Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PARODONTAL KASALLIKLAR: KLINIK-MORFOLOGIK TAHLIL, DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH YONDASHUVLARI
Chalaboyeva Zilolaxon Mirzakarimqizi · PARODONTALKASALLIKLAR: KLINIK-MORFOLOGIK TAHLIL · VA DAVOLASHYONDASHUVLARI
ИКРО журнал · 16 · 287–294 · 2025
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada yallig‘lanishli parodontal kasalliklarning tarqalish darajasi, etiopatogenetik omillari, klinik shakllari va ularni davolash usullari keng tahlil qilinadi. Jahon va O‘zbekiston bo‘yicha epidemiologik ma’lumotlarga tayangan holda, kasalliklarning yoshga bog‘liq tarqalishi, diagnostika usullari (CPITN indeksi, Shiller–Pisarev usuli, Kulajenko testi) va zamonaviy davolash yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda 30 nafar bemor ishtirokida klinik kuzatuvlar o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Glikodent” preparati erta bosqichdagi parodontal yallig‘lanishda yuqori samaradorlik ko‘rsatgani, shuningdek, antibiotik terapiya og‘ir holatlarda ijobiy klinik effekt bergani qayd etilgan. Shuningdek, diagnostik vositalar asosida kasallik darajalari aniq baholanib, individual davolash rejalarining ishlab chiqilishi kompleks yondashuvning muhimligini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, parodontal kasalliklarning erta diagnostikasi va davolashida innovatsion, kompleks yondashuvlar qo‘llanishi samaradorlikni oshirishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar. Parodontal kasalliklar, gingivit, parodontit, Shiller–Pisarev testi, glikodent, antibiotikterapiya, og‘izgigiyenasi, stomatologik profilaktika, klinikdiagnostika. Kirish. So‘nggi yillarda yallig‘lanishli parodontal kasalliklar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari orasida eng keng tarqalgan patologiyalar sirasiga kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlarga ko‘ra, parodontal kasalliklar 35–44 yosh guruhida 60–90% hollarda uchraydi. Ularning og‘ir klinik shakllari nafaqat tishlarning yo‘qolishiga, balki yurak-qon tomir tizimi, endokrin tizim (ayniqsa, qandli diabet) va immun tizim faoliyatining buzilishiga olib keladi. O‘zbekiston hududida ham bu kasalliklar keng tarqalgan bo‘lib, bolalar va o‘smirlar orasida 40–97% hollarda qayd etilgan. Ushbu patologiyalarni erta bosqichda aniqlash, to‘g‘ri tashxislash va samarali davolash usullarini ishlab chiqish stomatologiyaning eng dolzarbyo‘nalishlaridan biri bo‘libqolmoqda. Parodontal kasalliklarning morfologik, immunologik va mikrobiologik xususiyatlarini o‘rganish sohasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, parodontal patologiyalar rivojlanishida yallig‘lanish va distrofik jarayonlar asosiy o‘rin tutadi. Muehleman, Mazor, Saburova, Kulajenko kabi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida kasallikning yosh, jins va geografik joylashuvga bog‘liq tarqalish xususiyatlari aniqlangan. Mahalliy olimlar, xususan, L.B.Saburova Qirg‘iziston tog‘li hududlarida parodontal kasalliklar chastotasi vodiyhududlariga nisbatan 2,5baravar yuqoriligini aniqlagan. Mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 5 yoshga kelib bolalarda parodontal to‘qimakasalliklari 40% holatda, 25-45 yosh oralig‘ida esa buko‘rsatkich 95% gacha yetadi. Bu esa, kasallikning erta diagnostikasi va samarali davolash-usullarini ishlab chiqish zaruratini ko‘rsatadi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 So‘nggi yillarda molekulyar biologiya sohasidagi tadqiqotlar, ayniqsa glikozaminoglikanlarning (sGAG) parodontal to‘qimalarda trofik va regenerativ rolini ko‘rsatib berdi. “Glikodent” preparati — xlorgeksidin, sulfatlangan glikozaminoglikan va yalpiz ekstrakti asosida ishlab chiqilgan yangi preparat sifatidakatta ilmiy vaamaliy qiziqish uyg‘otmoqda. Bu ilmiy ishning asosiy maqsadi yallig‘lanishli parodontal kasalliklarning klinik-morfologik belgilarini o‘rganish, ularning etiopatogenetik omillarini tahlil qilish, davolash va profilaktikaga oidsamarali usullarni ishlabchiqish. Vazifalari: 1. Parodontal kasalliklarning klinikshakllarini tahlil qilish(gingivit, parodontit, parodontoz). 2. Kasalliklarning etiologiyasi va patogenezini aniqlovchi mahalliy va umumiy omillarni o‘rganish. 3. Klinik darajalarni baholashda zamonaviy diagnostik metodlarni tadbiq etish (CPITN, Shiller-Pisarev, Kulajenko usuli). 4. “Glikodent”kabi yangi preparatlarning kliniksamaradorligini baholash. 5. Antibiotikva tabiiypreparatlar asosidakompleks davolash samaradorligini o‘rganish. 6. Parodont kasalliklarining oldini olish choralari va davolash-profilaktik choralarni ishlab chiqish. Tadqiqotmetodologiyasi Tadqiqotob’ekti:30nafarbemor (turli yoshdagi)parodont kasalliklari bilan. Klinik tekshiruv: Tish karashi, qonash, cho‘ntak chuqurligi, tish qimirlashi — CPITN indekslari asosida. Laborator usullar:Shiller-Pisarev usuli, Kulajenko vakuum testi. Davolovchi vositalar: Sistemikantibiotiklar: Amoksitsillin+ Metronidazol, Doksitsiklin. Mahalliy antibiotiklar: Arestin®,PerioChip®. Tabiiy vositalar: Xlorgeksidin 0.12% eritmasi, tuzli suv,aloe vera. Innovatsion preparat: “Glikodent”eritmasi. Monitoring: Parodontal kasalliklarni klinik jihatdan baholashda bemorlar holati 1-, 2-, 3- va 4- darajadagi parodontit bosqichlariga ajratildi. Ushbu baholash CPITN (Com
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada yallig‘lanishli parodontal kasalliklarning tarqalish darajasi, etiopatogenetik omillari, klinik shakllari va ularni davolash usullari keng tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada yallig‘lanishli parodontal kasalliklarning tarqalish darajasi, etiopatogenetik omillari, klinik shakllari va ularni davolash usullari keng tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- glikodent, parodontit, antibiotik terapiya, Parodontal kasalliklar, og‘iz gigiyenasi, klinik diagnostika., gingivit, Shiller–Pisarev testi, stomatologik profilaktika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025