К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA TEJAMKORLIKNING O‘RNI

Anvarova Lobarxon · Doniyorova Iroda Bahodirovna

Академические исследования в современной науке · 3 · 918-922 · 2026

Аннотация

The article discusses the criterion that allows determining the efficiency of labor - economy. Because in all periods, the effectiveness of labor has depended on the correspondence between the volume of products created and the rate of resource consumption, and on the elimination of waste. In the modern economy, economy has become one of the main criteria for indicating the effectiveness of labor in enterprises and organizations, companies and firms. Because "in the current market economy, one of the important directions for increasing the efficiency of social production and service provision is economy. The author also puts forward recommendations that allow achieving economy. He also emphasizes that companies that are accustomed to conducting their activities on the basis of modern recommendations are striving to purchase environmentally friendly equipment and devices, use their capabilities more widely, and thus save resources. In some institutions, a whole set of programs and activities that allow for resource management and research have been developed and are being implemented consistently and systematically over the long term. Keywords: Economy, labor efficiency, labor productivity in modern economy, organizations, companies and firms. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng tarmoqli islohotlar amalga oshirilmoqda, mehnat unumdorligini yuksaltirish uchun real imkoniyatlarni vujudga keltiriladi. Ayni payda uni yanada oshirishga xalal berib turgan qator muammolar ham mavjudki, ularni tizimli ravishda bartaraf etish – yaqin kelajakdagi ahamiyatli ijtimoiy vazifalardan biridir. Mehnatning samaradorligini aniqlash imkonini beradigan mezon bu – tejamkorlik hisoblanadi. Chunki barcha davrlarda ham amalga oshirilgan mehnat samarasi 12 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yaratilgan mahsulotlar hajmi bilan resurslarning sarflarini meyori o‘rtasidagi muvofiqlikka, isrofgarchilikka barham berilgani xolatiga bog‘liq bo‘lgan. Bugungi kunda zamonaviy iqtisodiyotda tejamkorlik korxona va tashkilot, kompaniya va firmalardagi mehnatning samarasini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan biriga aylandi. Chunki “hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri tejamkorlikdir. Milliy iqtisodiyot o‘sishining jadal sur’atlarini ta’minlash uchun ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy negizlarini mustahkamlash, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish, ishchi kuchi resurslarining samarali bandligini ta’minlash kabi dolzarb muammolarning yechimi ham ko‘p jihatdan tejamkorlikka bog‘liq”. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y kitoblarida iqtisodiyot – uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot – yirik xususiy xo‘jalik, jamoa xo‘jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy Tejamkorlik ishlatiladigan resurslarga bo‘lgan oqilona munosabatni ifodalaydi. Bu munosabat resurslar shakliga qarab, ko‘plab yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Mazkur yo‘nalishlarning asosiylari quyidagilardan iborat: -turli uskunalar, vositalar va xom ashyolarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy resurslar tejamkorligi. Uskuna va vositalar korxona faoliyatining xarakterini belgilab beradi. Umuman, uning o‘z maqsadiga erishishi imkoniyatlari ham shundan kelib chiqadi. Ularning oqilona sarflanishi, bu boradagi isrofgarchiliklarning bartaraf qilinishi mazkur yo‘nalishdagi tejamkorlikning asosini tashkil etadi. Natijada yaratilayotgan mahsulotlarning sifati va xaridorligi yuksaladi. Shuningdek, korxona jamoasi a’zolarining ish joyidagi faoliyati mahsuldor tus oladi. U ishlab chiqarish bilan bog‘liq yo‘qotishlarni kamaytirishda ham qo‘l kelishi mumkin. Biroq tejab-tergash deganda ma’nan eskirib bo‘lgan hamda biror bir naf keltirmay qo‘ygan jihozlaru inshootlarni ham 13 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o‘jarlik bilan saqlash tushunilmaydi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan ashyolarni hech bir asossiz kamaytirish ham tejamkorlik emas. Bunda turli resurslardan ularning yaroqliligi muddati davomida oqilona foydalanish, xam ashyo isrofgarchiligining oldini olish nazarda tutiladi. Resurslarning bunday unumli sarf-xarajati rentabellikni oshirishning asosiy yo‘li hisoblanadi; -tashkilot ixtiyoridagi mablag‘lar majmuini o‘zida mujassam qilgan moliyaviy resurslar tejamkorligi.Bunday munosabat negizini mablag‘larning maqsadga muvofiq xarajati tashkil qiladi. Moliyaviy resurslarning oqilona sarflanish

Доказательный фрагмент

«The article discusses the criterion that allows determining the efficiency of labor - economy.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the criterion that allows determining the efficiency of labor - economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Economy, labor efficiency, labor productivity in modern, mehnat unumdorligi, zamonaviy firma, tashkilot, Zamonaviy iqtisodiyot, Tejamkorlik, kompaniya va firmalardagi mehnatning samarasi., mehnatning samaradorligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники