Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TASNIFI
BIRLIKLARNING TASNIFI
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda frazeologik birliklar haqida tilshunoslarning ilmiy qarashlari yoritilgan hamda ularning turlari muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: Birikma, frazeologik birlik, umumiy ma’no, mazmun, iboralar, barqaror birikmalar. Til bizga so‘z tizimini boshqarish hamda turli ifodalar va frazeologik birliklarni bayon etish imkonini beradi. Frazeologik birliklar ifoda xilma-xilligiga hissa qo‘shadi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ma’noni yetkazish bilan birga boshqa obrazlarni ifodalashda qulaylik yaratadi. Frazeologik birliklar — bu barqaror so‘z birikmalari bo‘lib, ularning umumiy ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning alohida ma’nolaridan kelib chiqmaydi. Bunday ifodalar ko‘pincha madaniy xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi va tilning tarixiy hamda madaniy an’analarida chuqur ildiz otgan bo‘ladi. Shu sababli, ular yagona birlik sifatida qo‘llaniladi. Frazeologik birliklar tarkibiga idiomalar, birikmalar, maqollar, frazemalar va boshqa barqaror ifodalar kiradi. Bu birliklar barqaror bo‘lib, ularning tarkibidagi so‘zlarni o‘zgartirish yoki almashtirish mumkin emas. Frazeologik birliklar ma’no va aniq leksik-grammatik tarkibga ega bo‘lgan tayyor til materiali sifatida ishlatiladi, ya’ni bu birliklarning hech bir qismi olib tashlanmasligi yoki tushirib qoldirilmasligi kerak1. Dastlab, XVIII asrda Samuel Johnson frazeologik birikmalardan o‘z lug‘atlarida foydalangan ilk olimlardan biri bo‘lgan, biroq bu ifodalarni aniq va tizimli termin bilan atamagan. XX asrga kelib, frazeologik birliklar tadqiqot obyekti sifatida shakllana boshladi. Shveysariyalik tilshunos Charles Balli hissiy til va barqaror ifodalarni aks ettirish muhimligini ta’kidlagan. Tilshunos V.V. Vinogradov rus va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarni o‘rganib, ularni uch guruhga ajratgan. 1 Alaudinova, D. (2023). Frazeologik birikmalar va ularni tarjima qilish usullari (Phraseological combinations and methods of their translation). Xalq Ta’limi ilmiy-metodik jurnali, 57-bet. www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 39 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Frazeologik chatishmalar (phraseological fusions) – bu turdagi frazeologik birliklarda umumiy ma’no birlik tarkibidagi alohida so‘zlarga bog‘liq emas. Masalan, ingliz tilidagi to beat about the bush iborasi “discussing” ya’ni muhokama qilmoq degan ma’noni bildiradi. Uning o‘zbekcha muqobillari: gapni aylantirmoq, to‘nini teskari kiymoq. Frazeologik birlashmalar (phraseological unities) – bu iboralarda ayrim so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari bilan bog‘liqlik mavjud, lekin umumiy ma’no ko‘proq obrazli tusga ega bo‘ladi. Masalan, to burn one’s bridges iborasi ingliz tilida “o‘tmishdagi munosabatlarni butunlay yo‘q qilmoq” degan ma’noni anglatadi. Uning o‘zbek tilidagi muqobili: tagiga suv quymoq. Frazeologik qo‘shilmalar (phraseological combinations) – bu barqaror so‘z birikmalaridir, bunda so‘zlardan biri o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri lug‘aviy ma’nosida ishlatiladi, ikkinchisi esa ko‘proq ko‘chma yoki maxsus texnik ma’noni anglatadi. Masalan, to meet requirements iborasi – bu yerda requirement (talab) texnik yoki rasmiy ma’noga ega, ammo butun ibora talablarga javob berishni yoki ularga muvofiq bo‘lishni anglatadi. Uning o‘zbekcha muqobillari: talablarga to‘g‘ri kelmoq yoki talablarga javob bermoq. O‘zbek tilshunosligida frazeologiya yoki frazeologik birliklarni o‘rganish 1950– 1970-yillarda ilk bor tadqiq etilgan sohalardan biri bo‘lgan. Bu sohada Y. Yuldoshev, M. Mirtojiyev va Sh. Rahmatullaev kabi olimlarning o‘rni beqiyosdir. 1980-yillarga kelib, frazeologik lug‘atlar tuzila boshlangan va bu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishilgan. Frazeologik birliklar so‘zlovchining fikrini yorqin va ta’sirchan tarzda ifodalash imkonini beradi. Oddiy tildan yoki oddiy iboralardan foydalanish o‘rniga, idiomalar va barqaror birikmalar orqali mazmunni hissiy jihatdan chuqur va ravon yetkazish mumkin. Masalan, ingliz tilidagi "spill the beans" iborasi qadimiy ingliz an’analaridan kelib chiqqan bo‘lib, bu ibora “tasodifan sirni fosh qilish” ma’nosini anglatadi. Frazeologiya har doim tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralgan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning markazi bo‘lib kelgan. Frazeologik birliklarning yaratilishi etnik kelib chiqishdan qat’i nazar, uzoq tarix hamda xalqning turmush tarzi bilan bog‘liqdir. Ingliz va o‘zbek tillarida frazeologiya — bu tilshunoslikning muhim sohasi bo‘lib, unda frazeologik birliklarning kelib chiqishi, tizimi, tuzilishi va til tizimidagi o‘rni o‘rganiladi. Ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritgan olimlar frazeologiyani mustaqil fan sifatida tan olishdan avval bir necha bosqichli ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Bugungi kunda ushbu soha rasmiy struktura va shaklga ega ilmiy fan darajasiga yetgan bo‘lsa-da, hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar hali ham ko‘p. www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 40 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivoj
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda frazeologik birliklar haqida tilshunoslarning ilmiy qarashlari yoritilgan hamda ularning turlari muhokama qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda frazeologik birliklar haqida tilshunoslarning ilmiy qarashlari yoritilgan hamda ularning turlari muhokama qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frazeologik birlik, mazmun, barqaror birikmalar., Kalit so‘zlar: Birikma, umumiy ma’no, iboralar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025