Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOYANING (GLIYCENA MAXIM) RIVOJLANISH FAZALARI XUSUSIYATLARI
Hamroqulova Nargiza Komil qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Har qanday o’simlikning shu jumladan soyaning hosildorligini oshirish uchun eng avvalo shu o’simlikning rivojlanish fazalarini bilish va xususiyatlarini o’rganish lozim. Soyaning suvga va ozuqaga bo’lgan ehtiyoji rivojlanish fazalariga qarab o’zgarib boradi. Kalit so’zlar: Vestochka, rivojlanish, gullash, g’unchalash, dukkaklanish, uchbarg, chinbarg. Unib chiqish va maysalash fazasi tuproqda soya urug‘larining bo‘rtishidan, dastlabki barglarining hosil bo‘lishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Urug’ga nam yetib borgach urug‘ murtagida o‘zgarish boshlanadi. Harakatning boshlanishi uchun ma’lum miqdordagi tashqi va ichki faktorlar yuzaga kelishi shart namlik, harorat, aerotsiya hamda urug‘da oziq moddalarning yetarli bo‘lishi shart. Agarda harorat tuproqda 3-5 gradus darajani tashkil etsa, fermentlarning harakati sustlashadi, 0 gradus darajada bo‘lganda fermentlar o‘z harakatini mutlaqo to‘xtatadi. Agarda tuproqda harorat lozim bo‘lgandagidan kam bo‘lsa, albatta bu hol o‘simlikning yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqda urug‘ uchun zarur bo‘lgan namlik, harorat hamda aeratsiya kabi omillar etarli bo‘lmasa, soya urug‘lari juda sust rivojlanadi. Bo‘rtish va unib chiqish sekinlik bilan borsa urug‘larning yoki maysalarning chirib ketishiga, ularning kasalliklar va hasharotlardan tez zararlanishiga olib keladi. Tuproqda urug‘ unib chiqishi uchun zarur shart-sharoitlar bo‘lgan paytda 5-7 kunda maysalar unib chiqadi. Oradan 2-3 kun o‘tgach ildizda dastlabki birinchi tartib ildizlar paydo bo‘ladi. Ildiz bilan bir qatorda poyacha ham yuqoriga qarab o‘sa boshlaydi. Poyacha o‘z murtak barglari bilan buklangan holda rivojlanib yer ustida to‘g‘rilanib ketadi. Maysa unib chiqqandan 3-4 kun o‘tgach, bargchalar yashil rangga kiradi, unib chiqqaniga 5-7 kun bo‘lganda maysaning bo‘yi 12-14 santimetrga etadi. O‘simlikning birinchi rivojlanish fazasi haroratga, tuproq namligiga, urug‘ning tushish chuqurligiga va nav xususiyatlariga qarab 5-6 kundan 15-20 kun va undan ham ortiqroqqa cho‘zilishi mumkin. Ayni shu davrda maysalarni begona o‘tlar siqib qo‘yishidan saqlash lozim. Agarda begona o‘tlar ko‘payib ketsa, kasalliklar ham ko‘payadi. Shu fazada o‘simlik baquvvat ildizlarga ega bo‘lsa, demak keyingi rivojlanish fazalarida ham intensiv o‘sadi. Soya rivojlanishining ikkinchi fazasida uchtalik barglar hosil bo‘ladi. Nihol unib chiqqandan 3-4 kun o‘tgach qarama-qarshi joylashgan juft barglar tashkil topadi. Maysalar unib chiqqaniga 8-10 kun bo‘l-ganda birinchi uchtalik barglar chiqadi, keyingi uchtalik barglar esa har 3-5 kunda bittadan hosil bo‘ladi. Bir bargning muayyan o‘sish miqdori 10-12 kun ana shu davr davomida barg deyarli o‘z hajmini egallab bo‘ladi. O‘simlikda 3-5 ta barg hosil bo‘lguncha yoki gulla-guncha urug‘ palla barglar saqlanib turadi, keyinchalik ular to‘kilib ketadi. 38 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Quyidagi jadvalda tajribadagi navlar va ularning rivojlanish fazasi muddatlarini ko’rishimiz mumkin. Bunda navlar kesimida rivojlanish fazasining boshlanish vaqtlari keltirilgan. Havo harorati yuqori bo‘lgan paytlarda barglar tez to‘kiladi. Namlik yuqori va harorat past joylarda urug‘palla barglar uzoq vaqt saqlanib turadi. Ko‘pgina olimlarning kuzatishlariga ko‘ra, yarim yovvoyi va yarim madaniy o‘simliklarda urug‘palla barglar madaniylashgan soya navlariga qaraganda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bizning tajribalarimiz natijasiga ko‘ra, ma’lum kechpishar soya navlarida ham urug‘palla barglari ertapishar navlarga qaraganda uzoq vaqt saqlanib turadi. O‘simlikda 3-5 ta uchtalik barglar hosil bo‘lgandan keyingina poyada intensiv o‘sish boshlanadi, chunki bu vaqtda tuproqda ildizlarning o‘sishi ma’lum darajada sustlashadi. O‘simlikda yon shoxlar paydo bo‘la boshlaydi. Ular barg qo‘ltiqlarida, hatto urug‘palla arg yonidan ham hosil bo‘ladi. Poyalari ingichka navlarda yon shoxlar juda pastdan, baquvvat, kechpishar navlarda esa 15-20 santimetr yuqoridan o‘sib chiqadi. Yon shoxlar nihol unib chiqqandan 17-20 kundan keyin paydo bo‘la boshlaydi. Yon shoxlar tabiiy iqlim sharoitlari va ekish muddatlariga qarab 30-45 kun davomida hosil bo‘ladi. Soya unib chiqqaniga 30-65 kun bo‘lganda gullash va meva tugish fazasi boshlanadi va bu faza soya vegetatsiyasida eng cho‘ziladigan uzun faza hisoblanadi. Gullash fazasi naviga qarab har xil muddatlarda boshlanadi. Harorat yuqori bo‘lganda, ya’ni 35 gradusdan baland bo‘lganda gullash tezlashadi. O‘simlikda gullash fazasi boshlanishi bilan intensiv o‘sish fazasi ham boshlanadi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, gullash fazasi davom etadigan 30-35 kun davomida o‘simlik sutkasiga 1,5-2,0 santimetrgacha o‘sadi va bir dona yangi barg hosil qiladi. Bu fazada faqatgina yer ustki organlarida intensiv o‘sish bo‘lmasdan, balki ildizlarning ham o‘sishi tezlashadi. Ildizlar bo‘yiga qarab juda tez o‘sish bilan birga qo‘shimcha ildizlar paydo bo‘ladi, asosiy va yon ildizlar esa juda ko‘plab azot to‘plovchi tuganaklar hosil qiladi. Bu davrda tug
Доказательный фрагмент
«Har qanday o’simlikning shu jumladan soyaning hosildorligini oshirish uchun eng avvalo shu o’simlikning rivojlanish fazalarini bilish va xususiyatlarini o’rganish lozim.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar qanday o’simlikning shu jumladan soyaning hosildorligini oshirish uchun eng avvalo shu o’simlikning rivojlanish fazalarini bilish va xususiyatlarini o’rganish lozim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dukkaklanish, rivojlanish, g’unchalash, chinbarg., Vestochka, uchbarg, gullash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025