Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORA BALIQ (SCHIZOTHORAX INTERMEDIUS)NING JINSIY YETILISH BOSQICHLARI VA UNDAGI YOSHGA BOG’LIQ O’ZGARUVCHANLIK
Norova Dilfuza Xolmatovna
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 4 · 2026
Аннотация
In this work, the morphological signs of the stages of sexual maturation and the mating season of black fish were studied in the area of the village of Shomurot Charvok, Nurota district, Navoi region, and in the Chashma shrine. During the study, a sample of gonads of male and female individuals was morphologically evaluated. Keywords: zygote, ontogenesis, embryonic, gastrulation, organogenesis, fry, gonado, GSI, reproduction, visual, histological. Kirish: Ko’payish bu-tur saqlanib qolishining yagona omili hisoblangan fiziologik jarayondir. Ma’lum bir turning ko’payish davridagi xatti-harakatini o’rganish -ularning asosiy biologik xususiyatlarini aniqlash uchun muhim bo’libgina qolmay, balki ko’payish davrini samarali boshqarish va asrashda ham muhim ahamiyatga ega. Barcha suyakli baliqlar singari qora baliqda ham jinsiy hujayralarning qo’shilishi urg’ochi individ tanasida emas, balki tashqi urug’lanish hisobiga suvga amalga oshadi. [1,2,3] Tabiiy ravishda tashqi urug’langan tuxum hujayradan yetuk embrionning rivojlanish jarayoni ham suvda amalga oshadi. Ya’ni ontogenezining embrional www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 34 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari davridagi zigota, maydalanish, gastrulyatsiya va organogenez bosqichlari ona organizmidan mustaqil tarzda amalga oshadi. [5,6] Shuning hisobiga tuxumlarning hammasi ham urug’lanish imkoni ega emasligi, urug’lanib tuxumdan chiqqan chavoqlarning ko’p qismi esa boshqa hayvonlarning ozuqasiga aylanib ketishi ehtimoli katta. Tur yo’qolib ketmasligi uchun tabiiy tanlanish bunday tashqi urug’lanib, tashqi rivojlanuvchi baliq turlarining serpushtliligi hisobiga ularning turini saqlab kelmoqda. [9] Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Jinsiy hujayralarning reproduksiyasi uchun energiya manbai sifatida jigar urg'ochi baliqlarda muhim rol o'ynaydi. Tuxum hujayralarining o'sishi uchun zarur bo'lgan energiya jigardan olinishi mumkin (Colonello va boshqalar 2007). [18] Tuxum hujayralarining ko'p qismi jigarda sintezlangan vitellogeninning to'planishi natijasidir (Lubzens va boshqalar 2010).[18] Bundan tashqari, suv harorati va fotoperiod kabi ekologik sharoitlar gonad rivojlanishiga va baliqlarning jinsiy etukligiga ta'sir qiladi (Wootton 1990). [15,18] Tuxum qo’yish unumdorligi- bir ko’payish mavsumida yetiluvchi tuxumlar sonini anglatadi. Unumdorlik haqidagi bilimlar zahira hajmini baholash, zahiralarni farqlash va populyatsiyadagi o’zgarishlarni tushuntirish hamda baliq mahsuldorligini oshirish choralarini ishlab chiqish uchun muhim fakt hisoblanadi. Ammo, 1968-yilda Gushing va 1984-yildagi Mann kabi tadqiqotchilarning tajribasi, kuzatishlari va statistik tahlillari unumdorlik turning ichida ham geografik joylashuviga muvofiq farqlanishini o’z tajribalarida isbotlaganlar. [18] Schizothorax turkumiga mansub baliqlar asosan tiniq suvli tog’ daryolari va irmoqlarda tarqalgan bo’lib, bu ularning uvildiriqlari va kichik chavoqlarini qirilish xafini yanada oshiradi. Naslga bo’lgan g’amxo’rlikning tug’ma instinkti sabab bu tur baliqlar tuxumlarini toshlar orasiga, daraxt ildizlari oralig’iga qo’yib himoya qiladi. [12,13,14] Sirdaryo suv havzalarida qora baliq erkaklari 2-3 yoshda, tana uzunligi 12-15 sm boʻlganda; urgʻochilari esa 3-4 yoshda, tana uzunligi 12-15 sm boʻlganda jinsiy yetuklikka erishadi. [7,17] Urugʻlantirish mavsumi juda uzoq boʻlib, apreldan avgustgacha davom etadi. Qora baliqlarning koʻpayish davrining bunday uzayishi chavoqlarni oziqlantirish uchun tabiiy oziq-ovqat bazasining yetishmasligi bilan bogʻliq, shu sababli, kamyob oziq-ovqat organizmlaridan samarali foydalanish uchun koʻpayish (uvildiriq tashlash) davri uzaytiriladi, bu ham ushbu turining asosiy ekologik xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Navalisoy mintaqasidagi Chorvoq suv omborida qora baliqlarning koʻpayishini kuzatilganda: ular kichik guruhda (40-50 dona) koʻpayish joyiga kelishdi, koʻpayishga ketgan baliqlarning asosiy qismining tana uzunligi 23,0-38,0 sm, kichik miqdordagi yiriklari esa 40,0-50,0 sm edi. Qora baliqlar ertalab uvildiriq tashlaydi va suv www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 35 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari havzasining 1,0-1,5 metr chuqurlikdagi shagʻalli qismida uvildiriq tashlaydi. U toshlar orasiga va ostiga kirib, u yerda rivojlanadi. [4,17] Qora baliq uvildiriqlarining zaharliligi ham uvildiriqlarni boshqa turlar tomonidan yeb ketishdan himoya qilishga qaratilgan noyob ekologik moslashuvdir. Shuni taʼkidlash kerakki, baʼzi joylarda, ayniqsa Nurota buloqlarida, qora baliq uvildiriqlarining zaharliligi haqida bilmaydigan mahalliy aholi, koʻpayishdan oldin bu baliq goʻshtini isteʼmol qilganda zaharlangan, shuning uchun bu baliqni "muqaddas baliq" deb hisoblangan bidʼatlar ham paydo boʻlgan. [11,17] Qora baliqning mutloq serpushtlik koʻrsatkichi, tana uzunligi 30-51,5 sm boʻlganda, 6,6-74,0 ming donani tashkil etadi, jinsiy
Доказательный фрагмент
«In this work, the morphological signs of the stages of sexual maturation and the mating season of black fish were studied in the area of the village of Shomurot Charvok, Nurota district, Navoi region, and in the Chash…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this work, the morphological signs of the stages of sexual maturation and the mating season of black fish were studied in the area of the village of Shomurot Charvok, Nurota district, Navoi region, and in the Chash… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zygote, ontogenesis, embryonic, gastrulation, organogenesis, fry, chavoq, organogenez, Kalit so’zlar: zigota, gonado, reproduksiya, vizual, embrional, gastrulyatsiya, ontogenez, GSI, gistologik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025