К содержанию
РецензированоRU2025

SUN’IY INTELLEKTNING MEHNAT BOZORIGA TA’SIRI

Turdiyeva Umribonu Dilshod qizi

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025

Аннотация

В данной статье анализируется положительное и отрицательное влияние технологий искусственного интеллекта на рынок труда. Рассматриваются такие явления, как появление новых рабочих мест, исчезновение некоторых профессий и рост спроса на современные профессиональные навыки. На основе анализа представлены выводы и предложения. Annotation: This article analyzes the positive and negative impacts of artificial intelligence technologies on the labor market. It examines phenomena such as the emergence of new jobs, the disappearance of certain professions, and the growing demand for modern professional skills. Based on the analysis, conclusions and recommendations are provided. Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt,mehnat bozori,avtomatlashtirish,kasbiy ko’nikma. Ключевые слова: Искусственный интеллект, рынок труда, автоматизация, профессиональные навыки. Keywords: Artificial intelligence, labor market, automation, professional skills. 125 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 Sun’iy intellekt (SI) bugungi kunda sanoat,ta’lim,sog’liqni saqlash va xizmat ko’rsatish sohalarida keng qo’llanilmoqda.SI texnalogiyalarining jadal rivojlanishi mehnat bozorida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmoqda.Dastlab bu texnalogiyalar inson mehnatini yengillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan bo’lsa-da,hozirgi kunda ularning avtomatlashtirish darajasi ayrim kasblarning yo’qolib ketishiga ham olib kelmoqda.So’nggi yillarda ko’plab tashkilotlar oddiy ma’lumotlarni qayta ishlash,muomala qilish va xizmat ko’rsatish kabi vazifalarni SI yordamida amalga oshirishni boshladi.Bu esa ba’zi lavozimlar qisqarishiga sabab bo’lmoqda.Shu bilan birga,sun’iy intellekt yangi ish o’rinlarini ham yaratmoqda,xususan,IT,ma’lumotlarni tahlil qilish va texnik xizmat ko’rsatish sohalarida.Yana bir muhim jihat-SI sharoitida yangi kasbiy ko’nikmalarga bo’lgan talab oshmoqda. Bugungi kunda har bir xodim raqamli savodxonlik, ma’lumotlar bilan ishlash va texnologiyalarni tushunish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Sun’iy intellektning mehnat bozoriga ta’sirini chuqurroq tushunish uchun global tajriba va tahlillarga e’tibor qaratish lozim. “ChatGPT” kabi generativ sun’iy intellekt texnologiyalari ommalashib borar ekan, ular mehnat bozori kelajagini ham o’zgartirmoqda. Ba'zilar ommaviy ishsizlik yuz berishidan xavotirda bo’lsa, boshqalar inson va sun’iy intellekt hamkorligida yaratiladigan yorqin kelajakdan umidvor. Avtomatlashuv bir asrdan beri dunyo bo’ylab ish bozoriga ta'sir o’tkazmoqda. U ish o'rinlarini yo'q qilish bilan birga, yangilarini ham yaratadi.Mutaxassislar endi sun'iy intellektning bu borada qanday o’zgarishlar qilishini o’rganmoqda.Brukings instituti tahlilchisi Sanjay Patnaikka ko’ra, generativ sun'iy intellekt bir vaqtlar faqat odamlar ishlagan sohalarga kirib bormoqda.“Eng yuqori xavf ostida bo'lgan ishlar, albatta, boshlang'ich darajadagi ishlardir. Marketing bo'yicha tahlilchilar, tadqiqotchilar, moliyaviy tahlilchilar, nisbatan oson avtomatlashtirilishi mumkin bo'lgan ishlar bular", - deydi u.Ammo malakali kadrlar ham yetishmayapti. Xalqaro robototexnika federatsiyasi vakili Syuzan Biellerning aytishicha, sun'iy intellektsiz ham ba’zi ishlar yo’qoladi."Yo’qolib ketadigan bu ishlarni hech kim o’rganmayapti. Bunga payvandchi yaxshi misol bo'la oladi. Biz bu ishda robotlardan foydalanyapmiz va barcha kerakli payvandlash ishlarini bajara olyapmiz", - deydi u.Ishning kelajagi instituti vakili Abigayl Gilbert fikricha, sun'iy intellekt qila olmaydigan ishlar ham bor.“Biznesda muloqot, tanqidiy fikrlash va yetakchilikka hali ham katta va doimiy talab bor. San’at va gumanitar sohalardan chiqqan iste'dodlar mehnat bozori uchun 126 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda”, - deydi u.Niagara universitetidan Shoun Deylining aytishicha, sun'iy intellekt kuchayib borar ekan, ishda qolishning bir yo'li shu sohaning mutaxassisiga aylanishdir. "Bu texnikani tushunadiganlarning qobiliyati yuqori baholanadi. Ular generatorlar yordamida noyob matn, surat, video va dasturlar yaratishi mumkin”, - deydi u.Shu maqsadda Oq uy kelasi yilgacha federal idoralardagi sun'iy intellekt bo'yicha mutaxassislar sonini 500 kishiga oshirish rejasini e'lon qildi. Sun’iy intellekt mehnat bozoriga ikki xil yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatmoqda: birinchisi, mavjud ish o‘rinlarining qisqarishi, ikkinchisi esa, yangi ish o‘rinlarining yaratilishidir. Bu holat iqtisodiy tuzilma, ta’lim tizimi va davlat siyosatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Mehnat bozori uchun dolzarb muammo —bu yangi sharoitlarga moslashish va kasb egalarining raqobatbardoshligini ta’minlashdir.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalari, ayniqsa, takrorlanuvchi va standartlashtirilgan vazifalarni bajaruvchi kasblarni avtomatlas

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется положительное и отрицательное влияние технологий искусственного интеллекта на рынок труда.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется положительное и отрицательное влияние технологий искусственного интеллекта на рынок труда. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Artificial intelligence, labor market, automation, professional, kasbiy ko’nikma., avtomatlashtirish, mehnat bozori, Sun’iy intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники