К содержанию
РецензированоUZ2026

ARAB TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘RGATISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV

KOMMUNIKATIV YONDASHUV · Maksumova Inoyathon Vahidulla qizi

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada arab tilini chet tili sifatida o‘rgatish jarayonida kommunikativ yondashuvdan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Kommunikativ metod til o‘rganuvchilarning muloqotga kirishish malakalarini shakllantirish, ularni real hayotiy vaziyatlarga moslashtirish hamda erkin fikr bildirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada arab tili darslarida nutq faoliyatining barcha turlarini uyg‘un holda rivojlantirishga qaratilgan uslublar, mashqlar va interaktiv metodlar tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba va zamonaviy didaktik tamoyillar asosida arab tilini samarali o‘rgatish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: arab tili, kommunikativ yondashuv, chet tili sifatida o‘rgatish, lingvodidaktika, interaktiv metodlar, nutq faoliyati, til kompetensiyasi. Bugungi globallashuv jarayonida xorijiy tillarni, xususan, arab tilini chet tili sifatida o‘rgatishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Arab tili nafaqat diniy va madaniy merosni o‘rganishda, balki xalqaro diplomatiya, savdo-sotiq, ta’lim va ilm- fan sohalarida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois arab tilini o‘qitish metodikasi zamonaviy yondashuvlarni, xususan, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan metodlarni qo‘llashni taqozo etadi. An’anaviy grammatik-tarjimaviy yondashuvlar o‘rnini hozirda kommunikativ metodlar egallab bormoqda. Ushbu yondashuv tilni faqat grammatika va lug‘at to‘plami sifatida emas, balki muloqot vositasi sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Kommunikativ metod til o‘rganuvchilarga real hayotiy vaziyatlarda erkin fikr bildirish, savol-javob qilish, muhokama yuritish, turli ijtimoiy rollarni bajarish imkonini yaratadi. Bu esa ularning lingvistik va pragmatik kompetensiyalarini izchil rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada aynan ana shu kommunikativ yondashuv asosida arab tilini chet tili sifatida samarali o‘rgatish bo‘yicha nazariy asoslar, metodik tavsiyalar va tajriba natijalari tahlil etiladi. Shu bilan birga, arab tili o‘qituvchilari uchun darsni rejalashtirish, tilni kontekstda o‘rgatish, talabalarning muloqotga kirishish salohiyatini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar namunasi ham taqdim etiladi. Arab tilini chet tili sifatida o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy metodikalarda kommunikativ yondashuv ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv til o‘rganish jarayonini sun’iylikdan xoli holda, tabiiy muloqot muhitiga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. O‘rganuvchilar tilda so‘zlashish, tushunish, fikr bildirish, savol-javob qilish, www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 6 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari ijtimoiy va madaniy jihatdan to‘g‘ri muloqotga kirishish kabi ko‘nikmalarni kommunikativ kompetensiya orqali egallaydilar. Arab tilining fonetik, morfologik, sintaktik murakkabliklarini oddiy yodlash orqali emas, balki interaktiv, kontekstli usullar yordamida o‘zlashtirish samarador natija beradi. Tilni o‘rganish faqat grammatika qoidalarini yodlashdan iborat bo‘lib qolmasdan, uni turli vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirishi kerak. Bu jihatdan kommunikativ yondashuv o‘zbek ta’lim muhitida ham tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Arab tili o‘rgatuvchisi dars jarayonida tilni darslik doirasida emas, balki amaliy hayotiy vaziyatlarda qanday ishlatilishini ko‘rsatishi lozim. Masalan, arab tilida mehmon kutib olish, savdo-sotiqda ishtirok etish, xizmat ko‘rsatish muhitida muloqotga kirishish kabi turli kontekstlarda muloqot namunalarini ishlatish dars samaradorligini oshiradi. Kommunikativ yondashuvning muhim afzalligi shundaki, u til o‘rganishni passiv emas, balki faol jarayonga aylantiradi. O‘quvchi berilgan topshiriqni bajarayotganda faqat bilimini namoyon qilmaydi, balki nutqiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan faol ishtirokchi sifatida shakllanadi. Shu bois arab tilini chet tili sifatida o‘rgatishda darslarda rolli o‘yinlar, dialoglar, muammoli vaziyatlar asosida muhokamalar, videomateriallar orqali tinglab tushunish, qisqa hikoyalar tuzish, fikr almashish kabi faol metodlar qo‘llanilishi lozim. Arab tili o‘zining fonetik tizimi, yozuv va talaffuzdagi xususiyatlari bilan boshqa tillardan farqlanadi. Harflarning bog‘lovchi shakllarda yozilishi, ayrim tovushlarning talaffuzi (xususan, ayn, xo, qof) o‘rganuvchilar uchun murakkablik tug‘diradi. Ammo bu murakkabliklarni kommunikativ yondashuv orqali engish mumkin. Har bir tovush real gaplar va so‘zlar tarkibida qo‘llanilsa, u til sezgisi orqali eslab qolinishini osonlashtiradi. Masalan, o‘quvchi “safara” (safar qildi), “bayt” (uy), “talib” (talaba) kabi so‘zlarni gap ichida ishlatib, vaziyatli suhbatlar orqali mustahkamlasa, so‘z va talaffuz doirasi kengayadi. Arab tilini o‘rganishda ijtimoiy-madaniy komponent ham katta ahamiyatga ega. Arabcha muomala etiketlari, murojaat uslublari, diniy va madaniy kontekstda ishlatiladigan ifodalarni o‘rgatish orqali til o‘rganuvchi nafaqat tilga, balki arab dunyosining madaniyatiga ham chuqurroq kirib boradi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada arab tilini chet tili sifatida o‘rgatish jarayonida kommunikativ yondashuvdan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada arab tilini chet tili sifatida o‘rgatish jarayonida kommunikativ yondashuvdan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nutq faoliyati, kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, Kalit so‘zlar: arab tili, chet tili sifatida o‘rgatish, lingvodidaktika, til kompetensiyasi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники