiyaviy ifloslanish sabablari: atom elektr stansiyalaridagi avariyalar, yadro qurollari sinovlari, radiaktiv chiqindilarning noto‘g‘ri saqlash yoki utilizatsiya qilish, tibbiyot yoki sanoatda radiaktiv moddalardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilar va boshqalardan iborat6. Atrof tabiiy muhitni kimyoviy ifloslanishi – bu muhitga inson faoliyati natijasida turli zararli kimyoviy moddalar tushishi va ularning tabiatda to‘planib, tirik organizmlar salomatligiga hamda ekologiyaga salbiy ta’siridir. Ularga sanoat chiqindilari (metallar, kislotalar), qishloq xo‘jalik kimyoviy

Доказательный фрагмент

«In this article, one can see the concepts of the natural environment, pollution of the environment, the criminal legal elements of the crime of pollution of the natural environment, the analysis of criminal liability…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, one can see the concepts of the natural environment, pollution of the environment, the criminal legal elements of the crime of pollution of the natural environment, the analysis of criminal liability… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
environment natural environment, radiation pollution, bakteriologik ifloslanishi, kimyoviy ifloslanishi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar., radiatsiyaviy ifloslanishi, atrof tabiiy muhit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники