К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEKISTONDA ZARGARLIK SANOATINING RIVOJLANISHI: DAVLAT QO'LLAB-QUVVATLASHI VA XALQARO TAJRIBA

Adolat Settiyeva Faxriddin qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Prezidentining zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilingan qarorining mazmuni va bu borada xalqaro tajriba yutuqlari bilan taqqoslashiga bag'ishlangan. Tadqiqot zargarlik sanoatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishini o'rganadi: ishlab chiqarishni, bozor amaliyoti, zamonaviy texnologiyalar va kadrlar malakasini oshirish. Maqola bilan litsenziyalash tartib-taomillarini isloh qilish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ta'minlash, amaldagi mexanizmi yangi tartib va qonun hujjatlari standartlarga muvofiqlash, Hindiston, Turkiya, Italiya, Shveytsariya kabi mamlakatlarning zargarlik sanoatdagi muvaffaqiyatlari o'rganish hamda O'zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqarish maqsad qilingan. Kalit so'zlar: zargarlik, xorijiy mamlakatlar tajribasi, davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, litsenziyalash, milliy hunarmandchilik, kadrlar tayyorlash, eksport, iqtisodiy diversifikatsiya, xalqaro tajriba, zamonaviy texnologiyalar, investitsiyalar jalb qilish. O'zbekiston hukumati tomonidan zargarlik sohani rivojlantirish hamda sohaga xorijning ilg‘or amaliyotini tadbiq qilish maqsadida ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar, zargarlik sanoatini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qarorlar mamlakat iqtisodiyoti diversifikatsiya strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ham fikrimiz isboti bo‘lib, mazkur normativ-huquqiy hujjat davlat tomonidan milliy hunarmandchilik an'analarini tiklash, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun xizmat qiladi. Shuningek ushbu hujjat bilan respublika aholisini o‘sib kelayotgan ehtiyojini qondirishni ta’minlashda mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni sezilarli oshirish. qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar ishlatilishining tartib-taomillarini soddalashtirish hisobiga zargarlik sanoatini yanada shakllantirish va rivojlantirish hamda tashqi va ichki bozorlarda raqobatdosh yuqori badiiy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni ta’minlash, shu jumladan, an’anaviy milliy hunarmandchilik va naqshlardan foydalangan holda yakka tartibdagi dizaynerlik ishlanmalarini yaratish maqsad qilingan.1 Mazkur hujjatga asosan, endilikda sohada faoliyat ko‘rsatuvchi subyektlar -zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatgan holda qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyojini nazarda tutuvchi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadigan shaklda buyurtmanomalarni vakolatli tijorat banklariga yo‘llash; -vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlaridan 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 809-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/20/3577/0871-son, 20.05.20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son, 23.09.23.09.23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son) https://lex.uz/uz/docs/-3302648 149 kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qimmatbaho metallarning zarur hajmda ajratish to‘g‘risidagi buyurtmanomani yuborish; -O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli tijorat banklar buyurtmanomalari bo‘yicha qimmatbaho metallarni platina ko‘rinishida 100 grammdan boshlab, London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki faksing bahosidan kelib chiqqan holda, dastlabki to‘lov to‘liq to‘lash shartida milliy valyutada ajratish (qimmatbaho metallarning sof og‘irligini qayta hisoblanib); -yana vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga 1 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi marjani undirgan holda keyinchalik qayta sotish huquqisiz qimmatbaho metallarni sotish2 amaliyotini yo‘lga qo‘adilar. Turkiyada esa zargarlik eksporti yillik 6 milliard dollarni tashkil etadi. Bu muvaffaqiyat milliy dizayn an'analarini zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtirish, kadrlar tayyorlashga katta e'tibor berish orqali erishilgan.3 Italiya zargarlik sanoati jahon bozorida yuqori sifat va dizayn belgisidir. Bu mamlakatda kichik mahsulot ishlab chiqarishdan tortib to yuqori sifatli ishlab chiqarishga olib keladi.4 Zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish bo'yicha investitsiyalarni jalb qilish uchun. 3D-print, lazer kesish va kompyuter dizayni kabi texnologiyalar zargarlik sanoatida ingilob yaratmoqda. Singapur va Xitoy zargarlik sanoat markazlari yuqori texnologiyani ishlatishni faol qo'llab-quvvatlamoqda. Yuqordagilardan kelib chiqib, O'zbekistonda zargarlik sanoati hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa tan narxi yuqori bo‘lgan zargarlik maxsulotlar yasash ishini yanada rivojlantirish ma

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Prezidentining zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilingan qarorining mazmuni va bu borada xalqaro tajriba yutuqlari bilan taqqoslashiga bag'is…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Prezidentining zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilingan qarorining mazmuni va bu borada xalqaro tajriba yutuqlari bilan taqqoslashiga bag'is… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zargarlik, xorijiy mamlakatlar tajribasi, davlat tomonidan qo‘llab-, investitsiyalar jalb qilish., davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tajriba, eksport, litsenziyalash, zamonaviy texnologiyalar, milliy hunarmandchilik, kadrlar tayyorlash, iqtisodiy diversifikatsiya, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники