К содержанию
РецензированоRU2025

HARBIY MUASSASALARIDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Hasanov Azizbek Yusupovich · HARBIY MUASSASALARIDA MULOQOT MADANIYATINI · SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI · ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ · КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ В ВОЕННЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

В статье анализируются различные социально-психологические особенности общения в военной службе и военнослужащих. Анализируется взаимосвязь между военной службой и еѐ особенностями. Ключевые слова: армия, общение, военнослужащий, курсант, система, армия, оперативно-служебные действия, коммуникация, командование Harbiy xizmatchilar orasidagi muloqot jarayoni har qanday harbiy tashkilotning samaradorligini va muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Zamonaviy harbiy tizimda, qo'shinlarning tezkor harakati va operatsiyalarning murakkabligi ortib borayotgan bir paytda, aniq va samarali muloqot yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Yangi O'zbekiston sharoitida harbiy kasbiy faoliyatda muloqot masalasi milliy xavfsizlikni ta'minlashning muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda harbiy ta'lim tizimini isloh qilish va zamonaviylashtirishda kasbiy muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi ularni kompetentligining tarkibiy qismi hisoblanadi. Kompetentlik esa komil insonni shakllanishiga xizmat qiladi. Harbiy xizmatchilarning kompetentligi bevosita huquqiy, psixologik, pedagogik, kibernetik bilimlar bilan chambarchas bog„liq. Kompetensiya so„ziga pedagogika va psixologiyada ko„plab ta‟riflar berilgan, biroq kompetensiya biz o„rganayotgan obyektning predmeti hisoblanmaydi. Har bir harbiy xizmatchining kompetentligi bevosita moslashuv ya‟ni kasbiy faoliyatga moslashuv jarayoni bilan bog„liqdir. “Jarayon” – deganda ma‟lum muddatni o„z ichiga oladigan va shu muddatda harbiy xizmatchining tarbiyalanadigan, shakllanadigan davri tushuniladi. Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi bizning nazarimizda harbiy kiyim kiygan kundan boshlanadi. Chunki, avvalo, harbiy kiyimga, keyin muhitga va faoliyatga moslashadi. Bu uchta omil harbiy xizmatchilar kasbiy ongini shakllantirishga xizmat qiladi. Buyruqlarni to'g'ri yetkazish va bajarilishini ta'minlash Harbiy tashkilotlarda buyruqlar zanjiri (komanda zanjiri) tizimi mavjud bo'lib, unda aniq va ravshan muloqot hayotiy ahamiyatga ega. Noto'g'ri tushunilgan buyruq ko'plab insonlarning hayotiga xavf solishi yoki muhim operatsiyaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab bo'lishi 126 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 mumkin. Buyruqlarni to'g'ri, aniq va tushunilishi oson tarzda yetkazish harbiy rahbarning asosiy vazifalaridan biridir. Jamoaviy harakatlar samaradorligini oshirish Harbiy operatsiyalar odatda jamoaviy sa'y-harakatlarni talab qiladi. Samarali muloqot jamoaning birgalikda harakat qilish qobiliyatini kuchaytiradi, bu esa operatsiyalar samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Har bir harbiy xizmatchining o'z roli va vazifalarini aniq tushunishi jamoa a'zolari o'rtasida ishonch va hamkorlikni ta'minlaydi. Ishonchli aloqalar qo'shinlar tayyorgarligini kuchaytiradi Ishonchli va xavfsiz muloqot kanallari harbiy tashkilotning asosiy tarkibiy qismidir. Zamonaviy harbiy texnologiyalar va aloqa vositalari tufayli, bugungi kunda qo'shinlar o'rtasidagi muloqot tezligi va sifati sezilarli darajada oshgan. Bu esa jangovar tayyorgarlik darajasini va operatsiyalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muloqot tizimlarining zamonaviylashtirilishi natijasida qo'shinlarning jangovar tayyorgarligi sezilarli darajada oshgan. Zamonaviy aloqa vositalari va texnologiyalari harbiy bo'linmalar o'rtasidagi operativ ma'lumot almashinuvini ta'minlaydi va bu jangovar vazifalarni samarali bajarish imkonini beradi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar o'rtasidagi samarali muloqot ular orasidagi ishonchni mustahkamlaydi, bu esa jangovar ruhni ko'taradi va jamoaning umumiy samaradorligini oshiradi. 1-rasm Harbiy kasbiy muloqot ko'nikmalari tahlili Axborotni aniq, Tinglash, tahlil Ierarxik va rasmiy qisqa va ravon qilish, tezkor qaror muloqot madaniyati ifodalash qabul qilish Harbiy muhitda Samarali tinglash Harbiy tashkilotlarda axborotni aniq, qisqa qobiliyati muloqotning qattiq ierarxiya va va ravon ifodalash muhim tarkibiy subordinatsiya mavjud qobiliyati muhim qismidir. Harbiy bo'lib, bu muloqot ko'nikma hisoblanadi. xizmatchilar faol uslubiga ham ta'sir Bu ayniqsa jang tinglash, olingan ko'rsatadi. Harbiy maydonida yoki ma'lumotlarni tez xizmatchilar rasmiy favqulodda tahlil qilish va zarur muloqot madaniyatini vaziyatlarda, bo'lganda tezkor o'zlashtirishlari, o'z qarorlarni tez qabul qarorlar qabul qilish rasmiy maqomiga mos qilish zarur bo'lgan ko'nikmalarini ravishda muloqot hollarda muhimdir. rivojlantirishi kerak. qilishlari va harbiy Harbiy xizmatchilar Ushbu ko'nikmalar etiket qoidalariga "SMCR" (Manba- jangovar vaziyatlarda, rioya qilishlari kerak. Xabar-Kanal-Qabul qo'mondonlik qiluvchi) modelidan punktlarida va harbiy  Harbiy foydalanib, shtablarda alohida unvonlarni to'g'ri ma

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются различные социально-психологические особенности общения в военной службе и военнослужащих.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются различные социально-психологические особенности общения в военной службе и военнослужащих. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
армия, общение, военнослужащий, курсант, система, армия, aloqa, tizim, kursant, qo’shin, muloqot, tezkor xarakat, askar, buyruq, harbiy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники