К содержанию
РецензированоRU2026

TANQIDIY FIKRLASH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA METODIK YONDASHUVLAR

METODIK YONDASHUVLAR · Fayzullayeva Azizabonu Sadullo qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье освещены теоретико-методические основы формирования и развития навыка критического мышления в современном образовательном процессе. Анализируется сущность критического мышления, его влияние на самостоятельное мышление учащихся, а также педагогические условия и методы, служащие развитию данной компетенции. Ключевые слова: критическое мышление, мышление, педагогические методы, интерактивные методы, мозговой штурм, вставка, кластерный метод, методический подход, учебная деятельность. Annotation. This article covers the theoretical and methodological foundations of the formation and development of critical thinking skills in the modern educational process. The essence of critical thinking, its influence on the independent thinking of students, as well as pedagogical conditions and methods that serve to develop this competence are analyzed Keywords: critical thinking, thinking, pedagogical methods, interactive methods, mental attack, INSERT, cluster method, methodological approach, educational activity. Hozirgi vaqtga qadar tanqidiy fikrlash masalasi MDH va xorij olimlari tomonidan turli jabxalarda o‘rganilgan va o‘rganilib kelinmoqda. Xususan, mamlakatimiz taraqqiyotida Sharq ta’limi mazmunini o‘zida mujassam etgan ta’lim muassasalarimizda o‘quvchilarni mustaqil tanqidiy fikrlashga o‘rgatish zarurligi haqida o‘rta asrlarning buyuk mutafakkirlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sinolar ta’kidlaganidek, ana shu tanqidiy fikrlash jarayonida, bugungi globallashuv asrida o‘zlashtirilgan bilimlar ma’lum manbadan olingan bilimlarga nisbatan katta ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatish muhimdir. Tanqidiy fikrlash – bu axborotni tizimli tahlil qilish, dalillarning ishonchliligini baholash, qarama- 42 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qarshi fikrlarni tortish va asosli xulosalar shakllantirishni o‘z ichiga olgan kognitiv jarayon. Bu qobiliyat zamonaviy voqelikka samarali moslashishning ajralmas qismidir. Zamonamiz olimlaridan S.S.G‘ulomov o‘z tadqiqotlarida tanqidiy fikrlash uchun “dalillarni eslab qolish va g‘oyalarni isbotlash” deb ta’rif beradi.O.S.Dadabolayeva esa o‘zining “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish mexanizmlari” nomli tadqiqot ishida tanqidiy fikrlash haqida “Tanqidiy fikrlash - o‘quvchining o‘qituvchi rahbarligida mustaqil bilim olishi natijasida talabaning yanada rivojlangan shaxsi shakllanadi.” -deb ta’kidlaydi. Yana bir tadqiqodchilaridan biri T.B.Nazarov tanqidiy fikrlashga “Tanqidiy fikrlash bu – XXI asr talablarini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishimizga imkoniyat yaratuvchi, o‘rganayotgan va bajarayotgan ishimizni yanada chuqurroq anglashimizga yordam beruvchi ijobiy ko‘nikmadir”-deya ta’riflaydi Ma’lumki, inson bilim egallash va uni o‘zlashtirish jarayonida tanqidiy yondashuvni qo‘llamasa, tafakkur faoliyatida mustaqillik vujudga kelmaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlardan biri – erkin, mustaqil va tanqidiy fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalashdir. Shu sababli umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb- hunar maktablari va texnikumlar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘quvchilarning bilish jarayonini faollashtirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish zarur bo‘lib qolmoqda. Tanqidiy tafakkur tabiiy ravishda yuzaga kelmaydi; bu – o‘quv jarayonida maqsadga yo‘naltirilgan, izchil shakllanadigan malaka va kompetensiyalardandir. Ushbu ko‘nikma foydali axborotlarni tahlil qilish, baholash, farqlash va ularni ijodiy qayta ishlashga asoslangan. Shuningdek, tanqidiy fikrlash an’anaviy o‘quv predmeti emas, balki ta’lim samaradorligining natijasi sifatida qaraladi. Bu ko‘nikma mavjud g‘oyalarni boshqa fikrlar bilan solishtirish, baholash va ularning mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilish orqali yuzaga chiqadi. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1)da’vat, 2)anglash 3)fikrlash. Da’vat bosqichda interfaol o‘qitish metodlaridan – xususan, “Aqliy hujum” texnologiyasidan foydalaniladi. O‘quvchilar o‘zlarining mavjud bilim va taxminiy tasavvurlarini aniqlab, erkin tarzda bayon etadilar. Bu jarayon individual, juftlikda yoki guruh shaklida amalga oshiriladi. Barcha fikrlar to‘g‘riligidan qat’i 43 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference nazar, doskaga yozib boriladi. O‘qituvchi esa ushbu jarayonda faqat yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi sifatida qatnashadi. Uning asosiy vazifasi – savollar orqali o‘quvchilar tafakkurini faollashtirish, muhokamaga tortilmagan masalalarni ilgari surishdir. Ushbu bosqich o‘quvchilarning mavjud bilimlarini faollashtirish, ularni o‘z bilimlari ustida fikr yuritishga undash orqali yangi mavzuni anglashga tayyorlash vazifasini bajaradi. Psixologik jihatdan qaralganda, yangi axborot mavjud bilimlar bilan integratsiyalanmasa, u qisqa vaqt ichida unutilishi ehtimoldan xoli emas. Zero, ta’lim bu –

Доказательный фрагмент

«В данной статье освещены теоретико-методические основы формирования и развития навыка критического мышления в современном образовательном процессе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье освещены теоретико-методические основы формирования и развития навыка критического мышления в современном образовательном процессе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
critical thinking, thinking, pedagogical methods, interactive, INSERT, tafakkur, pedagogik metodlar, klaster metodi, metodik yondashuv, interfaol usullar, o‘quv faoliyati., aqliy hujum, tanqidiy fikrlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники