Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB YOSHI O’QUVCHILARDA XOTIRA JARAYONINI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Turg’unova Sarvinoz (in-academy.uz/index.php/si) · Тургунова Сарвиноз (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
В статье анализируются психолого-педагогические факторы, связанные с развитием процессов памяти у младших школьников. Были также рассмотрены особенности развития процессов памяти у учащихся начальной школы. Ключевые слова: Младший школьный возраст, процесс запоминания, восприятие, способы повторения, органы чувств, речевая деятельность, педагогические технологии, методика запоминания, материал, основательный, ученик, учитель, пассивный. SPECIFIC ASPECTS OF DEVELOPMENT OF MEMORY PROCESS IN JUNIOR SCHOOL STUDENTS Turgunova Sarvinoz Alfraganus University, Pedagogy and Psychology, 3rd year student Annotation: This article analyzes psychological and pedagogical factors related to the development of memory processes in junior school students. The specific aspects of the development of memory processes in primary school students were also examined. Keywords: Primary school age, memory process, perception, repetition methods, sensory organs, speech activity, pedagogical technologies, memorization technique, material, thorough, student, teacher, passive. Kichik maktab yoshi - xotira rivojlanishining muhim bosqichi: Bu yoshda bolalar sezilarli darajada aqliy va psixologik o‘sishni boshdan kechiradi. Xotira jarayoni ham shu davrda rivojlanib, mustahkam bilimlarni egallash, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda vizual (ko‘z orqali), eshitish (quloq orqali), va amaliy (harakat orqali) xotira rivojlanadi. Ularning har biri o‘quv jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu yoshdagi bolalar diqqatini uzoq vaqt jamlashga qiynaladi, xotira faqat ko‘p 138 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si takrorlash orqali mustahkamlanadi. Shu sababli o‘qituvchilar va ota-onalar o‘quv materialini qiziqarli va interaktiv tarzda taqdim etishlari kerak. Xotirani rivojlantirish o‘quvchilarning bilim qabul qilishini yaxshilaydi, ularning ta’limdagi muvaffaqiyati va intellektual salohiyatini oshiradi. Zamonaviy ta’lim talablariga javoban, kichik maktab yoshida xotira jarayonini chuqur va to‘g‘ri rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshi - xotira rivojlantirish metodlariga o‘yinlar va multimediyadan foydalanish va yodlash uchun tasviriy va eshitish materiallari, harakat orqali xotirani mustahkamlash kabilarni kiritish mumkin. Kichik maktab yoshida tez va puxta esda qoldirish eng avvalo esga olinadigan materialning qanday idrok qilinishiga bog’liq. Tez, ravshan va raso, aniq idrok qilingan narsa, odatda, esda tez va mahkam saqlanib qoladi. Shuning uchun ham idrokning sifatini belgilovchi shart ayni vaqtda xotiraning sifatini ham, ya’ni uning tezligini va puxta bo’lishini ham belgilaydi. Shunisi ham muhimki, materialni idrok qilishda qancha ko‘p sezgi organlari ishtirok etsa, material ham shuncha tez va puxta esda qoladi. Masalan, o‘quvchilar o‘quv materialini eshitish organlari vositasi bilan idrok qilib qolmay (faqat o'qituvchining darsiga, sheriklarining baland ovoz bilan o‘qishiga quloq solish bilangina cheklanib qolmay), balki ko'rish organlari vositasi bilan (darslikni o'qish, undagi rasmlarni ko'rish, turli ko'rsatma qurollardan foydalanish), shuningdek, muskul harakatlari (yozib olish, so'zlarni baland ovoz bilan aytish, o'z ichida shivirlab aytish) vositasi bilan ham idrok qilganlarida, bu materialni yaxshi va mustahkam eslab qoladilar [1]. Materialni yaxshiroq esga olib qolmoq uchun har xil idrok usullaridan foydalanish kerak. Masalan, chet tildagi so'z va gaplarni yodlab olmoq uchun ularni faqat o'qish va og'zaki qaytarish kifoya qilmavdi. balki bu so'z va gaplarni bir necha karra ko'chirib yozish va vozilganni ovoz bilan o'qish kerak, ana shunda material tezroq va puxta esda qoladi. She’r, ilmiy ta’rif, termin va shu kabilarni yodlab olishda ham ana shu usuldan foydalanish lozim. «Bolaning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini - ko'zi. qulog'i. tovush organi, muskul sezgisi va hatto, agar iloji bo'lsa, hidlash va ta’m bilish - organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak», - deydi K.D . Ushinskiy uning fikricha pedagogik jarayon ustidan olib borilgan qator kuzatishlarda tasdiqlandi. Masalan, mana shunday bir tajriba qilib ko'rilgan. Sinalayotgan o'quvchilarga bir-biri bilan bog'lanm agan 12 so'z berib quyidagicha uch xil usul bilan yodlab olish talab qilingan: - materialni bir karra (o'z ichida) o‘qib (faqat ko'z bilan) idrok qilish; - materialni ham o'qish, ham eshitish yo'li bilan (ko'z va quloq bilan) idrok qilish; - materialni o'zichida o'qish, uni eshitish va yozib olish yo'li bilan (ko'z, quloq va muskul ishtiroki bilan) idrok qilish [2]. Idrok qilishda imkoni boricha ko'proq sezgi organlarining ishtirok etishi o'quvchilar faoliyatining ongliligi va faolligini oshiradi. Qilib ko'rilgan tajriba va kuzatishlar mmaterialini puxta esga olib qolish uchun idrok qilishda muskul harakat organlarining, ayniqsa, nu
Доказательный фрагмент
«В статье анализируются психолого-педагогические факторы, связанные с развитием процессов памяти у младших школьников.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируются психолого-педагогические факторы, связанные с развитием процессов памяти у младших школьников. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Primary school age, memory process, perception, repetition methods, nutq faoliyati, o'quvchi, sezgi organlari, takrorlash usullari, o'qituvchi, material, Kichik maktab yoshi, xotira jarayoni, puxta, esda qoldirish texnikasi, idrok, passiv., pedagogik texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024