К содержанию
РецензированоRU2026

ZAMONAVIY OILADA YOSHLARNING E'TIQODGA NISBATAN MUNOSABATINI KUZATISHDA OTA-ONANING TARBIYAVIY SAVODXONLIGI VA TARBIYAVIY USLUBLARI

Hamrayeva Maxfuza Baxtiyorovna

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается влияние воспитательной грамотности современных родителей и используемых ими методов воспитания на отношение молодежи к вере с педагогико-психологической точки зрения. Личное мировоззрение родителей, стиль общения, отношение к духовным ценностям выступают как важные факторы в формировании религиозных и нравственных взглядов молодежи. Также освещается роль современных средств массовой информации и социального окружения в этом процессе. Ключевые слова: вера, воспитание, родительская грамотность, психологическое влияние, духовные ценности, молодежь, семья Annotation. This article explores the pedagogical and psychological aspects of how modern parents’ educational literacy and their parenting styles influence young people's attitudes toward faith. The personal beliefs of parents, their communication style, and their relationship with spiritual values are considered key factors in shaping the moral and religious outlook of youth. The study also highlights the role of modern media and social environment in this developmental process. Key words: faith, upbringing, parental literacy, psychological influence, spiritual values, youth, family Kirish. Yosh avlod tarbiyasi har qanday jamiyatning barqarorligi, taraqqiyoti va ma’naviy yuksalishida muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, zamonaviy axborot oqimi, globallashuv va ijtimoiy tarmoqlarning kengayib borayotgan davrida farzandlarda e’tiqod, ma’naviyat va axloqiy dunyoqarashni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 136 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari kasb etmoqda. Inson ongida e’tiqod — bu nafaqat diniy tushuncha, balki hayotga, jamiyatga, oilaga, o‘z shaxsiy qadriyatlariga bo‘lgan ijobiy munosabatni ifodalovchi psixologik asosdir. Mazkur jarayonda oilaning, ayniqsa ota-onaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Ularning farzand tarbiyasidagi psixologik savodxonligi, muloqot madaniyati, hayotga bo‘lgan qarashlari, o‘z shaxsiy e’tiqodiga sodiqligi va tarbiyaviy uslublari yosh ongida mustahkam ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ammo bugungi davrning chaqiriqlari, ya’ni internet, ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy ommaviy madaniyat ta’siri ota-onalarning tarbiyadagi roli va mas’uliyatini yanada oshirmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy oilada yoshlarning e’tiqodga nisbatan munosabatini shakllantirishda ota-onaning tarbiyaviy savodxonligi va qo‘llaydigan uslublari qanday ahamiyatga ega ekani pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onalarning namunaliligi, ularning axloqiy va diniy qadriyatlarga bo‘lgan yondashuvi farzandlar hayotida qanday aks etishi ham yoritiladi. Adabiyotlar va metodologiya. Yoshlarning e’tiqodga nisbatan munosabatini shakllantirishda oila, ayniqsa ota- onaning tarbiyaviy savodxonligi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Mazkur masalaga oid ilmiy-nazariy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, farzand tarbiyasida ota- onaning shaxsiy e’tiqodi, ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabati, ularning kommunikativ malakalari va tarbiyaviy uslublari bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonlik olimlardan N. Komilov (2002) o‘zining “Ma’naviyat asoslari” asarida ma’naviy tarbiya va e’tiqod o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi. Unga ko‘ra, ota-onaning shaxsiy namunasi, ijtimoiy mas’uliyati va hayotiy qadriyatlari farzandda e’tiqodiy ong shakllanishining asosiy manbalaridan biridir. Shuningdek, D. Muminovaning “Oila pedagogikasi” (2015) nomli asarida oilada tarbiyaning zamonaviy yondashuvlari, ota-onalarning psixologik savodxonligi va ma’naviy madaniyati muhim omil sifatida yoritilgan. Psixologik nuqtai nazardan olganda, L.S. Vygotskiy tomonidan ilgari surilgan madaniy-tarixiy yondashuv (1984) bolalar ongining rivojlanishi ijtimoiy omillar, xususan, oila va atrof-muhit ta’sirida kechishini asoslaydi. Bu nazariy qarash e’tiqodiy qarashlar ham ijtimoiy muloqot orqali shakllanishini ko‘rsatadi. Shuningdek, A. Bandura tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy o‘rganish nazariyasida (1977) bola kattalarning xatti-harakatlarini kuzatib, ularni o‘z shaxsiy tajribasi sifatida qabul qilishi tushuntiriladi. Bu esa ota-onaning har bir qadami, e’tiqodi va axloqiy ko‘rsatmalari farzand ruhiyatiga qanday chuqur ta’sir qilishini ko‘rsatadi. G‘arb manbalaridan Hurlimann (2007) tomonidan taqdim etilgan “Parenting and Spiritual Formation” asarida ota-onaning ruhiy-axloqiy tarbiyadagi roli, ularning shaxsiy e’tiqodi farzandga qanday namuna bo‘lishi haqida chuqur mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, UNICEF (2021) tomonidan e’lon qilingan “Parenting in a www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 137 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Digital World” nomli hisobotda raqamli dunyoda ota-onalarning farzandlar e’tiqodiga ta’siri, ularni ijtimoiy axborotlardan himoya qilish strategiyalari ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa qilib aytganda, adabiyotlar

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается влияние воспитательной грамотности современных родителей и используемых ими методов воспитания на отношение молодежи к вере с педагогико-психологической точки зрения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается влияние воспитательной грамотности современных родителей и используемых ими методов воспитания на отношение молодежи к вере с педагогико-психологической точки зрения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
faith, upbringing, parental literacy, psychological influence, spiritual, ma’naviy qadriyatlar, tarbiya, yoshlar, oila, ota-onalik savodxonligi, psixologik ta’sir, Kalit so‘zlar: e’tiqod
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники