К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLAR – KELAJAK POYDEVORI: VILOYAT HOKIMINING YOSHLARGA QARATGAN E’TIBORI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · QARATGAN E’TIBORI (in-academy.uz/index.php/yo) · Bozorova Aziza (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati misolida yoshlar siyosatini amalga oshirish jarayonlari, xususan, viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash borasidagi amaliy faoliyati tahlil qilinadi. Yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy faollik sohalaridagi tashabbuslarning natijalari yoritiladi. Maqolada viloyat hokimiyatining yoshlarni jamiyat hayotiga faol jalb etishdagi tutgan o‘rni va bu boradagi ijobiy tajriba tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: yoshlar siyosati, viloyat hokimi, Yoshlar daftari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, tadbirkorlik, tashabbus, jamiyatdagi ishtirok, Qashqadaryo viloyati. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati tubdan yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar – kelajak poydevori” g‘oyasi bugungi kunda har bir sohada, har bir hududda real ifodasini topmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida yoshlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimining bevosita tashabbusi va ishtiroki bilan yoshlar uchun keng ko‘lamli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda hokimiyat vakillari yoshlarning fikri va tashabbusiga ochiqlik bilan yondashmoqda, ularning manfaatlarini amalda himoya qilishga harakat qilinmoqda. Viloyat hokimi tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan ochiq uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning hayotiy muammolari, orzu-intilishlari tinglanmoqda. Ushbu muloqotlar natijasida ko‘plab yoshlar o‘z muammolariga amaliy yechim topmoqda. “Yoshlar daftari” tizimi samaralari Qashqadaryo viloyatida “Yoshlar daftari” orqali minglab yoshlar tibbiy, ijtimoiy va moddiy yordam bilan ta’minlanmoqda. Bu tizim yoshlarning ehtiyojlarini aniqlash va individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda. Ta’lim va zamonaviy kasb-hunar o‘rganishga sharoit .Viloyatda zamonaviy ta’lim markazlari, IT maktablari va kasb-hunar o‘rgatish muassasalari faoliyati kengaytirilmoqda. Bu esa yoshlarning raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash.Viloyat hokimi tashabbusi bilan yoshlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda, ularni biznesga jalb qilish, startaplarni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilmoqda. Iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish Fan, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda iqtidor ko‘rsatgan yoshlar maxsus stipendiyalar, viloyat hokimi mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Bu esa yoshlar orasida sog‘lom raqobat va rag‘bat muhitini kuchaytirmoqda. Yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligi Viloyatda yoshlar kengashlari, tashabbuskor guruhlar va ko‘ngillilar harakati keng yo‘lga qo‘yilgan. Ular turli ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Hokimlik ularning har bir tashabbusini e’tiborsiz qoldirmayapti. 76 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Yoshlar har bir jamiyatning eng muhim ijtimoiy qatlamidir. Ularning bilimli, irodali, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishi – mamlakat taraqqiyotining hal qiluvchi omillaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasida aynan yoshlar siyosati davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangani bejiz emas. Bu yo‘nalishdagi islohotlar, dasturlar va tashabbuslar nafaqat markaziy, balki mahalliy darajada ham tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.Xususan, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov rahbarligida viloyatda yoshlarga oid davlat siyosati amaliy mazmunga ega bo‘lib, ularning ta’lim olishi, ish bilan ta’minlanishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, jamiyatdagi ishtiroki yo‘lida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Hokimning har bir yosh bilan ochiq va samimiy muloqotda bo‘lishga intilishi, ular ilgari surgan tashabbuslarni e’tiborsiz qoldirmasligi, yoshlarni zamonaviy fikrlaydigan, kasbga ega bo‘lgan, fidoyi va tashabbuskor avlod sifatida shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlari bu boradagi islohotlarga katta hissa bo‘lib xizmat qilmoqda.Bugun Qashqadaryodagi minglab yoshlar zamonaviy ta’limga ega bo‘lmoqda, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda, sport va madaniyat sohalarida yuksalmoqda. Bu esa viloyat rahbarining uzoqni ko‘ra biladigan siyosati, yosh avlodga bo‘lgan ishonchi va fidokorona yondashuvining natijasidir. Murotjon Azimov tomonidan yaratilgan bu tajriba nafaqat Qashqadaryo, balki butun mamlakat miqyosida yoshlar bilan ishlashning namunaviy modeli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu asosda aytish mumkinki, “Yoshlar – kelajak poydevori” degan tamoyil Qashqadaryo viloyatida shunchaki shior emas, balki amaliyotga aylangan hayotiy haqiqatdir. Kelajakda ushbu tajribani respublikaning barcha hududlarida izchil tatbiq etish orqali mamlakatimizni yanada kuchli, raqobatbardosh va barqaror rivojlanishga olib chiqadigan yoshlarga boy jamiyatni shakllantirish mumkin bo‘ladi.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati misolida yoshlar siyosatini amalga oshirish jarayonlari, xususan, viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash borasidagi amaliy faoliyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati misolida yoshlar siyosatini amalga oshirish jarayonlari, xususan, viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash borasidagi amaliy faoliyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamiyatdagi ishtirok, ta’lim, Yoshlar daftari, tashabbus, yoshlar siyosati, viloyat hokimi, tadbirkorlik, Qashqadaryo viloyati., ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники