Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIROJIDDIN SAYYID SHE`RIYATIDA BORLIQ VA INSONIY MUAMMOLAR TALQINI
NEW RENAISSANCE · Xoliyorova Aziza Alixon qizi · SIROJIDDIN SAYYID · СИРОДЖИДДИНА САЙЙИДА
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
В данной диссертации анализируются особенности поэзии Сироджиддина Саййида, его представления о мире, человеке и жизни посредством художественного мышления. Ключевые слова: Человек, мировоззрение, творчество, анализ и интерпретация, психика, индивидуальность, метафора O`zbek va jahon adabiyotshunosligida olamni idrok etish, uni badiiy qayta voqealantirish, ilmiy-nazariy jihatdan o`rganish va bu boradagi qarashlarni umumlashtirishga hamisha asosiy masala sifatida qaralgan. Badiiy ijodda bu uzun yo`l o`z manzillarini topadi. Chunki haqiqiy badiiy ijod muayyan xalqning ibtidoiy tasavvurlaridan boshlab uning tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotini, milliy koloritini, xalqning asriy orzularini, eng og`riqli nuqtalarini, tarixiy-ijtimoiy muhitni, dunyoqarashlarini, borliqqa munosabatini o`z yuragida sintez qilib qayta ishlaydi. Xuddi, Ozod Sharafiddinovning “Zamon, qalb, poeziya” asari kabi qalb tarozidek o`rtada bo`ladi. Zamondagi voqea hodisalar, qalb sintezidan o`tib, poeziyada o`z aksini topadi. Ijodkor shaxsining iste’dodi, shaxsiy hayot tajribasi, falsafiy dunyoqarashi bu jarayonda juda muhimdir. Sirojiddin Sayyid ijodi o`zbek adabiyotining badiiy tafakkuri tarixida ham o`ziga xos, noyob xazinalardan biridir. Har qaysi janrda ijod qilmasin har birida o`zbek xalqining turli tarixiy muhitlaridagi hayoti, yuragining qo`rida saqlab kelgan orzulari, toshlarni ham yig`latgan armonlarini, bulutga ham, quyoshga ham qomatini tik tutgan tog`dek bardoshini ifoda etadi. Ishonch bilan aytish mumkunki, u lirik, dramatik va liro-epik janrlarida o`zbek xalqining badiiy, yaxlit kompozitsiyasini yaratdi. Shoirning turli qalb evrilishlariga sababchi bo`luvchi, insonni o`ylashga, fikrlashga undovchi, samimiy ijodi kitobxonlar yuragidan joy oladi. Adabiyotshunoslikda inson va uning ruhiyatini o`rganib, borliqni anglash asosiy vazifalardan biridir. Shu asosda adabiy shakllanishning ijtimoiy, siyosiy va adabiy estatik omillari, takomillashuv bosqichlari, ijodkorlarning biografiyasining talqini, mavzu qamrovini, janr xususiyatlarini o`rganish, tadqiq etish asosiy vazifalar sirasiga kiradi. 21 NEW RENAISSANCE 2025 AUGUST INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 Antik yunon falsafalaridan boshlab idealizm, meteriolizm, fundamental antalogiya singari konsepsiyalarning hamhiyatida borliqni anglashga bo`lgan o`ziga xos yondashuvlar bor. O`zbek adabiyotshunosligida Sirojiddin Sayyid ijodi orqali borliq, uning yaratuvchisi tabiat va inson, umr, uning mazmuni, zamon hamda makon, olamning siri, vaqt, dunyo va uning mohiyatini anglashimiz yana ham teranlashadi. Qo`llarim o`tmishlar uzra tashlangan. Bir kitob izlaydi qo`llarim Charm muqovali, harflari Hurlar qoshidan ham nafis bir kitob Ammo javonlaring Tishsiz og`izdek bo`m-bo`shdir, tarix!1 Ijodkor shaxsining dunyoqarashi, borliq, inson, hayot haqidagi qarashlari adabiyotda muhim ahamiyatga egadir. Ammo har ijodkorning falsafiy qarashlari, borliqqa, muayyan jarayonga yoki predmetga bo`lgan fikrlari aniq, ravshan ifoda etilmaydi. Bu falsafa ijodkor asari ich-ichiga singib ketadi. Hamda aksariyat hollarda yashirin ko`rinishda bo`ladi. Bu jarayon she`riy asarlarda yana ham murakkabroq ko`rinishda bo`ladi. Har bir ijodkorning falsafiy nuqtayi nazarida olam, jamiyat, inson, umr mazmuniga oid falsafalar sistema sifatida shakllanmaydi. Haqiqiy ijodkorlardagina bu sistema sifatida shakllangan bo`ladi. Tarix, bugun, kelajak, insoniyat iztirobi, inqirozi, baxti uchun bu ijod ko`zgu bo`la oladi. Bu jarayonda ijodkor faqat asar yozadigan ijodkorgina bo`lmay, balki o`z so`ziga, xalqning, insoniyatning yuragini his qiladigan, uning ovozini eshita oladigan, jamiyat rivojlanishida o`z konsepsiyasi va dunyoqarashi mavjud bo`lgan, tarix yo`llarida o`z iziga ega mutafakkir sifatida maydonga chiqadi. Dunyo hali shod bo`lgay, Tushlari novvot bo`lgay. Men she`r aytsam bu hayot Yana sha`n hayot bo`lgay. Shu hayotni abadiy Hayot etgali keldim.2 Iste`dodli ijodkor o`zi yashayotgan kichkina dalani tasvirlasa ham yoki bir qarashda ahamiyatsiz bo`lgan bir jarayonni tasvirlasa ham uning zamirida buyuk haqiqatlar bo`ladi. Hamda bu haqiqatlar dunyo uchun, insoniyat uchun birdek taalluqlidir. Bu narsalar orqali umuminsoniyat hayotini, tarixini va istiqboliga oid eng muhim g`oyalarni, qadriyatlarni umumjahon e`tiboriga olib chiqishi mumkin. Masalan Tolstoy “Urush va tinchlik” romanida insoniyat tarixidagi ma`lum vaqtni badiiy qayta ishladi. Voqelar Rossiya atrofida, rus xalqi dunyoqarashi bilan kechadi. Ammo bu asar faqat ruslar uchun emas, butun insoniyat uchun birdek ahamiyatli va qadrlidir. Adib ayni shu voqealar orqali butun dunyoning urush va tinchlikka oid qarashlarini, nuqtai nazarini umumlashtiradi. Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari oddiy bir qishloqda, poyezd stansiyasida kechadi. Ammo asardagi axloqiy, ijtimoiy, estetik g`oyalar Tolstoynikidan aslo kam emas. Bu asar ham butun insoniyat uchun birdek qadrli. Bir kun, ammo asrlarga teng bo`lgan kun haqidadir. 1 Sirojiddin Sayyid. S
Доказательный фрагмент
«В данной диссертации анализируются особенности поэзии Сироджиддина Саййида, его представления о мире, человеке и жизни посредством художественного мышления.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной диссертации анализируются особенности поэзии Сироджиддина Саййида, его представления о мире, человеке и жизни посредством художественного мышления. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Human, worldview, creativity, analysis and interpretation, spirituality, idrok etish, Inson, ijod, dunyoqarash, tahlil va talqin, badiiy bo`yoqdorlik, individuallik, ruhiyat, voqelantirish, tashbeh.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025