К содержанию
РецензированоRU2021

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARIGA KATTA ZARAR YETQAZUVCHI KARTOSHKA KUYASIGA QARSHI FERAMON QO‘LLASH

FERAMON QO‘LLASH

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2021

Аннотация

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga zarari yuqori boʻlgan kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell) zararkunandasiga qarshi feramon tutqichini qoʻllashning samaradorligi yoritilgan. Kalit so’zlar: Kartoshka kuyasi, mahsulotlar,qarshi, feramon tutqich, samaradorligi. Аннотaция: Подчеркнута эффективность применения феромонной ловушки против картофельной моли (Phthorimaea operculella Zell) – вредителя, наносящего значительный ущерб сельскохозяйственной продукции. Ключевые слова: Kартофельной моли, феромонной ловушки, вредителя сельскохозяйственной продукции. Annotation: The effectiveness of using pheromone traps against the potato moth (Phthorimaea operculella Zell), a pest that causes significant damage to agricultural products, was particularly emphasized. Keywords: Potato moth, products, control, pheromone trap, effectiveness. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6262-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5185-son Qarorida O‘simliklar karantini va himoyasida zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashda uyg‘unlashgan kurash tizimini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda samarali qarshi kurash olib borish saqlanayotgan ombor maxsulotlari zararkunandasiga qarshi samarali kurashish aytib o‘tilgan. Bugungi kunda dunyo miqyosida aholi sonining intensiv o‘sib borishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham jadallik bilan ortib bormoqda. Ushbu holat insoniyatning oziq-ovqat mahsuldorligi yuqori bo‘lgan, sifatli va eksportbop meva mahsulotlariga bo‘lgan talabni ham ortishiga olib kelmoqda. Jahonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonida turli zararkunanda hasharotlar, xususan omborxonalarda saqlanayotgan mahsulotlarni saqlash davrida www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 114 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari zarar yetkazadigan janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella) ning hosildorlikka katta zarar keltirmoqda. Xususan, omborxonada saqlanayotgan mahsulotlarga janub ombor parvonasi zarari ta’sirida 30-45% qismi nobud bo‘lishi aniqlangan. Shu jihatdan, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari keltirib chiqaradigan biozararlanishlarni aniqlash, ularni oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga zarar yetkazuvchi hasharotlar insoniyat uchun doimiy muammo bo‘lib kelmoqda. Ularni kimyoviy pestitsidlar bilan nazorat qilish samarali bo‘lsa-da, atrof-muhitga va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, so‘nggi yillarda feromonlar yordamida biologik nazorat usullari keng qo‘llanila boshladi. Feromonlar ayniqsa jinsiy feromonlar zararkunandalarni aniqlash, jalb qilish va ularni ko‘payishdan to‘xtatishda muhim ahamiyatga ega. Zararkunandalar feromonlari nima? Zararkunanda hasharotlar (masalan, kuya, qo‘ng‘iz, kapalak) turli kimyoviy signal moddalari jinsiy feromonlar ishlab chiqaradi. Bu moddalar ayniqsa urg‘ochi hasharotlar tomonidan ajralib chiqadi va erkaklarni o‘ziga jalb qilish uchun xizmat qiladi. Feromonlar havoda juda oz miqdorda bo‘lsa ham, erkak hasharotlar uni sezib, manbaga qarab harakat qiladi. Feromonlar yordamida zararkunandalarni nazorat qilish usullari Feromonli tuzoqlar (traps) Feromon moddalari maxsus tuzoqlarga joylashtiriladi. Erkak hasharotlar bu tuzoqlarga tortiladi va ushlanadi. Bu usul: Zararkunandalarni erta aniqlash Ularning sonini baholash Ularni ko‘payishdan to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Mass trapping (ommaviy tutish) Juda ko‘p miqdordagi feromonli tuzoqlar o‘rnatilib, katta miqdordagi erkaklar tutib olinadi. Bu urg‘ochilar bilan juftlashuv imkoniyatini pasaytiradi. Mating disruption (juftlashuvni buzish) Muhitga feromonlar purkaladi. Erkak hasharotlar haqiqiy urg‘ochini topa olmay, chalkashib qoladi. Bu ularning nasl qoldirishiga to‘sqinlik qiladi. Afzalliklari Ekologik xavfsiz: Feromonlar tabiiy moddalardir, atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Ma’lum bir turga ta’sir qiladi: Zararkunanda hasharotning aniq turiga nisbatan faol bo‘ladi, foydali hasharotlarga ta’sir qilmaydi. Pestitsidlarga alternativ: Kimyoviy dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell.) Kartoshkaning eng xavfli zararkunandasi kartoshka kuyasi hisoblanadi. U kartoshkadan tashqari pomidor, baqlajon, yovvoyi ituzum, tamaki va boshqa ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarni ham zararlaydi. Ilgari tashqi karantin ob’ekti bo‘lgan bu zararkunanda, respublikaga dastlab 2009- yilda Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati Shovot tumanida aniqlangan. Hozirgi kunda barcha viloy

Доказательный фрагмент

«Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga zarari yuqori boʻlgan kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell) zararkunandasiga qarshi feramon tutqichini qoʻllashning samaradorligi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga zarari yuqori boʻlgan kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell) zararkunandasiga qarshi feramon tutqichini qoʻllashning samaradorligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Potato moth, products, control, pheromone trap, effectiveness, feramon tutqich, mahsulotlar, Kalit so’zlar: Kartoshka kuyasi, qarshi, samaradorligi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники