К содержанию
РецензированоUZ2026

REFLEKSIYA ORQALI PEDAGOGIK FAOLIYATDA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASHNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

BAHOLASHNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI · Sodiqova Shaxnoza Ulug‘bek qizi

Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026

Аннотация

Mazkur ilmiy ishda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning o‘rni tahlil qilinadi. Pedagogik faoliyatda reflektiv yondashuvdan foydalanish orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, didaktik yondashuvlarni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarda reflektiv madaniyatni shakllantirish orqali ularning mustaqil va ongli faoliyatini rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi. Eksperimental metodlar asosida olib borilgan ishlar natijasida refleksiyaning kasbiy o‘sishga ijobiy ta’siri amaliy jihatdan isbotlangan. Kalit so‘zlar. refleksiya, o‘z-o‘zini baholash, pedagogik faoliyat, reflektiv yondashuv, kasbiy rivojlanish, metodik yondashuv, ta’lim sifati, reflektiv madaniyat. Refleksiya va o‘z-o‘zini baholash bugungi kunda ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi muhim kompetensiyalar sirasiga kiradi. Pedagogik faoliyatda samaradorlikka erishish, o‘z ustida ishlash, kasbiy kamchilik va yutuqlarni anglash, ta’lim jarayoniga tanqidiy yondashish ko‘nikmalari aynan refleksiya orqali shakllanadi. O‘z-o‘zini baholash esa refleksiya jarayonining ichki bosqichlaridan biri bo‘lib, pedagogga o‘z faoliyatini tahlil qilish, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, ta’limiy yondashuvni yangilash imkonini beradi. Bu ikki tushuncha – refleksiya va o‘z-o‘zini baholash – nafaqat o‘qituvchining ichki o‘sishini, balki o‘quvchilarga ta’sir qilish salohiyatini oshirishda ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi – refleksiya orqali o‘z-o‘zini baholashni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash, bu orqali pedagogik faoliyatni takomillashtirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlarni asoslab berishdan iborat. Shu asosda quyidagi vazifalar belgilanadi: refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning nazariy asoslarini aniqlash; ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish; ta’lim amaliyotida refleksiv metodlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash; o‘qituvchilarda refleksiv madaniyatni shakllantirish yo‘llarini ko‘rsatish. Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: ilmiy-nazariy manbalarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, suhbat va so‘rovnoma, refleksiv yozuvlar tahlili, eksperiment usuli. Ushbu metodlar orqali mavzuga ilmiy yondashish va amaliy xulosalar chiqarish imkoni yaratildi. www.pedagoglar.org 45-to’plam_2-qism_Iyul-2025 150 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari Refleksiya tushunchasi zamonaviy pedagogikada o‘qituvchining kasbiy o‘sishi va o‘zini anglash jarayonida asosiy tarkibiy qismlardan biri sifatida qaraladi. Falsafiy nuqtayi nazardan refleksiya – inson tafakkuri, ong va faoliyatining o‘ziga qayta yo‘naltirilgan shakli bo‘lib, shaxsning o‘zini tanishi, tahlil qilishi va baholashi jarayonini anglatadi. Psixologiyada esa refleksiya shaxsning o‘z fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlarini idrok etish, ular ustida fikr yuritish qobiliyatidir. Pedagogikada esa refleksiya o‘qituvchining o‘z ta’limiy faoliyatini ongli ravishda tahlil qilishi, o‘zining kasbiy harakatlari va ularning natijalariga baho berishidir. Refleksiyaning bir nechta shakllari mavjud bo‘lib, ular pedagogning faoliyatiga har xil yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiy refleksiya – o‘qituvchining o‘z hissiyoti, qadriyatlari va motivatsiyasini tahlil etishidir. Kasbiy refleksiya – o‘z faoliyat uslubi, o‘qitish texnologiyalari va metodlariga tanqidiy yondashishdir. Amaliy refleksiya – dars jarayonida yuzaga kelgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi, nazariy refleksiya esa ta’lim jarayonining asosiy konseptual jihatlarini tushunishga qaratilgan. Refleksiya pedagogik jarayonda bir nechta muhim funksiyalarni bajaradi: tahliliy, o‘zgartiruvchi, baholovchi va rivojlantiruvchi. U o‘qituvchiga o‘z faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, yangicha yondashuvlarni izlash, tajriba orttirish hamda kasbiy o‘sishga erishish imkonini beradi. Shu bois refleksiya zamonaviy o‘qituvchining asosiy kasbiy kompetensiyalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Pedagogik faoliyatda o‘z-o‘zini baholash – bu o‘qituvchining o‘z faoliyatiga nisbatan ongli, tanqidiy va tahliliy munosabat bildirish jarayonidir. Ilmiy nuqtayi nazardan u shaxsning ichki reflektiv faolligiga asoslangan bo‘lib, kasbiy o‘sish, o‘zini anglash va mustaqil rivojlanishning muhim omili hisoblanadi. O‘z-o‘zini baholash mazmunan o‘z harakatlarini baholash, maqsadga muvofiqligini tekshirish, natijalarni tahlil qilish va kelgusidagi faoliyatni takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Bu jarayon og‘zaki, yozma, raqamli yoki reflektiv kundaliklar shaklida amalga oshirilishi mumkin. O‘z-o‘zini baholashning pedagogik samaradorlikka ta’siri bevosita o‘qituvchining o‘z faoliyatiga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. U orqali o‘qituvchi nafaqat o‘zining didaktik yondashuvini, balki o‘quvchilarga ta’sirini, dars samaradorligini ham chuqurroq anglaydi. Bu esa kasbiy refleksiyani faollashtiradi, o‘z ustida ishlashga turtki bo‘l

Доказательный фрагмент

«Mazkur ilmiy ishda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ilmiy ishda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reflektiv madaniyat., metodik yondashuv, ta’lim sifati, Kalit so‘zlar. refleksiya, pedagogik faoliyat, reflektiv yondashuv, o‘z-o‘zini baholash, kasbiy rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники