К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA KOREYS TILINI O‘RGANUVCHILAR SONINING OSHISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

O‘ZBEKISTONDA KOREYS TILINI · QILUVCHI OMILLAR · Shahrizoda Sayfiyeva Bekmurod qizi

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025

Аннотация

This article analyzes the growing interest in the Korean language in Uzbekistan and the factors influencing it. The study covers such aspects as the main factors contributing to the popularization of the Korean language – South Korea's economic ties, cultural influence (K-pop, K-dramas, films), educational grants and employment opportunities. It also provides statistics on students' motivation to learn Korean, the difficulties they face, and the factors that influence learning the language. At the same time, an analysis of the work aimed at further improving cultural ties between Uzbekistan and Korea will be given, as well as feedback on how to improve it. Keywords: Korean language, Uzbekistan, language learning, K-pop, Korean culture, international cooperation, education, grants, language courses. Bugungi kunda bir nechta xorijiy tilni o’rganish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chet tilini bilish ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ochishdan tashqari, odamlar bilan haqiqiy aloqa o’rnatishga va turli madaniyatlar, joylar va turmush tarzi haqida ko’proq bilishga yordam beradi. Bu borada ko’plab olimlar o’z munosabatlarini bildirishgan. Mana shunday olimlardan biri, amerikalik tilshunos 131 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 Edvard Sapir tilning inson tafakkuri va madaniyatiga ta’siri haqida shunday degan edi: "Til – bu inson tafakkuri va madaniyatini shakllantiruvchi kuchli omildir. Har bir til o‘ziga xos dunyoqarashni ifodalaydi va shu tilda so‘zlashuvchilar ongiga ta’sir ko‘rsatadi." Uning fikricha, til nafaqat muloqot vositasi, balki inson dunyoqarashi va fikrlash tarzini ham shakllantiradi. Shu sababli, har bir til o‘zining noyob madaniy va ijtimoiy xususiyatini aks etadi. Buning yaqqol misoli sifatida so‘nggi yillarda mamlakatimizda nadaqat O’zekistonda balki butun dunyoda koreys tiliga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Bunga Janubiy Koreyaning iqtisodiyotida tutgan o’rni, madaniy mahsulotlarining (K-pop, K-dramalar) asosan yoshlar orasida keng ommaviylashuvi, ta’lim va ish imkoniyatlari kabi bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Janubiy Koreyaning global iqtisodiyotga ta’siri shundaki, Samsung, Hyundai, LG, Lotte kabi yirik kompaniyalarning jahon bozoridagi muvaffaqiyatidan ham ko’rish mumkin. 1997-yil sentabr oyida Venchur biznesini qo’llab-quvvatlash bo’yicha maxsus qonun qabul qilingandan so’ng to’rtta eng yirik konlomeratlar- Samsung, Hyundai, LG, va SK- va boshqalar o’z faoliyatni boshladi. 2004- yilga kelib fan va texnalogiyani rivojlantirishga jami investitsiyalar 19 milliard dollar yetdi va bu mamalakat yalpi ichgi mahsuotining 2,85 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga Samsung, Hyundai, LG, Lotte kabi kompaniyalar Koreyaning iqtisodiy qudratini namoyish etadi va global bozorlar orqali koreys tilining tarqalishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular faqat texnologiya yoki sanoat sohalarida emas, balki madaniy almashuv va til o‘rganishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ularning muvaffaqiyati Koreya madaniyatiga global e’tibor qaratmoqda. Misol sifatida K-pop musiqalarining yoshlar o’rtasida keng targib qilinishi tilni o’rganishga bolgan qiziqishni oshirishning yana bir yo’li. Qo’shimcha tarzda shunday deyish mumkinki, 132 SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING, TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT” VОLUME 1. ISSUE 1. 2025 K-popning global ta’siri orqali Koreyaning "Hallyu" (Koreya to‘lqini) madaniyati tarqalmoqda. Shu o’rinda savol tug’iladi K-pop o’zi nima? K-pop — (inglizcha Korean Pop) Janubiy Koreya madaniyatining bir qismi sifatida Janubiy Koreyada paydo boʻlgan mashhur musiqa shakli. U an'anaviy koreys musiqasi ildizlariga qo'shimcha ravishda pop, hip-hop, R&B, eksperimental, rok, jaz, gospel, reggi, elektron raqs, folklor, country, disko va klassika kabi dunyoning turli uslublari va janrlarini o'z ichiga oladi. K-pop janri 1990-yillarda shakllana boshlagan bo‘lib, Seo Taiji and Boys guruhi 1992-yilda Janubiy Koreya musiqiy sahnasini o‘zgartirgan. Ularning musiqasi G‘arb uslubidagi pop va hip-hop elementlarini Koreya an‘anaviy musiqasi bilan uyg‘unlashtirgan edi.Koreya san’ati va madaniyati dunyoning turli burchaklarida faol ravishda qabul qilinmoqda. 1990- yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida ko’plab guruhlar mashhurlikka erishdi. 2000-yillarning o‘rtalaridan boshlab, K-pop xalqaro sahnada tanila boshladi. 2010-yillarga kelib esa BIGBANG, Girls' Generation, EXO, BTS, BLACKPINK kabi guruhlar orqali global fenomenga aylandi. Misol uchun, BTS va BLACKPINK kabi guruhlar global miqyosda rekordlar o‘rnatmoqda va Koreya madaniyatini jahon bo‘ylab targ‘ib qilmoqda. Koreya iqtisodiyotiga K-popning ta’siri juda katta. "Hallyu" (Koreya to‘lqini) orqali K-pop, Koreyaning madaniy eksportini 2021-yilda 12,3 milliard dollarga etkazdi. Bu nafaqat musiqani, balki modani, kosmetikani, televizion seriallarni va boshqa madaniy mahsulotlarni ham o‘z ichiga

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the growing interest in the Korean language in Uzbekistan and the factors influencing it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the growing interest in the Korean language in Uzbekistan and the factors influencing it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Korean language, Uzbekistan, language learning, K-pop, Korean, til o‘rganish, koreys madaniyati, xalqaro hamkorlik, ta’lim, Koreys tili, O‘zbekiston, grantlar, til kurslari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники