Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA RAQAMLI O‘QUV MODULLARI: 7–8-SINFLAR UCHUN KONTENT YARATISH TAJRIBASI
Raxmatullayeva Barno Baxtiyor qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘qitishda raqamli o‘quv modullarini yaratish va ularni dars jarayoniga integratsiya qilish tajribasi yoritilgan. Tadqiqot doirasida darslikdagi mavjud mavzular asosida interaktiv va multimediaviy topshiriqlar Wordwall va Prepare.uz platformalarida ishlab chiqildi. Mazkur modullar o‘quvchilarning lisoniy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil ishlashga yo‘naltirish va raqamli kompetensiyalarini shakllantirishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘ldi. Maqolada raqamli modullarning metodik asoslari, ularni loyihalash bosqichlari hamda qo‘llash natijalari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: raqamli o‘quv moduli, ingliz tili o‘qitish, interaktiv topshiriq, Wordwall, Prepare.uz, ta’limda raqamlashtirish Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan raqamli transformatsiya o‘quv jarayonining barcha bosqichlarini qamrab olmoqda. Ayniqsa, xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalar vositasida yaratilgan o‘quv modullari o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vositaga aylanmoqda. Ingliz tilini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish nafaqat bilim berish, balki mustaqil fikrlash, interaktiv muloqot va ijodiy yondashuvlarni shakllantirishni ham talab etadi. Raqamli o‘quv modullari bu borada yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, Wordwall, Prepare.uz, LearningApps kabi platformalarda yaratilgan topshiriqlar o‘quvchilarning individual qobiliyatlariga moslashadi, til materiallarini interaktiv shaklda o‘zlashtirishga yordam beradi. Bunday yondashuv 7–8-sinf o‘quvchilari uchun ayniqsa dolzarbdir, chunki bu davrda ularda tilga nisbatan qiziqish ortadi, lekin diqqat va motivatsiyani ushlab turish uchun darslar zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-maydagi PQ–229-sonli qarorida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga alohida urg‘u berilgan. Ushbu qaror asosida o‘qituvchilar oldida darslarni raqamli vositalar bilan uyg‘unlashtirish, darslik materiallarini moslashtirib taqdim etish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Adabiyotlar tahlili So‘nggi yillarda xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli o‘quv resurslarining o‘rni tobora ortib bormoqda. J.H. Dudeney va N. Hockly (2007) o‘zlarining “How to 21 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Teach English with Technology” nomli asarlarida raqamli texnologiyalar til o‘rganishda yangi kontekstlar yaratib berishini ta’kidlaganlar [1]. Ular interaktiv platformalar yordamida til o‘rganish jarayonini faollashtirish mumkinligini asoslab bergan. J.C. Richards (2015) fikricha, raqamli muhit o‘quvchilarni faqat passiv eshituvchilar emas, balki faol ishtirokchilarga aylantiradi. Bu esa ularning tinglab tushunish, so‘zlashish, o‘qish va yozish kabi asosiy til ko‘nikmalarini muvozanatli rivojlantirish imkonini beradi [2]. Mahalliy mualliflardan Q.X. Niyozov (2020) ingliz tilini o‘qitishda mobil ilovalar, interaktiv taxtalar va onlayn platformalar orqali yangi formatdagi mashg‘ulotlar tashkil etish samaradorligini tadqiq qilgan [3]. Uning fikricha, raqamli topshiriqlar o‘quvchilar bilimini faqat baholash emas, balki o‘rgatish vositasiga ham aylanishi kerak. `Yuqoridagi tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, raqamli o‘quv modullari orqali o‘quvchilarni motivatsiyalash, muloqotga jalb qilish va interaktiv o‘rganish muhiti yaratish mumkin. Biroq, ushbu modullarni yaratish va sinf sharoitida samarali qo‘llash tajribalari hali yetarlicha chuqur o‘rganilmagan. Ushbu maqola aynan shu yo‘nalishda ilmiy-amaliy asoslangan yondashuvni taklif qiladi. Metodologiya Mazkur tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘qitishda raqamli o‘quv modullarini yaratish, joriy etish va samaradorligini baholash maqsad qilingan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida amaliy tajriba, kuzatuv, so‘rovnoma, suhbat va matn tahlili kabi sifatli va miqdoriy metodlar uyg‘unlashtirildi. Tadqiqot quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: 1. Tahlil bosqichi. “Prepare” darsligi asosida 7–8-sinflarga mo‘ljallangan mavzular o‘rganilib, ularga mos topshiriq turlari aniqlab olindi. Shuningdek, mavjud raqamli platformalar (Wordwall, Prepare.uz, LearningApps.org)ning funksional imkoniyatlari tahlil qilindi. 2. Modul yaratish bosqichi. Darslikdagi har bir mavzuga mos ravishda interaktiv topshiriqlar (bo‘shliqni to‘ldirish, juftlashtirish, test, viktorina) yaratildi va Prepare.uz hamda Wordwall platformalarida joylashtirildi. Har bir modul tilning 4 ko‘nikmasiga (listening, speaking, reading, writing) xizmat qilishiga e’tibor qaratildi. 3. Eksperiment bosqichi. Navoiy shahridagi ikki maktabda 7–8-sinf o‘quvchilari ishtirokida tajriba darslari o‘tkazildi. Eksperimental guruhda 22 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference raqamli modullar asosida, nazorat guruhida esa an’anaviy usulda dars olib borildi. 4. Bah
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘qitishda raqamli o‘quv modullarini yaratish va ularni dars jarayoniga integratsiya qilish tajribasi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘qitishda raqamli o‘quv modullarini yaratish va ularni dars jarayoniga integratsiya qilish tajribasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Prepare.uz, ta’limda raqamlashtirish, interaktiv topshiriq, raqamli o‘quv moduli, Wordwall, ingliz tili o‘qitish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024