Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHO’RLANGAN TUPROQQA MOSLASHGAN SOYA NAVLARI DUKKAGINING MIQDOR VA SIFAT KO’RSATKICHLARI
Hamroqulova Nargiza Komil qizi · Turi Erta O’rta Kech · Oqsil Yog’ Karbon suv
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada soyaning ajratib olingan navlaridagi hosildorlik ko’rsatkichlari alohida qisqacha bayon qilindi va quyidagi ko’rsatkichlar o’rganilib aniqlandi. Dukkak uzunligi, dukkak eni va og’irligi, har bir tupdagi o’rtacha dukkak soni. Kalit so’zlar: Sloviya, Viktoriya, oyjamol, nafis, vestochka, dukkak, miqdor ko’rsatkich, sifat ko’rsatkich, sho’rlanish. Soya glycena maxim dukkakdoshlar (fabaceae) oilasiga mansub o’simlik bo’lib, dukkak hosil qiladigan o’simliklar qatoriga kiradi. Dukkagining shakli, uzunligi, eni va og’irligi har bir o’simlikning naviga va yashash sharoitiga bog’liq. Tajriba uchun olingan navlardagi hosildorlik bir -biridan tubdan farq qiladi. Umuman olganda soya navlari yetilishiga ko’ra 3 ga bo’linadi va pishib yetilishi uchun ham ketadigan kun farq qiladi. Quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. 1-jadval Turi Erta O’rta Kech O’rtacha kun 90-100 110-120 130-140 Harorat 1800-2000 2600-2800 3000-3200 Soya doni tarkibidagi oqsil bilan boshqa o’simlik turlaridan farq qiladi va ajralib turadi. Bundan tashqari tugunak bakteriyalar ham simbioz holatda ildiz bilan yashaydi va o’rtacha har gektarda 150-250 kg gacha azot to’playdi. Tugunak bakteriya hosil qilishi va azot samaradorligini oshirish uchun bitta yerdan takror va takror foydalanish tavsiya etiladi. Shunda soya o’simligi shu yerga moslashadi va tugunaklarni hosil qiladi. Soya donidan tashqari hatto poxolida ham oqsilni ko’rish mumkin. Quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. 2-jadval Oqsil Yog’ Karbon suv Soya doni 38-52% 22-25% 20% Soya poxoli 4-5% 5% --- Soya navlari asosan sho’rlanmagan hududlarda o’sishga moslashgan o’simliklardir. Bizning Buxoro sharoitimizda esa sho’rlangan tuproqlar asosiy qismni egallaydi. Sho’rlangan tuproqlarda o’sadigan soya navlari tarkibida ham oqsil moddalari ko’p miqdorda uchraydi. Oqsil moddalarining ko’p yoki kamligi dukkakka bog’liq. Tajriba uchun olingan navlarning dukkaklari xususiyatlarini ko’rib. Tajriba uchun sloviya (Rossiya), oyjamol, vestochka (Rossiya), viktoriya (Serbiya), nafis navlari olingan. 7 Avgust, 2025-Yil 3-jadval Navlar 1ta 1 ta tupdagi 1-terimdagi bitta 2-terimdagi bitta jo’yakdagi dukkaklar soni tupdagi dukkaklar tupdagi dukkaklar o’simlik soni umumiy umumiy og’irligi(o’rtacha) og’irligi(o’rtacha) Sloviya 25 120 65gr 60 gr Oyjamol 24 90 42 gr 46 gr Vestochka 24 108 53 gr 50 gr Viktoriya 20 98 46 gr 25 gr Nafis 14 40 18 gr ---- Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki tajriba uchun olingan soya navlaridagi dukkak xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.Eng past ko’rsatkich mahalliy navlarimizdan bo’lgan Nafisda kuzatildi.Nafis navida dukkakning hosil bo’lish miqdori juda kam va og’irligi past.Bundan ma’lumki bu nav sho’r tuproqda o’sishga kam moslashgan.Bu navdan faqat birinchi terimda hosil olindi. O’simlik o’sishda davom etsa ham dukkak hosil qilmadi hosil bo’lgan dukkaklari ham pishmay to’kilib ketdi.Ekilgan urug’lardan ham o’rtacha 40-50 foizi unib chiqdi xolos. Tajriba uchun ekilgan nafis navidan unib chiqqan shu bir jo’yakdagi ma’lum sondagi o’simlik ham oxirigacha o’sib meva bermadi.Boshqa turlarimizga nisbatan sho’rga va qurg’oqchilikka juda chidamsiz xususiyatlarga ega.Dukkaklarining hosil bo’lishida juda ko’p suv talab qildi.Shunga qaramasdan dukkaklari juda kichkina va yengil.Hatto rangi ham boshqa tajriba uchun olingan turlardan farq qildi ya’ni boshqa navlarniki och rangda bo’lsa,nafis navida to’qroq rangga ega bo’ldi.Bu nav orasida zamburug’ga chalingan dukkaklarni ham uchratish mumkin edi.Bu dukkaklarning zamburug’i dukkakning ko’proq ustki tarafini zararlagan lekin shunday holatda ham butunlay zararlanib chirib ketmagan.Soya donlari kichrayib vazni kamaygan. Lekin genetic nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak zamburug’ning gifalari juda mayda holatda don ichkarisigacha kirib borib, keyingi avlodlarida o’zini namoyon qilishi mumkin. Shuning uchun ham nafis navining o’suvchanligi va chidamliligi kam bo’lish ehtimoli yanada oshadi. Eng yuqori ko’rsatkich esa xorijiy navlarimizdan bo’lgan sloviya va vestochkada kuzatildi. Bu navlardagi dukkakning hosil bo’lishi va og’irligi boshqa navlarga nisbatan yuqori bo’lib bu nav sho’rlikka moslashgan navlar qatoriga kiradi. Tajriba uchun olingan navlar ichidagi oyjamol navi o’zgacha xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Mahalliy navlarga mansub bu nav sekinlik bilan rivojlanishi dukkaklarining ham kechroq hosil bo’lishi va kechroq yetilishi bilan farq qiladi. Birinchi terimda yig’ib olingan oyjamol navlari dukkagining og’irligi ikkinchi terimda yig’ib olingan dukkak og’irligidan kam. Bu xususiyatidan oyjamol navi dukkagining miqdor va sifat ko’rsatkichlari sekin rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. Endi bitta dukkak bo’yicha navlar kesimidagi ko’rsatkichlarni ko’rib chiqamiz. 4-jadval Navlar Dukkak uzunligi Dukkak eni Dukkak og’irligi 1000 ta don og’irligi Sloviya 4.5-5 sm 0.8 sm 0.5 gr 175 gr 8 Avgust, 2025-Yil Oyjamol 4 sm 0.9-1 sm 0.5 gr 147 gr Vestochka 3.5-4 sm 0.6 sm 0.4 gr 120 gr Viktoriya 3-4sm 0.5 sm 0.4 gr 115 gr Nafis 3 sm 0.7 sm 0
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada soyaning ajratib olingan navlaridagi hosildorlik ko’rsatkichlari alohida qisqacha bayon qilindi va quyidagi ko’rsatkichlar o’rganilib aniqlandi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada soyaning ajratib olingan navlaridagi hosildorlik ko’rsatkichlari alohida qisqacha bayon qilindi va quyidagi ko’rsatkichlar o’rganilib aniqlandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- miqdor ko’rsatkich, Viktoriya, oyjamol, dukkak, vestochka, nafis, Sloviya, sifat ko’rsatkich, sho’rlanish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025