Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MA’NAVIY FAOLIYATGA METODIK TAYYORLASHDA ILMIY TO‘GARAKLARNI ROLI
Nabiyeva Dilfuza Temirovna · O‘zbekiston – Finlandiya
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article is about the effective organization and management of scientific circles, the organization of the activities of the circle by its leader (teacher-mentor), taking into account the interests, needs, and age of students. Projects, independent educational assignments, various research, debates, science evenings, meetings with prominent scientists, poets, writers, artists, and industrial leaders, and the importance of scientific circles in education. 79 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Key words: Scientific circle, circle leader, higher education institution, circle members, circle program, professional and pedagogical orientation, knowledge, skills, qualifications, development. Ilmiy to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etishda va boshqarishda uning rahbari (o‘qituvchi murabbiy)ni tinimsiz faoliyati alohida ahamiyatga ega. Chunki, u bir vaqtni o‘zida ham maslaxatchi (tyuter), ham talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat etuvchi (ingvigilator) bo‘la olgandagina jamiyatimizning OTM oldiga talabalarni ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlash bo‘yicha vazifasini hal etishda munosib hissa qo‘sha oladi. To‘garak rahbari talabalarni ijodiy faoliyatlarini tashkil etish uchun quyidagi omillarga amal qilishi lozim; -To‘garak dasturini tuzishda, o‘rganiladigan mavzularni tanlashda to‘garak a’zolarining mayli, qiziqishlari, bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajalarini hisobga olishi; -to‘garak a’zolari bajarishlari lozim bo‘lgan topshiriqlarni tanlashda ularni individual xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, jismoniy imkoniyatlari, estetik didlari, mehnatsevarligini hisobga olish asqotadi. Mamlakatimizda “Uzluksiz ma’naviy tarbiyalash” dasturini amalga oshirayotgan hamda talabalarni o‘sib borayotgan ma’naviy ehtiyojlarini qondirish vazifasi to‘garak ishida rahbar murabbiyni ma’naviy mazmun bilan boyitilgan ko‘rsatmalari va suhbatlari hamda to‘garakni faoliyatini kasbiy- pedagogik yo‘naltirilganlik asosida bajarilgan amaliy ishlar, ma’ruzalar tayyorlash, tinglash va muhokama qilishni ko‘zda tutadi. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” fani bo‘yicha to‘garaklar tizim hosil qiluvchi xususiyatga ega. Uning doirasida turli ob’yektlarda ekskursiyalar uyushtirish, turli mavzularda kechalar, viktorinalar, uchrashuvlar o‘tkazish, stendlar tayyorlash, devoriy gazetalar, qo‘lyozma jurnallar va b.q. chiqarish mumkin. Ilmiy to‘garaklarning faoliyati u yoki bu fan dasturi materiallarini takrorlashdan yoki ma’lum bir fan bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishdan iborat bo‘lmasligi kerak. Ilmiy to‘garaklarning asosiy vazifasi to‘garaklar a’zolarining ma’lum fanga qiziqishlariga tayangan holda talabalar bilimlarini har tomonlama kengaytirish, chuqurlashtirish asosida ularning bilish faoliyatlarini o‘stirish, mustaqil ishlashga o‘rgatish, qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Ilmiy to‘garaklar ish rejasi va dasturlariga muofiq ravishda ularning a’zolari tomonidan tayyorlangan referatlar va dokladlar tinglanadi va muhokama 80 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qilinadi; muzey va ko‘rgazmalarga, ilmiy-tadqiqot institutlariga, ulug‘ ajdodlarimiz xotiralariga bag‘ishlab kechalar o‘tkaziladi, devoriy gazetalar chiqariladi; ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar uyushtiriladi; turli- tuman kuzatish, tajriba- sinov, izlanishlar olib boriladi; al’bom, xarita, sxema, modellar, tayyorlanadi; konferensiyalar o‘tkaziladi; turli-tuman ijtimoiy foydali va unumli mehnatga jalb qilinadi. To‘garaklar a’zolarining mustaqil ishlashini yo‘lga qo‘yish uchun ularni oddiy ilmiy-tadqiqot usul va metodlari, kitob va asl manbalar ustida ishlash, bibliografiya tuzish, ma’lum maqsadga qaratilgan kuzatishlar olib borish, birlamchi manbalarning izlab topish, o‘rganish, to‘plash va ularni qayta ishlash, tizimlashtirish bilan tanishtirilib boriladi. Ilmiy to‘garaklar ba’zasida uning a’zolarini faol ishtirokida turli-tuman tadqiqotlar, debatlar, ya’ni baxs-munozara, fan kechalari, atoqli olim, shoir, yozuvchi san’atkor, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar uyushtiriladi, ko‘rik tanlovlar, daholar kuniga bag‘ishlab konferensiyalar o‘tkaziladi. To‘garak rahbari mashg‘ulotlarda talabalarning ijodiy faoliyatlarini tashkil etishi uchun quyidagi omillarga e’tiborini qaratishi lozim. U to‘garak va uning dasturini tuzishda, o‘rganiladigan mavzularni tanlashda talabalarning qiziqishi, hayotiy tajribasi hamda bilim, ko‘nikmalarining darajasini hisobga olgan holda ularga bilimlar berishi asqotadi. Ma’lumki, auditoriya mashg‘ulotlari jarayonida u yoki bu kursda asosan bir xil yoshdagi talabalar tahsil oladilar. Bundan farqli o‘laroq to‘garak mashg‘ulotlarida turli kurslarda ta’lim-tarbiya olayotgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qiziqishlari va layoqatlari bo‘yicha biriktirilib o‘qitiladi. Chunki, ilmiy to‘garaklar mashg‘ulotlarini talabalarning o‘zlari, o‘z qiziqishlari, intilishlari va loyihalash layoqatlariga ko‘ra
Доказательный фрагмент
«This article is about the effective organization and management of scientific circles, the organization of the activities of the circle by its leader (teacher-mentor), taking into account the interests, needs, and age…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the effective organization and management of scientific circles, the organization of the activities of the circle by its leader (teacher-mentor), taking into account the interests, needs, and age… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Scientific circle, circle leader, higher education institution, kasbiy-pedagogik yo‘naltirilganlik bilim, oliy ta’lim muassasasi, Ilmiy to‘garak, ko‘nikma, to‘garak a’zolari, to‘garak dasturi, rivojlantirish., malaka, to‘garak rahbari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025