Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OGAHIYNING TARODIF VA TA’LIF AMALLARI YORDAMIDA HALL QILINADIGAN MUAMMO JANRIDAGI SHE’RLARI TAHLILI
Iroda RAXIMOVA · AbuRayhon Beruniy nomidagi · QILINADIGAN MUAMMO JANRIDAGI SHE’RLARI TAHLILI
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются стихотворения Мухаммадризо Огахий, относящиеся к жанру муаммо, решение которых основано на поэтических приемах тародиф (повторение) и таалиф (сочинение, составление). Также уделяется внимание роли этихприемовв классической восточнойпоэзии. Ключевые слова: муаммо, решение муаммо, модус имени, тародиф, таалиф, поэтическая форма,содержание. Annotation: This article analyzes the poems of Muhammad Rizo Ogahiy that belong to the genre of riddles (muammo), solved through the literary techniques of tarodif (repetition) and ta’lif (composition). Special attention is also given to the significance of these techniques within thecontext ofclassical Oriental poetry. Keywords: riddle (muammo), riddle solving, ism modda (name element), tarodif, ta’līf, poetic form, content. KIRISH. O‘zbek adabiyoti boy tarixida bir qator janrlar borki, ijodkordan o‘tkir zehn, badiiy mahorat va topqirlik, yuksak salohiyat, kuchli bilim hamda teran tafakkur talab qiladi. Ular orasida muammo janri alohida o‘rin tutadi. Mazkur janr XV asr o‘zbek adabiyotida yuksak badiiy darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa, XIX asrga kelib muammo janri shakl va mazmun jihatdan boyidi. Bu jarayonda Muhammadrizo Ogahiy ijodi alohida e’tiborga loyiqdir. Uning muammo janridagi asarlari nozimning nafaqat shoir sifatidagi mahorati va salohiyatini, balki adabiy-estetik didini ham yaqqol namoyon etadi. Muammo Sharq adabiyoti, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida muayyan kichik janrdagi she’rda yashiringan nomni topish bilan bog‘liq. Muammoda yashiringan fikr mantiqan she’r mavzusiga to‘g‘ri kelishi va nazarda tutilgan muayyan fikr, voqea- hodisa yoki shaxs faoliyati bilan bog‘liq fakt bilan aloqador bo‘lishi kerak. Unda ishora muhim rol o‘ynaydi va ishora etilgan so‘z “ism moddasi” deb yuritiladi, muammoni yechish yoki oddiy qilib aytganda topish –“hal(l)”,ya’ni“masalani hal qilish” tushunchasi bilan ifodalanadi [1:103]. Muammoni hall qilish (yechish) amallarini ko‘plab mutaxassislar uchta katta guruhga bo‘lishadi: a’moli tas’hiliy (osonlashtirish amallari), a’moli tahsiliy (hosil qilish amallari) va a’moli takmiliy (mukammallshtirish amallari). Navoiyning “Risolai mufradot“ [2] asarida ham muammo amallari muammo ilmi an’analarigamuvofiq uch kattaguruhga bo‘lingan. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Shular orasida a’moli tas’hiliy (osonlashtirish amallari) guruhiga kiruvchi muammo yechishning tarodif amali bo‘lib, tarodif va ishtirok qoidasida ism moddasi bo‘lgan bir ma’no mavzuiga doir so‘zlar o‘z ma’nodoshlari yoki zid ma’nolilari bilan hall doirasiga olib kiriladi. Ya’ni muammodagi hal qiluvchi so‘z ma’no mavzuidagi boshqasi bilan almashtiriladi. Bunda turkiy, arabiy va forsiy tillari so‘zlari chegaralanmaydi. Chunonchi, “shams”, “quyosh”, “mehr”, “oftob” kabi so‘zlar bir xil, “oy”, “qamar”, “moh” kabi so‘zlar ham bir xil ma’noni bildiradi. Shuningdek, bir “ayn” so‘zining o‘zi “ko‘z”, “quyosh”, “buloq” kabi turli ma’nolarda kelishi mumkin. Bunday ma’no munosabatiga ko‘ra almashtirilayotgan so‘z murodif deb ataladi. Masalan, “Oyimning yuzi oftobga aylandi” deyilgan bo‘lsa, oy o‘rniga “qamar” olinadi. Uning yuzi yoki “qof”harfi “oftob”ga, ya’ni “ayn”ga aylansa, “Umar” ismihosilbo‘ladi [3:12]. A’moli takmiliy (mukammallshtirish amallari) guruhiga kiruvchi ta’lif muammoda keltirilgan so‘zlar yoki ularning qismlarini ishoraga ko‘ra bir-biriga ulashni, biriktirishni talab qiluvchi qoidadir. Masalan: “terlagan yuzing suv ichgandan so‘ng ochilgan gulga o‘xshaydi” deyilgan bo‘lsa, gul so‘zi ochilib, ya’ni ikki harfga ajratilib, uning ichiga suv – arab tilida mo kiradi va Kamol ismi hosil qilinadi. Ta’lifning imtizojiy (qorishiqli) deb atalgan turi ham e’tirof qilingan. Unga ko‘ra ta’lif etiladigan juzvlar bir-birining ichiga kiritiladi. Masalan, “Kamol”ni yasashda “gul”ning ichiga “mo”(suv)ni kiritgandek [3:14-15]. Mumtoz adabiyotda muammo janri, xususan, uning harfiy san’atlar asosida yaratilgan shakllari badiiy tafakkur, fikr teranligi va she’riy mahorat sinovi sifatida qadrlanadi. Bu janrda shoir faqatgina go‘zal qofiyali she’r emas, balki unda yashiringan sirli mazmun va ma’naviy ifodaning topilishini talab qiluvchi badiiy-intellektual muammoni yaratadi. Xususan, Ogahiy ijodidatarodif va ta’lif amallari orqali hal qilinuvchi muammolar bunday murakkab san’atli shaklning yorqin namunalaridandir. Shu o‘rinda aytish lozimki, Ogahiyning muammo janridagi she’rlarida tarodif va ta’lif qoidalaridan o‘rinli va unumli foydalanilgan bo‘lib, ushbu muammolarni har tomonlama tahlil vatadqiq qilishorqali shoirdahosini yana birkarra kashfqilishmumkin. TADQIQOT OBYEKTI VA QO‘LLANILGAN METODLAR. Tadqiqotning obyekti sifatida Muhammadrizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devonidan joy olgan “Iyd” (2 ta), “Soat”, “Sovuq”, “Valad”, “Feruz”, “Muammo”, “Dom”, “Tolib”, “Kamol” va “Sayyid” ismlariga yozilgan muammo janridagi she’rlari oli
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются стихотворения Мухаммадризо Огахий, относящиеся к жанру муаммо, решение которых основано на поэтических приемах тародиф (повторение) и таалиф (сочинение, составление).»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются стихотворения Мухаммадризо Огахий, относящиеся к жанру муаммо, решение которых основано на поэтических приемах тародиф (повторение) и таалиф (сочинение, составление). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- riddle (muammo), riddle solving, ism modda (name element), tarodif, ta’līf, poetic, mazmun., ism moddasi, muammo hal(l)i, ta’lif, muammo, poetik shakl
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025