К содержанию
РецензированоUZ2026

OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI KOʻP MA’NOLI SOʻZLAR

Hoshimova Farangis Qobil qizi · Sharof Rashidov nomidagi SamDU magistranti

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligidagi ko‘p ma’noli so‘zlarning vujudga kelishi, ularning ishlatilish o‘rinlari hamda strukturasi haqida fikr-mulohazalar beriladi. Kalit so‘zlar: Polisemiya, turkologiya, omonimiya, metafora, lingvistik ta’sir, evfemizm, disfemizm, ko‘chma ma’no, Baxtiyor Abdushukurov “Qissasi Rabgʻuziy leksikasi” asari, struktura. Annotation: This article provides insinghts into the emergence, use and structure of polysemous words in Uzbek linguistics. Keywords: Polysemy, turkology, homonymy, a metafhor, linguistic influence, euphemism, dysphemism, Bakhtiyor Abdushukurov’s work “The Lexicon of the Story of Rabguz”, structure. Dunyo xalqlari orasida oʻzining boy va rang-barang badiiy ogʻzaki ijodiy merosga egaligi bilan Oʻzbek xalqi boshqa xalqlardan ajralib turadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”- deydi1. Shu tufayli, oʻzbek tilini ilmiy jihatdan oʻrganish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Soʻzning koʻp ma’no anglatishi tilda mustaqil tizim boʻlib, umumiy tilshunoslikda polisemiya termini bilan nomlanadi. Soʻz dastlab bir ma’noni atash uchun qoʻllanilib, davrlar oʻtishi va turli lingvistik ta’sirlar vositasida bir necha ma’noni bildiradi. Polisemiya bir turkum doirasida leksik ma’nolardan tarkib topishi, ularning oʻzaro bogʻliq boʻlishi, ma’nolarning ayni soʻzning oʻziga oidligi bilan boshqa hodisalardan ajralib turadi. Turkologiyada koʻp ma’noli soʻzlar bir qator ishlarda yoritilgan. Oʻzbek tilidagi koʻp ma’noli soʻzlarni vujudga keltiruvchi hodisalarning koʻpi shu tilning oʻziga xosdir. Ammo bu hodisaning shundaylari ham borki, ularni deyarli barcha tillarda uchratish mumkin. Shuning uchun ham “tilshunoslikka kirish” uchun bagʻishlangan barcha darsliklarda bu haqda aytilgan fikrlar uchraydi. Tilshunoslikda koʻp ma’noli soʻzlarni vujudga keltiruvchi birdan-bir hodisa koʻchma ma’noning hosil boʻlish hodisasi deb koʻrsatiladi. Haqiqatda ham koʻchma ma’no hosil boʻlishi koʻp ma’nolikning yuzaga kelishi uchun asosiy hodisalardan biri hisoblanadi. Ba’zi tilshunoslar ma’no kengayish hodisasini 1 https://prezident.uz/uz/lists/view/2953 84 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ham koʻp ma’nolikning yuzaga kelishi uchun sabab boʻluvchi hodisalardan biri deb qaraydilar. Biroq bu fikrga qoʻshilib boʻlmaydi. Chunki koʻp ma’nolikning yuzaga kelishi birdan ortiq leksik ma’noning hosil boʻlish natijasi boʻlgani holda, ma’no kengayishi faqat birgina ma’noning ichki oʻzgarishidir. Ular alohida semantik hodisalar ekani tilshunoslar tomonidan qayd etilgan. Ya’ni koʻp ma’noli soʻz bir soʻz hisobida birdan ortiq leksik ma’no yuzaga kelishi hisobiga vujudga kelgan boʻlsa, ma’no kengayishi esa faqat ma’lum ma’no doirasidagina sodir boʻladi. Oʻsha ma’no anglatgan tushuncha doirasi kengayadi. Soʻzlarning yangi ma’no orttirilishi hisobiga taraqqiy etishi koʻp ma’nolik uchun asos boʻladi. Soʻzlarning yangi ma’no orttirilishi faqat koʻchma ma’no hosil boʻlishi hisobiga emas, evfemizm va disfemizm hisobiga ham sodir boʻladi. Bu ham tilshunoslikda qayd etilgan. Biroq keltiruvchi hodisa sifatida keltirilmagan. Buning oʻz sababi bor. Chunonchi, evfemizm va disfemizm natijasida, ba’zi adabiyotlarda trop (okkozional ma’no)lar hosil boʻladi, deyilsa, ba’zilarida uslubiy vositalar yuzaga keladi, deb koʻrsatiladi. Aslida bu fikrlarning har ikkisida ham bir narsani, ya’ni evfimizm ham, disfemizm ham okkozional ma’nolarni hosil qilishi nazarda tutilgan. Okkozional ma’no esa polisemantik soʻzlarni vujudga keltirmasligi tilshunoslikda asoslab berilgan. Til birliklarining koʻp ma’noligi aloqa jarayonida sanoqli til vositalari yordamida son-sanoqsiz mazmunlarni (ma’nolarni) ifodalashda insonlar uchun katta imkoniyat yaratadi. Koʻp ma’nolilik tilga xos ijobiy hodisa boʻlib, u aloqa jarayonida insonlarga xalaqit bermaydi, balki yordam beradi. Baxtiyor Abdushukurov “Qissasi Rabgʻuziy leksikasi” asarida polisemiyalarga alohida toʻxtalib oʻtadi. Qissa tilidagi polisemiya hodisasini tatqiq etishda bir qancha an’analarga tayanadi. Soʻz ma’nolarini oʻrganishning xilma-xil yoʻllari bor. Shulardan biri soʻzning semantik strukturasini ma’noli qismlarga ajratib tahlil qilishdir. Koʻp ma’noli leksemalarning har bir sememasini semalarga ajratib tatqiq etish ularning leksik ma’nosini nisbatan aniq belgilashga yordam beradi. Sememaning mazmuni faqat leksik ma’nodangina iborat boʻlmaydi, unga stilistik, nutqiy xoslanish kabi belgi- xususiyatlar kiradi, bularning barchasi semantik strukturani tashkil qiladi. Soʻzning leksik ma’nosi umumiy va farqlovchi semalarning oʻzidangina tashkil topmaydi. Leksik ma’no tarkibida ikkinchi darajali, hatto fakultativ semalar ham boʻlishi mumkin. Bunday semalar qoʻshimcha semalar deb yuritiladi. Ma’lumki, tilshunoslikda leksik ma’nolar bosh va hosila ma’nolarning ajratiladi. Bosh ma’no leksemaning boshqa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligidagi ko‘p ma’noli so‘zlarning vujudga kelishi, ularning ishlatilish o‘rinlari hamda strukturasi haqida fikr-mulohazalar beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligidagi ko‘p ma’noli so‘zlarning vujudga kelishi, ularning ishlatilish o‘rinlari hamda strukturasi haqida fikr-mulohazalar beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Polysemy, turkology, homonymy, a metafhor, linguistic, struktura., omonimiya, ko‘chma ma’no, Baxtiyor Abdushukurov “Qissasi Rabgʻuziy leksikasi” asari, metafora, disfemizm, turkologiya, lingvistik ta’sir, Polisemiya, evfemizm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники