К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ TILIDA MULOQOT VOSITASINI IFODALOVCHI NONVERBAL DIALOGIZMLAR

NONVERBAL DIALOGIZMLAR · Sabitova Iroda Srajiddinovna

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Mazkur tezis ingliz tilida muloqot vositasi sifatida xizmat qiluvchi nonverbal (og‘zaki bo‘lmagan) dialogizmlarni tahlil qiladi. Insonlar o‘zaro aloqa jarayonida nafaqat so‘zlar, balki tana harakati, yuz ifodalari, ko‘z bilan aloqa, imo- ishoralar, tana holati va masofa kabi nonverbal vositalar orqali ham muhim ma’lumot yetkazadilar. Ushbu vositalar ingliz tilida muloqotni yanada aniq, hissiy jihatdan boy va tushunarli qilishda muhim o‘rin tutadi. Tezisda nonverbal dialogizmlarning turli shakllari, ularning kommunikativ funksiyalari va madaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz tilidagi nutqiy jarayonda bunday vositalarning roli, ahamiyati hamda ularni samarali qo‘llash yo‘llari yoritiladi. Kalit so‘zlar: nonverbal muloqot, dialogizm, ingliz tili, kommunikativ vosita, imo-ishora, yuz ifodasi, tana tili, madaniyatlararo muloqot Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muloqot asosiy ijtimoiy zarurat sifatida shakllangan bo‘lib, zamonaviy lingvistik tadqiqotlar ushbu jarayonning nafaqat og‘zaki, balki og‘zaki bo‘lmagan (nonverbal) unsurlar orqali ham amalga oshirilishini tasdiqlamoqda. Ayniqsa, ingliz tilidagi muloqot tizimida nonverbal dialogizmlar alohida o‘ringa ega bo‘lib, ular insonlar o‘rtasidagi tushunishni kuchaytiradi, ifodaning emotsional jihatlarini aniqlashtiradi va nutqiy vaziyatga mos ruhiy kayfiyatni yaratadi. “Nonverbal dialogizmlar” atamasi asosan og‘zaki bo‘lmagan, ammo muloqot mazmunini to‘ldiruvchi yoki mustaqil axborot manbai sifatida xizmat qiluvchi kommunikativ birliklarga nisbatan ishlatiladi. Bular jumlasiga imo-ishoralar, yuz ifodasi, tana holati, nigoh, yaqinlik masofasi (proksemika), jismoniy kontakt va boshqa paralingvistik elementlar kiradi. Ayniqsa, ingliz tilida rasmiy va norasmiy muloqotlar, nutqiy aktyorlik, taqdimotlar va intervyular kabi sohalarda ushbu vositalarning ahamiyati sezilarli darajada ortib bormoqda. Ingliz tilidagi muloqotda yuz ifodalari (facial expressions) eng asosiy nonverbal vositalardan biri hisoblanadi. Kulish, qosh qadalishi, ko‘z qisish yoki lab qisish kabi holatlar orqali so‘zsiz ravishda quvonch, g‘azab, e’tiroz, shubha kabi his-tuyg‘ular ifodalanadi. Bu kabi signallar ayniqsa nutqning intonatsion boyligiga mos ravishda fikrni kuchaytirish yoki uni yumshatish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, imo- ishoralar (gestures) ingliz tilida qator ma’lumotlarni uzatishda keng qo‘llaniladi. Masalan, qo‘l bilan salomlashish, boshni qimirlatish orqali rozilik bildirish yoki bilakni www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 141 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari bukib kuchni ifodalash kabi imo-ishoralar universal bo‘lib, ba’zilarining madaniy o‘ziga xosliklari mavjud. Bu esa madaniyatlararo muloqotda muhim bo‘lgan kommunikativ sezgirlikni talab qiladi. Shuningdek, tana holati (posture) ham nutqiy kontekstda muhim ma’lumot manbai bo‘la oladi. Odamning tik turishi, bukilgan yelkalar, orqaga suyanish yoki oldinga egilish kabi harakatlar muloqot jarayonida e’tibor, qiziqish, ishonchsizlik yoki tayyorlik darajasini bildiradi. Ingliz tilida faol ishlatiladigan yana bir nonverbal vosita bu ko‘z bilan aloqa (eye contact) hisoblanadi. Suhbatdoshning ko‘zlariga qarash, ko‘z qochirish yoki uzoq nigoh tashlash orqali inson o‘zining ochiqligi, ishonchliligi yoki noqulayligini namoyon qiladi. Ko‘z bilan aloqa darajasi ham madaniy kontekstdan kelib chiqib farqlanadi, masalan, ingliz tilida samimiy va to‘g‘riso‘z inson ko‘z bilan aloqa qilishdan cho‘chimaydi, aksincha bu uning ishonchli shaxs ekanligini bildiradi. Proksemika – ya’ni muloqot vaqtida insonlar orasidagi masofa ham nonverbal dialogizmlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Masofa muloqotda ishtirok etayotgan shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar xarakterini aks ettiradi. Masalan, ingliz tilida rasmiy va professional muloqotda ma’lum bir ijtimoiy masofaning saqlanishi odat hisoblanadi, bu esa hurmat, xolislik va neytrallikni ifodalaydi. Yaqqol shaxsiy zonaga kirish esa salbiy baholanishi mumkin. Shu bilan birga, jismoniy aloqa (masalan, yelka urish, qo‘l bilan yelka ushlash) kabi dialogik harakatlar do‘stona muhitda muloqotni iliqlashtirishga xizmat qilishi mumkin. Boshqa paralingvistik vositalar – ya’ni tovush balandligi, nutq sur’ati, pauzalar va ohang (intonatsiya) ham muloqot mazmuniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ingliz tilida bir so‘z turlicha ohangda aytilsa, butunlay boshqa ma’no ifodalashi mumkin: buyruq, savol, shubha yoki masxara. Bunday holatlarda so‘zning grammatika shakli emas, balki paralingvistik belgi asosiy ma’no manbai bo‘ladi. Nonverbal dialogizmlar ingliz tilida til vositalarining semantik xususiyatlarini to‘ldiradi, aksentlarni aniqlashtiradi va nutqiy niyatni kuchaytiradi. Shuningdek, ular muomala samaradorligini oshiradi, notiqning ishonchliligini oshirib, tinglovchiga qulaylik yaratadi. Shuning uchun ham ingliz tilini o‘rganish jarayonida nafaqat lug‘aviy va grammatik bilimlar, balki nonverbal vositalarni

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezis ingliz tilida muloqot vositasi sifatida xizmat qiluvchi nonverbal (og‘zaki bo‘lmagan) dialogizmlarni tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezis ingliz tilida muloqot vositasi sifatida xizmat qiluvchi nonverbal (og‘zaki bo‘lmagan) dialogizmlarni tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kommunikativ vosita, Kalit so‘zlar: nonverbal muloqot, yuz ifodasi, imo-ishora, tana tili, dialogizm, ingliz tili, madaniyatlararo muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники