К содержанию
РецензированоUZ2026

JISMONIY TARBIYA ORQALI JAMIYATDA SOG‘LOM MUHIT YARATISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yakupov Rozimbay (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda jismoniy tarbiya faoliyatining jamiyatdagi sog‘lom muhitni shakllantirishdagi o‘rni, uning ijtimoiy, jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ta’siri tahlil etiladi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda jismoniy tarbiyaning tarbiyaviy va madaniy imkoniyatlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: Jismoniy tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom jamiyat, ijtimoiy muhit, yoshlarda barkamollik, sport va tarbiya. Dolzarbligi: Zamonaviy jamiyatning barqaror rivojlanishi, fuqarolarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘i, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish bilan bevosita bog‘liqdir. Bugungi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida insonlar hayot tarzining ko‘proq passivlashuvi, harakatsizlik, stress, zararli odatlarning ko‘payishi jiddiy ijtimoiy muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Aynan shu nuqtai nazardan jismoniy tarbiyaning roli va ahamiyati jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishda o‘ta dolzarb masala bo‘lib chiqmoqda. Jismoniy tarbiya orqali nafaqat inson organizmi mustahkamlanadi, balki ijtimoiy fazilatlar -irodaviy sifatlar, intizom, mas’uliyat, sog‘lom raqobat, hamkorlik, sog‘lom hayotga ongli munosabat kabi qadriyatlar ham rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatda ijtimoiy sog‘lomlik, barqarorlik va ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida “Sog‘lom turmush tarzi” va “Sportni ommalashtirish” bo‘yicha davlat siyosati faol amalga oshirilmoqda. Prezident tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan e’tibor ortib, aholini sportga jalb qilish, bolalar va yoshlar orasida harakat faolligini oshirish orqali sog‘lom jamiyat barpo etish maqsad qilib qo‘yilgan. Bu holat mazkur mavzuning nafaqat ilmiy-pedagogik, balki ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ham dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2020-yil 24- yanvаrdаgi PF-5924-sоn “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа jismоniy tаrbiya vа spоrtni yanаdа tаkоmillаshtirish vа оmmаlаshtirish chоrа-tiаdbirlаri to‘g‘risidа”gi Fаrmоni, 2021-yil 5- nоyabrdаgi PQ-5280-sоn “Spоrt-tа’lim muаssаslаri fаоliyatini 2025 yilgаchа rivоjlаntirish dаsturi to‘g‘risidа”, 2022-yil 3-nоyabrdаgi PQ-414-sоn “Jismоniy tаrbiya vа spоrt sоhаsidа kаdrlаrni tаyyorlаsh hаmdа ilmiy tаdqiqоtlаr tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish chоrа- tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi Qаrоrlаri hаmdа bоshqа mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаrdа bеlgilаngаn strаtеgik vаzifаlаrgа mеtоdоlik yondаshuv sifаtidа аsоslаnildi. Shu bois, jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lom muhit yaratish mexanizmlarini chuqur o‘rganish, uni amaliyotga tatbiq etish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish zamonaviy pedagogika va sotsiologiyaning muhim vazifasiga aylangan. Tadqiqot maqsadi: Jismoniy tarbiya orqali jamiyatda sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifasi: Zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiyaning dolzarbligi va ijtimoiy zarurat sifatida qaralishini tahlil qilish Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi: Zamonaviy jamiyatda sog‘lom hayot tarzi va faol fuqarolik pozitsiyasi bilan yashashga intilish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda jismoniy tarbiya vositasi orqali jismonan sog‘lom, ruhiy barqaror, irodali va maqsadli insonlarni shakllantirish ijtimoiy taraqqiyotning muhim sharti sifatida qaralmoqda. 78 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Tadqiqot jarayonida yoshlar, pedagoglar, ota-onalar va sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislar o‘rtasida so‘rovnoma va suhbatlar o‘tkazildi. Maqsad – zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiyaga bo‘lgan munosabat, uni sog‘lom muhit shakllantiruvchi ijtimoiy vosita sifatida baholash va mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi. So‘rovnomada ishtirok etganlar: 150 nafar 18–30 yoshli yoshlar; 30 nafar maktab va bog‘cha pedagoglari; 20 nafar sport murabbiylari; 25 nafar ota-ona; 10 nafar sog‘liqni saqlash sohasi vakillari. № Savol mazmuni Ha / Rozi (%) Yo‘q / Qarshi (%) 1 Jismoniy tarbiya sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi deb 92% 8% hisoblaysizmi? 2 Sport tadbirlari jamiyatda birdamlikni 85% 15% mustahkamlaydi deb o‘ylaysizmi? 3 Maktab va bog‘chalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari yetarli deb 43% 57% hisoblaysizmi? Olingan natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiya ijtimoiy zarurat darajasiga ko‘tarilmoqda. So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati jismoniy faollikni sog‘lom hayotning ajralmas qismi deb hisoblashadi. Ayniqsa, sport tadbirlari va jismoniy tarbiya orqali yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, ijtimoiy faollik, jamoaviylik, mas’uliyat va irodaviy sifatlar shakllanishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, amaliyotdagi mavjud kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan: -maktab va bog‘chalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining sifati va mazmuni ko‘pchilikni qoniqtirmaydi; -ayrim hududlarda sport infratuzilmasining yetarli emasligi (ochiq sport maydonchalari, murabbiylar yetishmasligi) sog‘lom muhit shakllanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar sifatida qayd etildi;

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda jismoniy tarbiya faoliyatining jamiyatdagi sog‘lom muhitni shakllantirishdagi o‘rni, uning ijtimoiy, jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ta’siri tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda jismoniy tarbiya faoliyatining jamiyatdagi sog‘lom muhitni shakllantirishdagi o‘rni, uning ijtimoiy, jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ta’siri tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yoshlarda barkamollik, ijtimoiy muhit, sog‘lom jamiyat, sport va tarbiya., sog‘lom turmush tarzi, Jismoniy tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники