К содержанию
РецензированоRU2025

MAHKUM SHAXSINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Turdiyev Zafar Erkinovich · MAHKUM SHAXSINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI · СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЛИЧНОСТИ ОСУЖДЕННОГО

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

В статье рассматриваются причины возникновения криминогенных травм у осуждѐнных, их психологические последствия и методы профилактики. Криминогенные факторы являются основными психосоциальными факторами, мотивирующими человека к совершению преступления. В статье анализируются современные психокоррекционные подходы, основанные на международном и отечественном опыте. На основе статистических таблиц и научных данных показана психологическая эффективность профилактики криминогенных травм. Ключевые слова: криминогенная травма, психокоррекция, осуждѐнный, рецидивизм, профилактика, когнитивно-поведенческая терапия (КПТ), ДПДГ, реабилитация. Jinоiy qаsd hоsil boʻlish mехаnizmini аniqlаshdа jinоyatchilikning umumiy qоnuniyatlаrini bilish bilаn bir qаtоrdа jinоyatchining shахsini chuqur oʻrgаnish hаm zаrur. Bungа koʻp jihаtdаn ushbu individ kirаdigаn ijtimоiy guruhlаr bilаn tаnishish yordаm bеrаdi. Ushbu shахsning yaqinlаri oʻrtаsidа hukmrоnlik qilаyotgаn oʻzаrо munоsаbаtlаr tаrkibini oʻrgаnish, bu shахs а’zо boʻlgаn ijtimоiy guruhlаr psiхоlоgiyasini bilish, shахs bilаn jаmiyat oʻrtаsidаgi аlоqаni, individuаl vа ijtimоiy оng аlоqаsini аniqlаsh zаrur. Hаr qаndаy insоnning ijtimоiy qiyofаsi koʻp jihаtdаn uning mikrо оlаmi mаzmuni bilаn bоgʻliq boʻlib, ushbu mikrо оlаmning psiхоlоgik tuzilishi individuаl хulq uchun kuchli kаtаlizаtоr boʻlib хizmаt qilаdi. Judа koʻp hоllаrdа хulqning хususiyati аtrоf-muhitdаgi ахlоqiy mе’yorlаrning mаzmunigа bоgʻliq boʻlаdi. Kriminogen omillar va ruhiy travmalar shaxsning jinoyat sodir etishiga va jinoyatni takrorlashiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jinoyat sodir etgan mahkumlarning aksariyati hayotida og‘ir psixologik travmalarga duch kelgan bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi bolalik yoki o‘smirlik davrida jismoniy, ruhiy zo‘ravonlikka uchragan. Shu boisdan, jazoni ijro etish muassasalarida psixologik xizmatlarning samaradorligi va tizimliligi jinoyatchilikni kamaytirishda muhim omil hisoblanadi. Mahkumlar orasida kriminogen travmalarni aniqlash, ularning psixologik oqibatlarini o‘rganish hamda samarali profilaktika va psixokorreksiya usullarini taklif qilish. 132 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 Mahkum — bu sud hukmi bilan jinoyatda aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga hukm qilingan shaxsdir. U jazoni jazoni ijro etish muassasasida (ya’ni, qamoqxona yoki koloniyada) o‘tamoqda bo‘ladi. Mahkum tushunchasining huquqiy izohi: Jinoyat kodeksi yoki jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, shaxs sud tomonidan aybdor deb topilib, unga nisbatan jazo tayinlanganidan so‘ng mahkum maqomiga ega bo‘ladi. Mahkum — bu sudlangan, ammo ayni vaqtda jazoni o‘tayotgan shaxsni anglatadi. Mahkumlar quyidagicha tasniflanadi: 1. Birinchi marta sudlangan – ilgari sudlanmagan va jinoyat sodir etganlar. 2. Retsidivist – ilgari ham jinoyat sodir etgan va yana jinoyat sodir etgan shaxs. 3. Alohida tartibli muassasalarda saqlanuvchilar – og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlar. 4. Voyaga yetmagan mahkumlar – 14–18 yosh oralig‘idagi jinoyatchilar. Psixologik nuqtai nazardan: Mahkumlar ko‘pincha: Ruhiy travmalarni boshidan kechirgan; Ijtimoiy izolyatsiyada bo‘lgan; Agressiya, tashvish, depressiya, umidsizlik holatlari kuzatiladi. Kriminogen travma — bu shaxsning jinoyat sodir etishiga yoki jinoyatga moyil bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladigan ruhiy-psixologik shikastlanish holatidir. Kriminogen travma — bu insonda ichki (psixologik) yoki tashqi (ijtimoiy) bosimlar ta’sirida vujudga kelgan, uni jinoyatga undashi mumkin bo‘lgan travmatik holat. Mahkumlar bilan ishlash jarayonida ko‘plab psixologik muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu muammolarni tushunish va ular bilan ishlash, mahkumlarning reabilitatsiyasini samarali tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega. Mahkumlar odatda jinoiy javobgarlik va jazoga hukm qilinganlik natijasida o‘z hayotining keskin o‘zgarishi bilan yuzma-yuz keladi, bu esa ularning psixologik holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mahkumlarning eng keng tarqalgan muammolaridan biri bu izolyatsiya va yolg‘izlik hissidir. Ozodlikdan mahrum etish jazosi tufayli ular jamiyatdan ajratiladi va odatdagi ijtimoiy aloqalarini yo‘qotadilar. Bu holat, ayniqsa, oilasi va yaqinlari bilan muntazam aloqada bo‘lib kelgan shaxslar uchun ruhiy jihatdan og‘ir kechadi. Ular yolg‘izlik va tashlandiqlik hissini boshdan kechirishlari mumkin, bu esa o‘z navbatida depressiyaga olib keladi. Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida hayotning qattiq tartib-qoidalari mahkumlarda stress va bezovtalikni kuchaytiradi. Ular yangi sharoitlarga moslashish uchun ruhiy jihatdan katta kuch sarflashlariga to‘g‘ri keladi. 133 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 Mahkumlar ko‘pincha o‘tmishdagi xatti-harakatlari va j

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются причины возникновения криминогенных травм у осуждѐнных, их психологические последствия и методы профилактики.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются причины возникновения криминогенных травм у осуждѐнных, их психологические последствия и методы профилактики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
криминогенная травма, психокоррекция, осуждѐнный, рецидивизм, retsidivizm, kriminogen travma, profilaktika, CBT, psixokorreksiya, reabilitatsiya, mahkum, EMDR
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники