К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAHARLARNING SENORLARGA QARSHI KURASH JARAYONLARI

Gulyamov Alisher Azizovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘rta asr Yevropa shaharlarining senorlar hukmronligiga qarshi olib borgan kurashlari tarixiy tahlil etilgan. Xususan, XI–XIV asrlarda shaharlarning iqtisodiy kuchayishi, savdo-sotiqning rivojlanishi va hunarmandchilik markazlarining shakllanishi ularning mustaqillikka intilishida muhim omil bo‘lgani yoritilgan. Senorlarning soliq va harbiy majburiyatlar orqali shaharliklarni siquv ostida ushlab turishga urinishlari, bunga javoban shahar aholisi tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-siyosiy harakatlar, kommunal harakatlar va ularning natijalari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, ayrim shaharlarga mustaqillik berilishi, shahar kommunalarining tashkil topishi va ularning huquqiy maqomlari tarixiy dalillar asosida ko‘rsatiladi. Tadqiqot shaharlarning senorlar ustidan g‘alaba qozonishi Yevropa jamiyatida feodal munosabatlarning zaiflashuvi va yangi ijtimoiy qatlamlarning shakllanishiga olib kelganini ta’kidlaydi. Kalit so’zlar: shaharlar, senorlar, feodalizm, kommunal harakatlar, o‘rta asr Yevropasi, shahar mustaqilligi, ijtimoiy-siyosiy kurash, feodal zulmi, shahar huquqlari, savdo-sotiq, hunarmandchilik, shahar kommunalari, fuqarolik harakati, o‘rta asr jamiyati, shahar iqtisodiyoti. G‘arbiy Yevropani XI-XV asrlarda qamrab olgan kommuna harakati shaharlarning senorlardan ozod bo‘lishga qaratilgan harakat bo‘lib, ushbu kurashlar jarayonida shaharliklar qator imtiyoz va erkinliklarni qo‘lga kiritgan. Shahar erkinliklari unda senorlarning roli, shaharni tashkil etish yoki vujudga keltiruvchi jarayonlar, shaharliklar bilan ushbu kuchlarning o‘zaro munosabatlari xarakteristikasi masalasi bugungi kunda ham kam o‘rganilgan muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tarixiy adabiyotlardagi maʼlumotlar tahlili G‘arbiy Yevropadagi ayrim shaharlarni senorlar (dunyoviy yoki diniy) tashkil etganligiga oid maʼlumotlar mavjud. Masalan, Frayburg shahri asoschisi gersog Konrad Seringenskiy bo‘lib hisoblanadi. U 1120 yilda o‘z mulkida bozor tashkil qilib, bir qator savdogarlar bilan shartnoma tuzgan. Ularga bozorda do‘kon qurish, uy-joy uchun yer ajratib berib, savdogarlar bilan tuzgan xartiyasida savdogarlar va ularning avlodlari foydasiga bu yerlarni abadiy soliq olmasligini maʼlum qilgan1. Shuningdek, 1151 yilda Brandenburg markgrafi o‘zining Stendal deb nomlanuvchi qishlog‘ida bozor tashkil etish orqali savdogarlarni jalb qilishga harakat qilgan. Bu o‘lkada shu vaqtgacha bozor bo‘lmaganligi bilan bog‘liq maʼlumotlar tarixiy adabiyotlarda maʼlumotlar saqlanib qolingan 2 . Keltirilgan maʼlumotlardan kelib chiqib, o‘rta asr shaharlarining vujudga kelishida saqdo-iqtisodiy munosabatlar ham muhim ahamiyat kasb etgan deb xulosa qilish mumkin. Vujudga kelgan o‘rta asr shaharlari ayrim hollarda senorlarning o‘zaro kurash maydoniga ham aylanganlar. Masalan, 1143 yilda, graf Adolf Golshteyn Lyubek shahriga asos solgan. 1Средневековое городское право XII–XIII вв. / Сб. текстов. сост. Т.М. Негуляева,Л.И. Солодкова. – Саратов: Изд-во сарат ун-та, 1989. – С. 39. 2Хрестоматия по истории средних веков / под ред. Н.П. Грацианского и С.Д. Сказкина. Т. 1. – М.: Учпредгиз, 1949. – С. 359. 891 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Shahar tezda Flandriya, Friziya, Vestfaliyadan ko‘chib kelgan savdogarlar faoliyati natijasida yirik savdo-iqtisodiy markazga aylangan. Saksoniya gersogi Genrix Sher o‘z vassali Adolf Golshteyndan Lyubek tufayli o‘z mulkidagi Bardevik shahri savdosiga putur yetayotganligi sababli Lyubekdan olinadigan daromadni teng ikkiga taqsimlashga buyruq bergan. 1158 yilda esa shaharni to‘liq o‘ziniki qilib olgan. 1189 yilga kelganda Bardevik shahrini buzib aholisini Lyubek shahriga ko‘chib o‘tishga buyruq bergan3. Albatta ushbu tarixiy jarayonlar tinch yo‘l bilan sodir bo‘lmagan. Shaharlar feodallarga mo‘may daromad uchun kerak bo‘lib, dastlabki vaqtlarda shu sababli senorlar shaharlarga homiylik qilgan. Shaharliklar garchi krepostnoylar darajasida bo‘lmasada, feodalga rasman qaram va uning o‘lpon to‘lovchisi, majburiyatlarni bajaruvchisi bo‘lib qolavergan. Kyoln yepiskopining shaharliklarga noqonuniy soliq solishidan ayniqsa go‘sht rastasi katta ziyon ko‘rgan va tez orada ular shaharni tashlab ketgan. Shuningdek, shaharliklar yepiskop vazirlarining dubulg‘a va sovutlarini tozalashlari, yepiskopning ov qurolini va u ov qiladigan hududlarni tozalashlari kabi majburiyatlarni bajarishlari lozim bo‘lgan. Taniqli olim N.A. Xachaturyan, “Feodalizm tartiblari shahar tomonidan ozodlikka erishish masalasini tubdan hal qilish lozim bo‘lib, feodal jamiyat tartiblari, uyushgan muxolifat yo‘lidagi to‘siq bo‘lgan4”-degan fikr-mulohazalarni keltirib o‘tganligini ko‘rish mumkin. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarda senorlarning shaharlarga homiylik qilganligi keltirib o‘tilgandi. Shahar va senor o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab esa feodal jamiyatdagi senor va vassal munosabatlari deb hisoblash mumkin. Senorlar maʼlum bir muddat shaharga, savdo va hunarmandchilik rivojiga homiylik qilganlar.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘rta asr Yevropa shaharlarining senorlar hukmronligiga qarshi olib borgan kurashlari tarixiy tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘rta asr Yevropa shaharlarining senorlar hukmronligiga qarshi olib borgan kurashlari tarixiy tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kommunal harakatlar, feodalizm, o‘rta asr jamiyati, feodal zulmi, shahar kommunalari, senorlar, shahar iqtisodiyoti., hunarmandchilik, ijtimoiy-siyosiy kurash, shahar mustaqilligi, shaharlar, shahar huquqlari, fuqarolik harakati, o‘rta asr Yevropasi, savdo-sotiq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники