Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA CHORVACHILIK LOYIHALARINING AHAMIYATINI OSHIRISH YO’LLARI (AMUDARYO TUMANI MISOLIDA)
Alimov Baxodir Batirovich · Xaytimbetov Xamza Kamalovich
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 12 · 2026
Аннотация
Amudaryo tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda chorvachilik loyihalarining ahamiyati yoritilgan. Unda chorvachilik tarmog‘ining mavjud holati, uning mahalliy aholi ehtiyojini qondirishdagi o‘rni, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish zanjiridagi roli hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilib, chorvachilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari Amudaryo tumani misolida mahalliy chorvachilik salohiyatini to‘liq ishga solishning zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: oziq-ovqat xavfsizligi, chorvachilik, Amudaryo tumani, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy samaradorlik, mahalliy loyihalar. O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aholi sonining ortishi, iqlim o‘zgarishlari, suv resurslarining cheklanishi va global geoiqtisodiy notinchlik sharoitida mamlakat ichki ehtiyojlarini barqaror qondirishning eng muhim manbalaridan biri bu – mahalliy chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishdan iborat. Xususan, Amudaryo tumanida chorvachilik loyihalarini kengaytirish orqali nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, balki aholining daromadini oshirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va mahalliy bozorni sifatli hayvonchilik mahsulotlari bilan ta’minlash mumkin. Bugungi kunda tumanning 65 foiz qishloq xo‘jaligi yerlarida yem-xashak ekinlari yetishtiriladi va bu resurs bazasi chorvachilikni barqaror rivojlantirishga asos yaratadi. Shu bilan birga, suv tejovchi texnologiyalar faqat 40 foizgacha joriy etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni oshirish orqali yem bazasining unumdorligini oshirish mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tuman chorvachilik tarmog‘ida hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud. Nasldor qoramol ulushi atigi 35 foizni tashkil qilgani, sun’iy urug‘lantirish darajasi pastligi, zamonaviy laboratoriyaning yo‘qligi va qayta ishlash korxonalarining yetarli emasligi sektorning intensiv rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Aholining go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish, importga bog‘liqlikni kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish uchun chorvachilik klasterlari tizimini joriy etish lozim. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, oziq-ovqat xavfsizligi to‘rtta asosiy ustunga tayanadi: resurs bazasi, genetik salohiyat, veterinariya xizmati va marketing-logistika infratuzilmasi. Amudaryo tumanida bu ustunlar bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, kompleks va tizimli yondashuv yetishmaydi. Masalan, yem-xashak maydonlarini proteinga boy dukkakli ekinlar bilan diversifikatsiya qilish, chorva genetikasini takomillashtirish uchun seleksiya va sun’iy urug‘lantirish markazlarini ko‘paytirish, profilaktik emlashlarni 151 kengaytirish, kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha zamonaviy veterinariya laboratoriyasini tashkil etish zarur. Bu borada mobil veterinariya brigadalarini GPS tizimi bilan jihozlash va veterinariya xizmatini har bir mahallaga yaqinlashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirish oziq- ovqat xavfsizligi zanjirining muhim bo‘g‘inidir. Tumanda faqat bitta o‘rta go‘sht qayta ishlovchi korxona faoliyat yuritadi, sut yig‘ish punktlari esa yetarli emas. Shuning uchun ham sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik va o‘rta korxonalarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish lozim. Logistika tizimida esa sovutkichli transport vositalarining tanqisligi mahsulot sifati va saqlanish muddatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu muammoni yechish uchun sovutkichli transport vositalarini subsidiyalash va lizing asosida taqdim etish bo‘yicha dasturlarni kengaytirish talab etiladi. Moliyaviy jihatdan esa chorvachilik loyihalarini imtiyozli kreditlar, grantlar va xorijiy investitsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlash zarur. Ayni paytda yoshlar va ayollarni chorvachilikka jalb etishga qaratilgan dasturlar, startap loyihalar va o‘quv markazlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Shu bois, tuman miqyosida “Agro Skills” markazi tashkil etilib, har yili kamida 500 nafar yosh va ayolni amaliy chorvachilik bo‘yicha tayyorlash, ularni loyihalarga jalb etish iqtisodiy faollikni oshiradi. Zamonaviy chorvachilik texnologiyalarini joriy etishda esa aqlli sensorlar, IoT qurilmalari va raqamli monitoring tizimlari asosidagi boshqaruv platformalarini joriy etish katta samara beradi. Bunday texnologiyalar yordamida chorva salomatligi, em- xashak zaxiralari, ishlab chiqarish hajmi va mahsulot tannarxini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratiladi. Amudaryo tumani ekologik va iqlim sharoitini inobatga olgan holda barqaror chorvachilik modelini rivojlantirish ham muhim. Go‘ngdan organik o‘g‘it sifatida foydalanish, biomassa asosida biogaz ishlab chiqarish, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish orqali “yashil” chorvachilikni
Доказательный фрагмент
«Amudaryo tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda chorvachilik loyihalarining ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюAmudaryo tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda chorvachilik loyihalarining ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy samaradorlik, mahalliy loyihalar., chorvachilik, qishloq xo‘jaligi, Amudaryo tumani
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025