Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON SSSR HUDUDIDA POYABZAL SANOATINING TASHKIL ETILISH TARIXI.
TASHKIL ETILISH TARIXI. · Botirova Nargiza Zohidjonovna
Академические исследования в современной науке · 1940
Аннотация
Mazkur maqolada SSSR davrida O‘zbekiston hududida poyabzal sanoatining paydo bo‘lishi, uning qanday holatda rivojlangani, qaysi hududlarda kengaygani va ularda uchragan muommo va kamchiliklar ilmiy tahlillar orqali yoritiladi. Kalit so‘zlar: Ko‘n – poyabzal, su’niy charm, rezina, poyabzal fabrikalari, tekstil, trikotaj, birlashma, Andijonmash, Elektroapparat, Sovet Ittifoqi. Jamiyatimizda juda ko‘p islohatlar hozirgi kunda avj olib bormoqda. Qaysi sohani olmaylik hammasida yangiliklar, izlanishlarni ko‘ramiz va barchasi bizning ko‘zimizni quvontiradi. Tarixdan bizga ayonki, har bir sohani o‘ziga yarasha paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari bo‘ladi. Sovet davrida O‘zbekistonda yengil sanoat, tikuvchilik, poyabzal va ip - gazlama ishlab chiqarish 1940 - 1980 - yillarda sezilarli tarzda rivojlandi. Ko‘n - poyabzal sanoati bu mahalliy xom-ashyo masalan, hayvon terisi asosida charm va sun’iy charmdan poyabzal ishlab chiqarish tushuniladi [3]. Sovet Ittifoq davrida Oʻzbekiston hududida ilk bor poyabzal fabrikasi Toshkentda 1927-yilda ishga tushirilgan. 1935 – yilda Toshkentda ikkinchi poyabzal fabrikasi, 1938 – 1939 - yillarda Buxoro, Samarqand, To‘rtko‘l, Termiz, 1940-1942-yillarda Namangan, 1942 -yilda Andijon, Qoʻqon, Chirchiq shaharlarida kichik poyabzal zavodlari tashkil etilgan [1]. Bu sanoat fabrikalarining tashkil etilish davrlari haqida biroz to‘xtalib o‘tamiz. Vodiy miqiyosida ilk bor Namangan viloyatining Pop tumanida 1940-1950- yillarda rezina poyabzal fabrikasi ochildi. “Namangan poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi” da shuningdek, Uychi, Toshbuloq va Kosonsoy poyabzal fabrikalari ham mavjud bo‘lgan. Paxta va tekstil asosiga asoslangan yengil sanoat ham birga rivojlandi. Charm asosidagi poyabzal ishlab chiqarilishi past hajmda edi. 1960- 1970 - yillarda Namangan shahrida tekstil kombinati, trikotaj va gazlama ishlab chiqarishga alohida ahamiyat berilganligi manbalarda qayd etiladi [5]. Navbatdagi viloyat Farg‘ona hududida 1940-1950-yillarda trikotaj, ip- gazlama, matolar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan fabrika tarmoqlari mavjud bo‘lgan. Kichik charm-ustaxonalar ochilib, charm poyabzal va aksessuarlar ishlab chiqarilgan. Farg‘ona viloyatidagi ilk poyabzal fabrikasi aslida “Farg‘ona poyabzal fabrikasi” hisoblanadi. Bu korxona 1960-yillarda tashkil etilgan bo‘lib, respublika yengil sanoatidagi rivojlanish jarayonida muhim rol o‘ynagan [6]. Farg‘ona fabrikasi Sovet davrida tashkil etilgan bo‘lib, Qo‘qon poyabzal fabrikasi, 28 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference So‘x poyabzal fabrikasi, Farg‘ona charm zavodi va Farg‘ona sun’iy charm zavodi birlashmalar tarkibida faoliyat yuritgan. So‘ngra birin -ketin 1969-yilda Farg‘ona poyabzal fabrikasi, 1972-yilda Qo‘qon ko‘n zavodi, 1974-yilda Farg‘ona sun’iy charm fabrikasi ishga tushirildi [2]. Shu davrlar mobaynida Andijon viloyatining Xonobod hududida ham charm teri qayta ishlash zavodlari tashkil etilgan bo‘lib, 1941-1945-yillarda qo‘y terisini tayyorlash va teri bilan ishlash faoliyati rivojlantirilgan. Bu davrda Andijonda poyabzal ishlab chiqarish rasmiy ravishda sanoat korxonasi sifatida mavjud bo‘lmagan, lekin Xonobod tumanida charm mahsulotlar uchun zarur poydevor sanaladigan teri zavodlari faoliyati Andijon xalqi uchun poyabzal sanoatining ilk markazi bo‘lgan. Keyinchalik Andijon hududida sovet davrida ommalashgan tikuvchilik va poyabzal fabrikalari shuningdek, “Andijonmash”, “Elektrodvigatel”, “Elektroapparat” kabi sanoat korxonalari faoliyat olib brogan [8]. Ularda poyabzal va charm mahsulotlari tayyorlanib, mahalliy bozor va eksport uchun mo‘ljallangan. 1950-1960-yillarda esa ishchi korxonalar ochildi, motorsozlik, tikuvchilik va poyabzal fabrikalari asosan og‘ir sanoat bilan yonma- yon faoliyat yuritdi [7]. 1960-1980-yillarga kelib barcha hududa korxonalar kengaytirildi va tekstildan poyabzal uchun tayanch maydon yaratildi. 1980- yillarga kelib, bu sohada natijalar yuqoriga ko‘tarildi. 1980-yillarda millionlab juft poyabzal ishlab chiqarildi [9]. Xom ashyo sanoati rivojlanishi, sun’iy charm va boshqa materiallar ishlab chiqarish boshlandi, sanoat tarmoqlarining integratsiyasi, poyabzal sanoati charm, rezina, plastik va boshqa sanoatlar bilan bog‘landi. Bu mahsulot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Ishchi kuchining keng jalb qilinishi, hududda ko‘plab ishchi va mutaxassislar tayyorlandi. Bu sohada ishchi kuchining ko‘payishi ishlab chiqarish hajmini yanada oshirdi[4]. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bu sohada ham bir nechta kamchiliklar ko‘zga tashlangan. Masalan, xom ashyo sifati pastligi va yetishmasligi, tehnik jihozlarining eskirganligi, ishchilarning malakasi yetishmasligi, boshqaruvda cheklovlar bo‘lganligini aytish o‘rinlidir. O‘zbekistondagi poyabzal sanoati mahsulotlari asosan ichki bozorga va Sovet Ittifoqi hamda uning ittifoqchilari hududlariga eksport qilingan. Mustaqil shartnomalar tuzilmagan, chunki tashqi savdo Sovet markaziy boshqaruvi tomonidan amalga oshirilgan va ularning nazora
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada SSSR davrida O‘zbekiston hududida poyabzal sanoatining paydo bo‘lishi, uning qanday holatda rivojlangani, qaysi hududlarda kengaygani va ularda uchragan muommo va kamchiliklar ilmiy tahlillar orqali yo…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada SSSR davrida O‘zbekiston hududida poyabzal sanoatining paydo bo‘lishi, uning qanday holatda rivojlangani, qaysi hududlarda kengaygani va ularda uchragan muommo va kamchiliklar ilmiy tahlillar orqali yo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sovet Ittifoqi., tekstil, birlashma, rezina, Ko‘n – poyabzal, su’niy charm, poyabzal fabrikalari, trikotaj, Andijonmash, Elektroapparat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026