К содержанию
РецензированоUZ2025

MINTAQA IQTISODIY TIZIMINI BARQAROR O’SISHI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI VA TENDINSIYALARI

VA TAKOMILLASHTIRISH · Tursunova Aziza Xoshimovna · Турсунова Азиза Хошимовна

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2025

Аннотация

This article about in researching and analyzing the methods of interactive assessment of knowledge of educational systems based on web technologies and showing the methods of using them in the training process. Keywords: web, knowledge, method, analysis, test, system, evaluation, result www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 19 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Kirish. Har bir mamlakat va uning olib borayotgan iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi aholi turmush darajasini yaxshilash, ishlab chiqarish infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirish va pirovardida iqtisodiyoti baquvvat bo‘lgan jamiyat barpo etishdan iborat. Barqaror rivojlanishga erishish mamlakatdan kuchli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya yo‘nalishlarini kengaytirish va shu kabi qator shartlarni talab qiladi. Xalqning turmush darajasini oshirish, erkin va farovon hayotni qurishda milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va jamiyat a’zolarining daromadlarini muntazam oshib borishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy o‘sish muayyan davr mobaynida mamlakatda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish darajasining ijobiy o‘zgarishidir. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy o‘sish bu milliy iqtisodiyotda muayyan davr davomida (odatda bir yil) mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining oshishidir. Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishga erishish kafolati sifatida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish tamoyillari, qonunlar va olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlarni ko‘zda tutishimiz mumkin. Adabiyotlar tahlili. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi keng qamrovli bo‘lganligi sababli ko‘plab olimlar turlicha ta’riflar bilan izohlaganlar. Shodmonov va boshqalar (2017) o‘zlarining “Iqtisodiyot nazariyasi” kitobida Gegelning ta’rifini quyidagicha keltirib o‘tishgan, ya’ni “taraqqiyot muayyan bir narsa, voqea hodisa va jarayonlarning ma’lum tomonga, ya’ni pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka tomon yo‘naltirilgan harakatining bir ko‘rinishidir”. Bundan tashqari Islomov va Egamovlar (2005) o‘zlarining “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” kitoblarida iqtisodiyotning asoschilari bo‘lgan ko‘pgina olimlarning qarashlari va fikrlarini berib o‘tishgan. Ularning bu kitobida A. Smit, F. Kene, D. Rikardo va shu kabi iqtisodchilarning nazariyalari, olib borgan tadqiqotlari keltirilgan. Misol uchun A. Smit o‘z asarlarida asosiy o‘ringa mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini qo‘yadi. Bunga erishish uchun turli xil nazariyalarni ishlab chiqadi. M.A. Mamatov (2021) “Iqtisodiy o‘sish” o‘quv qo‘llanmasida ayrim iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sishga bergan ta’riflarini keltirib o‘tgan. Misol uchun, rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tarixini tadqiq etish uchun 1971-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan amerikalik mashhur iqtisodchi Saymon Kuznets iqtisodiy o‘sishga: “Xo‘jalikning aholining tobora ko‘proq va xilma-xil ehtiyojlarini tobora samaraliroq texnologiyalar yordamida va ularga mos tushadigan institutsional va mafkuraviy o‘zgarishlar yordamida ta’minlaydigan qobiliyatining uzoq muddatli ortishi” degan ta’rif bergan. S. Kuznetsning fikriga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning uchta asosiy belgisi bor: • milliy mahsulotning doimiy o‘sishi natijasida ehtiyojlarning tobora ko‘proq hajmini qondirish imkoniyati; • o‘sishning asosi, uning yetarli bo‘lmasa ham zarur bo‘lgan sharti sifatidagi texnika taraqqiyoti; www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 20 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari • o‘sish salohiyatini to‘laroq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan institutsional, harakat va mafkuraviy o‘zgarishlar. Bundan tashqari iqtisodiy o‘sish modellarini quyidagicha ta’riflaydi, ya’ni, iqtisodiy o‘sish modellari bu tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlaming muhim sabablari va omillarini aniqlash maqsadida grafik va matematik usullar orqali real iqtisodiy jarayonlami abstrakt holda umumlashtirilgan va soddalashtirilgan ifodasi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotda ikki turdagi iqtisodiy o‘sish modeli: neoklassik va yangi keynschilik maktablari nazariyalari keng tarqalgan. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot maqsadlariga erishish uchun quyidagi usullardan foydalanildi: Yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining rasmiy saytidan olingan holda, muallif tomonidan Excel dasturi orqali chizma va jadvallar tayyorlandi. Ma’lumotlar tahlili jarayonida taqqoslama va solishtirma usullardan foydalanilgan holda ma’lumotlar chuqur tahlil qilindi. Bundan tashqari jadval va chizmalardan olingan ma’lumotlar tahlilning umumlashtirish va aggregatlash usullari orqali natijalar olindi. Tadqiqot natijalari. Iqtisodiy o‘sish tushunchasini tahlil qilishda iqtisodiy o‘sish omillari va faktorlarini ko‘rib chiqish zarur. Iqtisodiy o‘sish omillar iqtisodiy o‘s

Доказательный фрагмент

«This article about in researching and analyzing the methods of interactive assessment of knowledge of educational systems based on web technologies and showing the methods of using them in the training process.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article about in researching and analyzing the methods of interactive assessment of knowledge of educational systems based on web technologies and showing the methods of using them in the training process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
web, knowledge, method, analysis, test, system, evaluation, result, mintaqaviy siyosat, bojxona., Kalit so’zlar: mintaqa, mintaqa iqtisodiyoti, bozor
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники