Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ICHKI AUDIT HISOBOTINI TUZISHDA XORIJ TAJRIBASI
NEW RENAISSANCE · Mamatkulov Suxrobjon Raxmonkulovich
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimini shakllantirishning dolzarbligi, uning samaradorligini oshirishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishning ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ichki audit qanday tashkil etilgani ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari yuzasidan taklif va tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: ichki audit, byudjet tashkilotlari, xorijiy tajriba, nazorat tizimi, samaradorlik, O‘zbekiston. Kirish (Введение / Introduction) Hozirgi globallashuv va iqtisodiy islohotlar davrida davlat moliyasini samarali boshqarish, byudjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ichki audit tizimi davlat boshqaruvi va byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishda samarali vosita sifatida e’tirof etiladi. Ichki audit faqat xatolarni aniqlash emas, balki risklarni baholash, resurslardan unumli foydalanish, shaffoflikni ta’minlash kabi jihatlar bilan ham alohida o‘rin tutadi. Dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida ichki audit tizimi yillar davomida shakllangan va takomillashgan. Jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqa davlatlar tajribasi, audit faoliyatini mustaqil, tizimli va strategik yondashuv asosida tashkil etish bilan ajralib turadi. Ularning tajribasi byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimini yanada takomillashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat moliyasini boshqarish, ochiqlikni ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish borasida ichki audit faoliyati bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda. Biroq mavjud tizimni yanada kuchaytirish va ilg‘or xalqaro tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish zarurati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimini shakllantirishning xorijiy tajribasi o‘rganiladi, shuningdek, ushbu tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Adabiyotlar sharhi (Обзор литературы/Literature review) Ichki audit tizimi bo‘yicha nazariy va amaliy yondashuvlar dunyo ilmiy adabiyotida keng yoritilgan. Xususan, M. Spikin (M. Spikin, 2013) ichki auditning tashkilotdagi risklarni boshqarish va strategik qaror qabul qilishdagi o‘rni haqida fikr bildiradi. Unga ko‘ra, zamonaviy ichki audit tizimi nafaqat moliyaviy nazorat, balki tashkilot faoliyatini umumiy baholovchi vosita sifatida qaraladi. Amerika Ichki Auditorlar Instituti (IIA) tomonidan ishlab chiqilgan Ichki auditning xalqaro standartlari ko‘plab davlatlar, jumladan, AQSh va Kanada audit tizimining asosi hisoblanadi. Bu standartlar auditchining mustaqilligi, ob’ektivligi, riskga asoslangan yondashuv, axborotning ishonchliligi kabi prinsiplarga asoslanadi. 13 NEW RENAISSANCE 2025 AUGUST INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 Buyuk Britaniya tajribasida esa ichki audit davlat moliyasining shaffofligi va samaradorligini oshirish vositasi sifatida qaraladi (HM Treasury, 2020). Mamlakatda ichki audit faoliyati hukumatning markazlashgan audit organlari va mustaqil audit xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa ichki audit tizimi davlat sektorining hisobdorligini ta'minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Xususan, Germaniyada ichki audit davlat xizmatining bir qismi sifatida qat’iy reglamentlangan tartibda olib boriladi. O‘zbekiston olimlari tomonidan ham ichki auditning mazmuni va uning davlat moliyasidagi o‘rni yuzasidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, A. Karimov (2020) O‘zbekiston byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimini joriy etishning huquqiy asoslari va amaliy muammolarini yoritgan. Shuningdek, Sh. Ergashev (2022) esa xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirgan. Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ichki audit tizimining samarali faoliyati uchun xalqaro standartlar, mustaqillik, axborot texnologiyalarini qo‘llash va yuqori malakali kadrlar muhim omillar hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi (Методы/Methods) Mazkur tadqiqotda byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimini shakllantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi va ularni O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: tahliliy (analitik) metod, solishtirma (komparativ) tahlil, me’yoriy-huquqiy tahlil, deskriptiv yondashuv, tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning axborot manbalari sifatida xalqaro audit tashkilotlarining hisobotlari, ilmiy maqolalar, hukumat nashrlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda statistik ma’lumotlar xizmat qildi. Tahlil va natijalar muhokamasi (Анализ и резултаты/Analysis and results) Hozirgi kunda global miqyosda kechayotgan integratsion jarayonlar, iqtisodiyotning tobora globallashuvi hamda innovatsion taraqqiyot sur’atlarining ortib borayotgani har qanday boshqaruv tizimining zamon t
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimini shakllantirishning dolzarbligi, uning samaradorligini oshirishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishning ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimini shakllantirishning dolzarbligi, uning samaradorligini oshirishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishning ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘zbekiston., xorijiy tajriba, nazorat tizimi, samaradorlik, byudjet tashkilotlari, ichki audit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024