К содержанию
РецензированоUZ2026

GIS VA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA UMUMIY FOYDALANILADIGAN YERLAR UCHUN JOY TANLASH VA MONITORING TIZIMINI YARATISH (BUXORO SHAHRI MISOLIDA)

SHAHRI MISOLIDA) · Bobojonov Saidjon O’tkirovich

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada GIS texnologiyalari va sun’iy intellekt elementlari asosida umumiy foydalaniladigan yerlar (bozorlar, parklar, sport inshootlari, kutubxonalar va muzeylar) uchun joy tanlash va monitoring tizimini takomillashtirish metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot Buxoro shahri misolida olib borilib, masofadan zondlash, Analitik Ierarxiya Protsessi (AHP) va Vaznli Chiziqli Kombinatsiya (WLC) algoritmlari asosida fazoviy tahlillar amalga oshirilgan. Tadqiqot yakunida yagona geoaxborot platformasi taklif qilinib, joy tanlash mezonlarining raqamli asosda baholanishi ta'minlandi. Kalit so‘zlar: umumiy foydalaniladigan yerlar, GIS, AHP, WLC, sun’iy intellekt, masofadan zondlash, joy tanlash, monitoring, Buxoro. Kirish. Shahar infratuzilmasining barqaror rivojlanishi va aholining turmush sifatini oshirishda umumiy foydalaniladigan yerlar (bozorlar, parklar, maydonlar, kutubxonalar va sport inshootlari) muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu obyektlar nafaqat rekreatsion va madaniy ehtiyojlarni qondiradi, balki ijtimoiy tenglikni ta’minlash, shahar ekologiyasini yaxshilash va fuqarolik faolligini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Afsuski, ko‘plab urbanizatsiyalashgan hududlarda ushbu resurslar son jihatdan cheklangan, joylashuvi nomutanosib va ularning monitoring tizimi an’anaviy, qog‘oz shaklidagi ma’lumotlarga tayanmoqda. Shu sababli ushbu tadqiqot Buxoro shahri misolida umumiy foydalaniladigan yerlarni raqamli texnologiyalar, GIS platformalari va sun’iy intellekt vositalari orqali tahlil qilish, baholash va takomillashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatishga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi masofadan zondlash, fazoviy tahlil, AHP-WLC algoritmlari va sun’iy intellekt modullarini o‘z ichiga oladi. Ular yordamida Buxoro shahri bo‘yicha 124 ta umumiy foydalaniladigan obyekt aniqlandi. Har bir obyekt atributiv maydonlar bo‘yicha baholanib, joylashuv, xizmat qamrovi va ekologik sharoitlar e’tiborga olindi. Ilmiy tahlil. Joy tanlash mezonlarining og‘irliklari Analitik Ierarxiya Protsessi (AHP) orqali aniqlandi. Mazkur mezonlar Buxoro shahridagi mavjud shaharsozlik, demografik va ekologik holatlarga asoslangan holda belgilandi. Eng katta og‘irlikka ega indikator aholi zichligi bo‘lib, u 30% nisbat bilan baholandi. Bu mezon aholi zich joylashgan hududlarga xizmat ko‘rsatishdagi samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan. Ikkinchi o‘rinda transport tarmoqlariga yaqinlik mezoni 25% og‘irlikka ega bo‘lib, bu foydalanuvchilarning obyektga yetib borish qulayligi bilan bog‘liq. Uchinchi mezon yashillik darajasi bo‘lib, u 20% og‘irlik bilan ekologik barqarorlikni ifodalaydi. Ekologik muhit sifatida baholangan ko‘rsatkich esa 15% ulushga ega bo‘lib, hududning tabiiy muhofaza darajasini ko‘rsatadi. Nihoyat, mavjud obyektlarga masofa mezoni 10% nisbatda baholanib, yangi obyektlar mavjud infratuzilmani to‘ldiruvchi tarzda rejalashtirilishini ta’minlaydi. Har bir mezon bo‘yicha raster xaritalar tuzilib, ularning ustma- 116 ` ust joylashuvi Vaznli Chiziqli Kombinatsiya (WLC) usuli bilan birlashtirildi. Natijada har bir nuqtaning joylashuvga yaroqlilik darajasi 5 balli tizimda fazoviy tahlil orqali baholandi. Quyidagi jadvalda mavjud obyektlarning xizmat qamrovi va joylashuvga oid statistikasi keltirilgan: Transportga Xizmat radiusi Ekologik Obyekt toifasi Soni qulaylik (%) <500m (%) holati past (%) Park va 41 65 30 12 bog‘lar Bozorlar 16 75 18 9 Sport 22 61 42 15 inshootlari Maydonlar 9 58 49 11 Kutubxonalar 21 60 44 13 Muzeylar 5 50 60 20 Yuqoridagi tahlil asosida aniqlanishicha, mavjud umumiy foydalaniladigan yerlarning qariyb 38 foizi transportga yetarlicha qulay joylashmagan, 26 foizi esa xizmat ko‘rsatish radiusi jihatidan past ko‘rsatkichga ega. Bundan tashqari, 15 foiz obyektlar ekologik jihatdan yaroqsiz yoki ifloslangan zonalarda joylashgan. Bu holat ijtimoiy tenglik tamoyillariga zid bo‘lib, aholining ayrim qatlamlari sifatli xizmatlardan mahrum bo‘lishiga olib kelmoqda. Shu bois ushbu maqolada taklif etilayotgan yechimlardan biri bu — raqamli fazoviy tahlilga asoslangan joy tanlash algoritmlarini joriy etish va ularni sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirishdir. AHP-WLC algoritmlari asosida 11 ta ustuvor zona aniqlanib, ular infratuzilmaga yaqinligi, ekologik holati va xizmat qamrovi mezonlari bo‘yicha eng yuqori reytingga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, bu zonalar aholining ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi yangi obyektlar qurilishi uchun manzilli yo‘nalish sifatida tavsiya etiladi. Tadqiqot natijasida “PublicUse-GIS” nomli yagona geoaxborot platformasi ishlab chiqildi. U quyidagi funksiyalarni qamrab oladi: interaktiv xarita, real vaqtli monitoring, statistik tahlil, foydalanuvchi takliflari asosida joylashtirish, mobil ilova orqali takliflar kiritish imkoniyati. Platformaning joriy qilinishi bilan boshqaruv idoralari qaror qabul qilishda ishonchli raqamli asosga ega bo‘ladi. Ilmiy yangilik shundan iboratki, umumiy foydalaniladigan yerlarning joylashuvi va monitoringi bo‘yicha birinchi marta AHP-WLC algoritmlarining su

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada GIS texnologiyalari va sun’iy intellekt elementlari asosida umumiy foydalaniladigan yerlar (bozorlar, parklar, sport inshootlari, kutubxonalar va muzeylar) uchun joy tanlash va monitoring tizimini takom…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada GIS texnologiyalari va sun’iy intellekt elementlari asosida umumiy foydalaniladigan yerlar (bozorlar, parklar, sport inshootlari, kutubxonalar va muzeylar) uchun joy tanlash va monitoring tizimini takom… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
AHP, monitoring, masofadan zondlash, GIS, WLC, Buxoro., sun’iy intellekt, joy tanlash, umumiy foydalaniladigan yerlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5