К содержанию
РецензированоUZ2026

15-16 YOSHLI FUTBOLCHILARNING TO‘PGA EGALIK QILISH TEXNIKASINING NAZARIY JIHATLARI

Baxodirov Sarvar Sirojiddinovich

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Maqolada futbolchilarning to‘pga egalik qilishning nazariy jihatlarini texnik mahorat harakatlarni samaradorligi turli-tuman texnik usullar bo‘yicha mustahkam ko‘nikmani rivojlantirishni taqozo etgani xususida so‘z yuritilib, futbolchilarga ma’lum bir talabni qo‘yishni: jismoniy sifatlardan o‘yin samaradorligini oshirish vositasi sifatida foydalana bilish lozimligi tadqiq qilinadi. Kalit so‘zlar: Futbol, musobaqa, chidam, moslashuv, kuchlilik, futbolchi, jismoniy sifatlar, individual yondashuv. В статье рассматриваются теоретические аспекты владения мячом футболистами, эффективность технических навыков и движений, требующих развития прочных навыков владения различными техническими приёмами, а также исследуется необходимость предъявления к футболистам определённого требования: умения использовать физические качества как средство повышения эффективности игры. Ключевые слова: Футбол, соревнования, выносливость, адаптация, сила, футболист, физические качества, индивидуальный подход. The article discusses the theoretical aspects of football players' possession of the ball, the effectiveness of technical skills and movements, which require the development of solid skills in various technical methods, and examines the need to impose a certain requirement on football players: the ability to use physical qualities as a means of increasing the effectiveness of the game. Key words: Football, competition, endurance, adaptation, strength, football player, physical qualities, individual approach. Futbolchining texnik mahorati u egallab olgan texnik usullarning hajmi va xilma- xilligi, shuningdek, ularni o‘yin sharoitlarida samarali qo‘llay bilishi bilan xarakterlanadi. Futbol o‘yini texnikasi juda ko‘p turli usul va usullar yig‘indisidan iboratdir. Shuning uchun kam vaqt va kuch sarflab o‘rgatish vazifasini hal etish uchun o‘rganilayotgan materialni tizimga solish va texnikaga o‘rgatishning izchilligini aniqlash katta ahamiyatga ega. O‘rgatish ishini boshlash va uni optimallashtirish muammosi ko‘p jihatdan tushunarlilik asosi bilan belgilanadi. Ammo bu faqat «oddiydan murakkabga», www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 79 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari «osondan qiyinga» uslubiy qoidalaridan foydalanishdan iborat bo‘lib qolmaydi. Dastlab o‘yin olib borishning asosiy usullarini o‘rganish zarur. Nihoyat, yangi harakat ko‘nikmalari avval o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar asosida paydo bo‘ladi. Shuning uchun turli xil texnik usul va usullarning o‘zaro tabiiy bog‘liqligidan va tuzilishi bo‘yicha umumiyligidan foydalanish kerak. Texnik usullar bilan tanishish va ularni o‘rganish jarayonida asosan o‘qitishning mukammal usulidan foydalaniladi. U ko‘p yillik mashg‘ulotning har bir bosqichi uchun muayyan doiradagi usul va usullar tanlab olinishi bilan xarakterlanadi. Bular darslar tizimida parallel ravishda: dastlab (texnika asoslari o‘zlashtirib olinguncha) har bir usul alohida, keyinchalik o‘zlashtirilgan boshqa usullar bilan birgalikda o‘rganiladi. Shu bilan birga, bir darsda, bir vaqtning o‘zida ikki-uchtadan ortiq yangi usulga o‘rgatish mumkin emas. Ko‘p yillik mashg‘ulotlarning har bir bosqichida futbolchilarning texnik tayyorgarligi yuzasidan muayyan vazifalar qo‘yish ko‘pgina omillar: bolalar va o‘smirlar rivojlanishining yosh xususiyatlari, jismoniy sifatlarni tarbiyalash dinamikasi, harakat ko‘nikmalarini shakllantirish tizimining xususiyatlari, bosqichlarning qaysi maqsadga qaratilganligi bilan belgilanadi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida futbol o‘yinini yangi o‘rganuvchi futbolchilarni texnik usullarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish vazifasi qo‘yiladi. Bu vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi shug‘ullanuvchilarda futbolga nisbatan qat’iy qiziqish hosil bo‘lishiga yordam beradi. Mazkur bosqichda o‘qitish ishi maydonda harakat qilish: yugurish, to‘xtash, burilish va sakrashning asosiy usullarini o‘rganishdan boshlanadi. Shular bilan parallel ravishda yosh futbolchilar to‘pni egallash texnikasi va buni bajarishning quyidagi asosiy usullarini o‘rganadilar: – to‘p tepish (tovonning ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki va o‘rta qismi bilan); – kalla qo‘yish (peshonaning o‘rta qismi bilan); – to‘pni oyoq bilan to‘xtatish (tovonning ichki tomoni, oyoqning kafti va son bilan); – to‘pni oyoq bilan olib yurish (oyoq yuzining o‘rta va tashqi qismi «qochib qolish» yo‘li bilan aldaydigan harakatlar qilish; – to‘pni olib qo‘yish (hamla qilib, to‘pni tepib yuborish); – yon chiziqdan (turgan joydan) turib to‘pni o‘yinga tashlash. Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichida shug‘ullanuvchilar futbol o‘yini texnikasi asoslarini egallab oladilar. Yosh futbolchilar avvalgi bosqichda tanishgan texnik usullarini ancha chuqur o‘rganadilar hamda qolgan usullar va ularning turli xillarini o‘rganishga kirishadilar. Darvozabonlar to‘pni egallab olish texnikasining asosiy usullarini: to‘pni ushlab olish, urib yuborish va tashlashni o‘zlashtiradilar. www.pedagoglar.

Доказательный фрагмент

«Maqolada futbolchilarning to‘pga egalik qilishning nazariy jihatlarini texnik mahorat harakatlarni samaradorligi turli-tuman texnik usullar bo‘yicha mustahkam ko‘nikmani rivojlantirishni taqozo etgani xususida so‘z yu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada futbolchilarning to‘pga egalik qilishning nazariy jihatlarini texnik mahorat harakatlarni samaradorligi turli-tuman texnik usullar bo‘yicha mustahkam ko‘nikmani rivojlantirishni taqozo etgani xususida so‘z yu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Football, competition, endurance, adaptation, strength, football, chidam, individual yondashuv., musobaqa, Kalit so‘zlar: Futbol, kuchlilik, futbolchi, moslashuv, jismoniy sifatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники