К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’LIM JARAYONIDA FAOLIYATLI YONDASHUV ASOSIDA HAMKORLIK STRATEGIYALARINI SHAKLLANTIRISH VA ULARNI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH METODIKASI

Xafizov XikmatilloUsmonovich · TA’LIMJARAYONIDA FAOLIYATLIYONDASHUV ASOSIDAHAMKORLIK · STRATEGIYALARINI SHAKLLANTIRISHVA ULARNI AMALIYOTGA TADBIQ · ETISH METODIKASI

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv asosida hamkorlik strategiyalarini shakllantirish va ularni amaliyotga tadbiq etish metodikasi tahlil qilinadi. Faoliyatli yondashuv ta’limda bilimlarni faqat tayyor shaklda emas, balki o‘quvchilarning mustaqil va jamoaviy faoliyati jarayonida egallashini nazarda tutadi. Mazkur maqolada hamkorlik strategiyalarining mohiyati, ularni shakllantirish bosqichlari va metodlari hamda ta’limjarayonida qo‘llashning amaliy natijalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: faoliyatli yondashuv, hamkorlik strategiyalari, ta’lim jarayoni, metodika, jamoaviy ish, interaktiv usullar. Zamonaviy ta’lim tizimida bilimlarni mustahkamlash va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda faoliyatli yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi. Faoliyatli yondashuv mohiyatan o‘quvchilarning o‘z bilimlarini mustaqil va hamkorlikda shakllantirishini, bilimlarni amaliyotga tatbiq etish malakasini rivojlantirishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, hamkorlik strategiyalari — bu o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashish, muammolarni birgalikda hal qilishva jamoaviy faoliyatgajalb qilish metodlarining majmuasidir. Hamkorlik strategiyalarini shakllantirishda birinchi navbatda, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, yosh davri va ta’lim mazmuni hisobga olinishi lozim. Hamkorlikning asosiy turlari sifatida juftlikda ish, kichik guruhlar faoliyati, rolli o‘yinlar va muammoli vaziyatlarni yechish metodlari keltiriladi. Har bir strategiya o‘zining maqsad va vazifalariga ega bo‘lib, ular o‘qituvchi tomonidan aniq reja asosida tashkil etiladi. Hamkorlik strategiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish quyidagi metodik bosqichlardan iborat: 1. O‘quvchilarda hamkorlik faoliyatiga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirish; 2. Hamkorlik strategiyasining turinianiqlash vauni mosmetodlar orqali amalga oshirish; 3. O‘quvchilarning faoliyatini monitoring qilish vabaholash; 4. Yakuniy natijalarni tahlilqilish vastrategiyani takomillashtirish. Masalan, kichik guruhlar metodidan foydalanilganda, o‘qituvchidastlab guruhlarni tashkil qiladi, har bir guruhga aniq topshiriqlar beradi va ularning mustaqil ishlash jarayonini boshqaradi. Shu bilan birga, rolli o‘yinlar metodida o‘quvchilar ma’lum ijtimoiy rollarni bajarish orqali bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Amaliy tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, faoliyatli yondashuv asosida tashkil etilgan hamkorlik strategiyalari o‘quvchilarning o‘zaro muloqot madaniyatini, mas’uliyat hissini va liderlik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shuningdek, bunday yondashuv ta’lim mazmunini yanada qiziqarli vasamarali qilishga xizmat qiladi. Faoliyatli yondashuvga asoslangan hamkorlik strategiyalarining nazariy asoslari V.V. Davydov, L.S. Vygotskiy va P.Y. Galperin kabi psixolog va pedagog olimlarning asarlarida o‘z aksini topgan. Xususan, L.S. Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi hamkorlik strategiyalarining pedagogik asoslarini belgilaydi. Bu nazariyaga ko‘ra, o‘quvchi mustaqil bajara www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 olmaydigan vazifalarni boshqalar yordamida, ya’ni hamkorlik jarayonida muvaffaqiyatli bajara oladi. Hamkorlik strategiyalarini shakllantirishdaquyidagi metodlar keng qo‘llaniladi: —Kichik guruhlarda loyihaviy ishlarni tashkil etish (Project-Based Learning); —Muammoli ta’limusuli (Problem-Based Learning); —Klaster vaintellektual xaritalar tuzish (Mind Mapping); —Debatlar vamunozaralartashkil etish; —“Akvarium” metodidan foydalanish (Fishbowl Technique); —Kooperativ o‘qitish metodlari (Cooperative Learning Models) —Jigsaw, Think-Pair-Share, Team-Based Learning vaboshqalar. Amaliyotda hamkorlik strategiyalari orqali o‘quvchilarning quyidagi kompetensiyalari rivojlanadi:  Kompaniyalik va kommunikativ kompetensiya;  Tanqidiy va ijodiyfikrlash;  Qaror qabul qilish vamuammoni hal etish ko‘nikmalari;  Liderlik va mas’uliyat hissi;  O‘z-o‘zini nazorat qilishvabaholash. Bundan tashqari, faoliyatli yondashuv asosida tashkil etilgan hamkorlik strategiyalari inkluziv ta’lim muhitida ham samarali hisoblanadi. Ya’ni, turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar birgalikda ishlash orqali o‘zaro yordam va ijtimoiylashuv ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Shuni ta’kidlash joizki, ta’lim jarayonida bunday metodlarni joriy etish uchun o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini doimiy rivojlantirish, metodik qo‘llanmalar yaratish va ta’lim dasturlarini yangilash zarur. Shu asosda faoliyatli yondashuv va hamkorlik strategiyalari zamonaviy ta’lim tizimidamuvaffaqiyatli tatbiqetilishi vanatijadorlikni oshirishimumkin. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv asosida hamkorlik strategiyalarini shakllantirish va ularni amaliyotga tadbiq etish o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada chuqurlashtirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb et

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv asosida hamkorlik strategiyalarini shakllantirish va ularni amaliyotga tadbiq etish metodikasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv asosida hamkorlik strategiyalarini shakllantirish va ularni amaliyotga tadbiq etish metodikasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamoaviy ish, metodika, ta’lim jarayoni, hamkorlik strategiyalari, interaktiv usullar., faoliyatli yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники