Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOYA NAVLARINING BUXORO SHAROITIDAGI O’SISH KO’RSATKICHLARI
Hamroqulova Nargiza Komil qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Knowing and comparing the preliminary results of any experiment creates the basis for the selection of varieties that are best adapted to the studied environment. In this article, a brief botanical description of soybeans, growing conditions and the growth of selected soybean varieties in the conditions of Bukhara is presented. initial phenological indicators have taken place. Key words: Slavia, Victoria, large, elegant, vest, grass season, average length, number of burgs, salinity. Soya dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga Glycena hispida maxsim – turiga mansub bir yillik o’tsimon o’simlik. Poyasi tik o’suvchan, baquvvat va sershox, poyasining uzunligi 80-150 sm gacha, xashaki navlariniki 2 metrgacha yetadi. Ildizi o’k ildiz yaxshi rivojlangan, tuproqqa 1,5-2 metrgacha kirib boradi, lekin ildizini asosi tuproqning xaydalma qatlamida rivojlanadi. O’simlik unib chiqqandan 10-12 kun o’tgach asosiy ildizida dastlabka tuganak bakteriyalar paydo bo’la boshlaydi. Barglari murakkab uch qo’shaloq. Soya pishib yetilganda barglari sargayib to’kila boshlaydi. Guli mayda oq yoki binafsha rangda barg kultig’ida shingil bo’lib (3-5 tadan gul) birikadi. Soya ko’proq o’zidan changlanadi, dukaklari turli shakl va rangda, unda 1 tadan 4 tagacha don bo’ladi. Soyaning poya, barg, dukkaklari dag’al, qalin tuklar bilan qoplangan. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki agarda poyada tuklar siyrak bo’lsa, kasallik va zararkunandalarga nisbatan chidamsiz bo’ladi. Tuklar o’simlik uchun himoya vazifasini ham bajaradi. Soya issiqsevar o’simlik, urug’ yerga ekilgandan keyin, uning unib chiqishi, gullashi va pishishi uchun zarur shart-sharoitlardan biri bu xaroratdir. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra erta pishar navlarining pishib yetilishi uchun 1800- 20000C, o’rtapishar navlar uchun 2600-28000C va kechpishar navlar uchun 3000-32000C harorat kerak. Urug’ining unib chiqishi uchun minimal xarorat 80C, 12-140C da urug’lar bir tekis, qiyg’os unib chiqadi. Soyaning issiqqa bo’lgan talabi, unib chiqqandan pishish fazasi boshlanguncha oshib boradi. Masalan, ekilgandan unib chiqqungacha bo’lgan davrga qaraganda gullash davrida xaroratni ko’proq talab qiladi yoki gullashdan ko’ra meva xosil qilish fazasida issiqlik ko’proq kerakdir. Faqatgina pishish fazasida xaroratni nisbatan kamroq talab qiladi. Uning transpiratsiya koeffitsenti yetishtiriladigan sharoitga qarab 400 dan 600 gacha o’zgarib turadi. 1 10 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Don-dukkakli ekinlar ichida birgina soya, namga nisbatan yuqori bo’lgan hollarda ham o’sa oladi. Lekin butun vegetatsiya davomida suvni bir xil ko’p talab qilavermaydi. Olimlarning fikricha suvga bo’lgan talabi urug’ning bo’rtish, unib chiqish uchun quruq vazniga nisbatan 130- 160% suv ko’p talab qiladi yoki shuncha suvni o’ziga singdirib oladi. Vegetatsiyaning boshlang’ich fazalarida unib chiqish, birinchi uch qo’shaloq barg chiqarish va g’ujlanish vaqtida soya suvni kamroq talab qiladi. Gullash boshlanishi bilan suvga bo’lgan talabi keskin ortadi. Gullash, dukkak xosil bo’lish, dukkaklarni to’lishish fazalarida butun vegetatsiya davrida sarf bo’ladigan suvning 60-70% foydalaniladi. Shuning uchun gullash va dukkak xosil qilish davrida o’simlikning suvga bo’lgan talabi qondirilmasa, hosil keskin kamayadi. Soya hozirgi kundagi asosiy masala - oqsil tanqisligini hal etishda eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Soya oqsili o’zining kimyoviy tarkibi jihatidan hayvon oqsiliga o’xshash bo’lgani uchun ham barcha rivojlangan mamlakatlarda soya yetishtirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Yaponiyada sholi va sabzavot ekinlaridan keyin soya bilan band bo’lgan yerlar o’z kattaligi jihatidan uchinchi o’rinni egallaydi. Yaponiya chet ellardan ham ko’p miqdorda soya sotib olmoqda. Keltirilgan donlar turli maqsadlar uchun foydalanilmoqda. Hozirgi kunda ipak qurti tutishda soya donidagi oqsildan foydalanilmoqda. Yapon mutaxassislari tomonidan tayyorlangan sun’iy oziqning 67 foizi soya oqsili, 2 foizi soya yog’i, limon kislotasi, B guruh vitaminlari va boshqa turli qo’shimchalardan iborat. Yaponiyada bir yilda besh marta ipak qurti boqiladi va bunda soyadan tayyorlangan sun’iy oziq katta rol o’ynaydi. Soya donidan, shuningdek sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. O‘zbekistonda oxirgi yillarda soya yetishtirishga ancha jiddiy qaralmoqda. Mamlakatimizda soya ekin maydonini kengaytirish mahalliy iqlim-sharoitimizga mos yuqori hosilli navlarni yaratish va yetishtirish texnologiyasini yanada takomillashtirish bo’yicha maxsus qarorlar qabul qilingan. Soya bir yillik o’tsimon o’simliklar avlodi bo’lib, dukkaklilar Fabaceae oilasiga mansubdir. Soya 90-150% vazniga nisbatan suv bo’lsa, unib chiqadi. Murtak ildizi avval rivojlanadi. Ildizi ancha o’sganda yon ildizlar rivojlanadi. Ildizning o’sishi don shakllanish davrigacha kuzatiladi. Ildizning rivojlanishi tuproqning fizik holati harorati, namligi va oziqa elementlarining mavjudligiga bog
Доказательный фрагмент
«Knowing and comparing the preliminary results of any experiment creates the basis for the selection of varieties that are best adapted to the studied environment.»
Образец извлечения
Демо-превьюKnowing and comparing the preliminary results of any experiment creates the basis for the selection of varieties that are best adapted to the studied environment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Slavia, Victoria, large, elegant, vest, grass season, average length, number of, Viktoriya, oyjamol, o’rtacha uzunlik, maysa davri, vestochka, nafis, Sloviya, sho’rlanish., burglar soni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014