Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TANLANGAN SOYA NAVLARINING DASTLABKI O’SISH KO’RSATKICHLARI
NEW RENAISSANCE · Hamroqulova Nargiza Komil qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Har qanday tajribadagi dastlabki ko’rsatkichlarni bilish va o’zaro solishtirish eng yaxshi o’rganilayotgan muhitga moslashgan navlarni ajratib olish uchun zamin yaratadi. Kalit so’zlar: Fabaceae, soya, nav, oyjamol, sloviya, nafis, ertapishar, kechpishar. O‘zbekistonda oxirgi yillarda soya yetishtirishga ancha jiddiy qaralmoqda. Mamlakatimizda soya ekin maydonini kengaytirish mahalliy iqlim-sharoitimizga mos yuqori hosilli navlarni yaratish va yetishtirish texnologiyasini yanada takomillashtirish bo’yicha maxsus qarorlar qabul qilingan. Soya bir yillik o’tsimon o’simliklar avlodi bo’lib, dukkaklilar Fabaceae oilasiga mansubdir. Soya 90-150% vazniga nisbatan suv bo’lsa, unib chiqadi. Murtak ildizi avval rivojlanadi. Ildizi ancha o’sganda yon ildizlar rivojlanadi. Ildizning o’sishi don shakllanish davrigacha kuzatiladi. Ildizning rivojlanishi tuproqning fizik holati harorati, namligi va oziqa elementlarining mavjudligiga bog’liq bo’ladi. Maysa bosqichi. Soya o’simligining davstlabki rivojlanish bosqichi havo harorati, tuproq namligi va harorati hamda nav xususiyatlariga bog’liq holda 15-25 kun va undan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Nihollar (maysalar) unib chiqqandan keyin 3-4 kun o’tgach qarama-qarshi joylashgan urug’palla barglar shakllanadi. Maysalar unib chiqqandan so’ng 10-12 kunbo’lganida birinchi barg hosil bo’ladi, keyingi har 3-5 kunda bittadan barg hosil bo’ladi. Bir barg to’la shakllanishi uchun 10-12 kun zarur bo’ladi. O’simlikda 3-6 barg hosil bo’lguncha yoki gullaguncha urug’palla barglar saqlanib turadi, keyinchalik ular to’kilib ketadi. Havo harorati yuqori bo’lganda barglar tez to’kiladi. Namlik yuqori va harorat past bo’lgan davrda urug’ palla barglar uzoq saqlanadi. Shuningdek, kechpishar soya navlarida urug’ palla barglari ertapishar navlariga qaraganda uzoq muddat saqlanib turadi. Soya o’simligida 3-5 ta barglar hosil bo’lganidan keyingina poyada jadal o’sish boshlanadi, chunki bu davrgacha ildiz tizimi ancha rivojlangan bo’ladi. Yon shoxlar barg qo’ltiqlarida, hatto urug’palla barg yonidan ham hosil bo’ladi. Poyalari ingichka soya navlarida yon shoxlar juda pastdan, poyalari baquvvat, kechpishar navlarida esa 15-25 sm yuqoridan o’sib chiqadi. Yon shoxlar maysalar unib chiqqanidan 17-25 kundan keyin paydo bo’la boshlaydi. Yon shoxlar iqlim sharoitlari va ekish muddatlari hamda nav xususiyatlariga qarab 30-50 kun davomida hosil bo’ladi. Laboratoriya sharoitida o’sish va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish va bir-biriga solishtirish uchun soya navlari tanlab olindi. Ular oyjamol, sloviya (Rossiya), viktoriya (Serbiya), vestochka (Rossiya) va nafis navlari. Bu navlarning Buxoro vohasi sho’rlangan tuproqlar sharoitida o’sish va rivojlanishini o’rganish dastlab xona haroratida laboratoriya sharoitida olib borildi. Aprel oyining o’rtalarida ekilgan soya urug’lari 7-15 kun ichida unib chiqdi. (1-jadval) 18 NEW RENAISSANCE 2025 AUGUST INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 T/n Tanlangan soya navlari Unib chiqish muddati (kun hisobida) 1 Oyjamol 8 2 Sloviya (Rossiya) 9 3 Viktoriya (Serbiya) 12 4 Vestochka (Rossiya) 13 5 Nafis 15 Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki eng tez bo’rtib chiqqan nav oyjamol bo’lsa eng kech ungani nafis navi. Ungan soya navlari bir xil namlikda va bir xil quyosh nuri tushadigan joyda o’stirildi. Ungandan 1-2 kun o’tgandan so’ng urug’pallabarglari yozila boshladi va bo’y uzunligi quyidagicha holatda bo’ldi. T/n Tanlangan soya navlari Ungandan keying dastlabki uzunlik (sm hisobida) 1 Oyjamol 4 2 Sloviya (Rossiya) 5 3 Viktoriya (Serbiya) 2 4 Vestochka (Rossiya) 2 5 Nafis 1 Vaqt o’tgan sayin o’sishda davom etayotgan tanlangan soya navlarining uzunliklari uch kun o’tgandan keyin quyidagicha holatni egalladi. T/n Tanlangan soya navlari Bir haftalik soya navlari uzunlik ko’rsatkichlari (sm hisobida) 1 Oyjamol 14 2 Sloviya (Rossiya) 16 3 Viktoriya (Serbiya) 3 4 Vestochka (Rossiya) 4 5 Nafis 3 Bundan ko’rinib turibdiki eng tez o’sib rivojlanayotgan nav bu sloviya (Rossiya) bo’lib, sekin o’sayotgan nav nafis hisoblanadi. Tanlangan soya navlarining laboratoriya sharoitida dastlabki o’sish ko’rsatkichlaridan umumiy xulosa qiladigan bo’lsak Buxoro vohasi tuprog’ida laboratoriya sharoitida o’sishga nisbatan moslashgan tanlangan navlarimizdan bu sloviya va oyjamol navlaridir. Nisbatan kam moslashgani esa nafis navidir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Kholliyev, A., Nazarova, F., & Norboyeva, N. (2021). Cotton resistance indicators in the conditions of water deficiency. Збірник наукових праць SCIENTIA. 19 NEW RENAISSANCE 2025 AUGUST INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 2. Ergashovich, K. A., Toshtemirovna, N. U., Iskandarovich, J. B., & Toshtemirovna, N. N. (2021). Soil Salinity And Sustainability Of Cotton Plant. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 3(04), 12-19. 3. Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF PROTEIN //E Conference Zone. – 2022. – С. 79-81. 4. Tojiev, R. R., & Mirzakulov, K. C.
Доказательный фрагмент
«Har qanday tajribadagi dastlabki ko’rsatkichlarni bilish va o’zaro solishtirish eng yaxshi o’rganilayotgan muhitga moslashgan navlarni ajratib olish uchun zamin yaratadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar qanday tajribadagi dastlabki ko’rsatkichlarni bilish va o’zaro solishtirish eng yaxshi o’rganilayotgan muhitga moslashgan navlarni ajratib olish uchun zamin yaratadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kechpishar., nav, soya, oyjamol, nafis, sloviya, Fabaceae, ertapishar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025