К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA YENGIL SANOAT VA TEKSTILGA OID TERMINLARNING TARJIMA MUAMMOLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TERMINLARNING TARJIMA MUAMMOLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Sratdinova Gulbaxar Baxtiyarovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 66 · 1-312 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida yengil sanoat va tekstil sohasiga oid terminlar tarjimasida yuzaga keladigan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, semantik noaniqliklar, sinonimik chalkashliklar, pragmatik tafovutlar hamda madaniy kontekstga oid tafsiliy farqlar o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: tarjima muammolari, tekstil terminlari, yengil sanoat, inglizcha-o‘zbekcha terminlar, semantik ekvivalentlik, tarjima strategiyasi. Kirish. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida yengil sanoat va ayniqsa tekstil sanoati muhim o‘rin tutmoqda. Eksport salohiyatining oshishi, xorijiy investorlarning jalb qilinishi va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etilishi sababli bu sohada ingliz tilidagi axborotlar bilan ishlash zarurati ortmoqda. Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqa qilishda aniq va to‘g‘ri tarjima muhim vositaga aylanmoqda. Biroq, aynan tekstil va yengil sanoatga oid terminlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda ko‘plab muammolar uchramoqda. Bular semantik noaniqlik, terminlarning o‘zbek tilida yo‘qligi, madaniy kontekst farqlari, va morfologik tuzilish tafovutlari bilan bog‘liq. Shu sababli, bu maqolada tarjimonlar duch keladigan asosiy qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Birinchi navbatda, ingliz tilida ishlatiladigan tekstil va yengil sanoatga oid atamalar soni nihoyatda ko‘p va ularning har biri aniq texnologik yoki material jihatni ifodalaydi. Masalan, "rayon", "polyester", "lyocell", "modal", "spandex", "jacquard" kabi terminlar o‘zbek tilida aniq ekvivalentga ega emas. Natijada, ularning ba’zilari transliteratsiya yo‘li bilan tarjima qilinadi, ya’ni asl inglizcha shakli saqlab qolingan holda ishlatiladi [3]. Shunga qaramay, bu yondashuv har doim ham foydali emas, chunki bu atamalar o‘zbek tilida hali keng ommaga tanish bo‘lmasligi mumkin. Bu esa axborotni tushunishda qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli, tarjima jarayonida kontekstga qarab mos ta’rifiy izoh qo‘shish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, tasnif masalasida ham chalkashliklar mavjud. Masalan, ingliz tilida "woven fabrics", "knitted fabrics", "non-woven fabrics" aniq ravishda bir-biridan ajratilgan bo‘lsa, o‘zbek tilida bularni birgina “mato” yoki “to‘qima” deb umumiy tarjima qilish holatlari uchraydi. Bu esa texnologik tafovutlarni e’tibordan chetda qoldiradi va axborotning noaniq uzatilishiga olib keladi [7, 54-59]. Termin tarjimasida semantik muvofiqlikni ta’minlash eng muhim omillardan biridir. Ingliz tilidagi "finish treatment", "blended yarns", "warp knitting" kabi terminlar birgina so‘z bilan o‘zbek tiliga tarjima qilib bo‘lmaydi. Ular ko‘pincha murakkab iboralar yoki texnik atamalar orqali ifodalanadi. Shu bois, tarjimon nafaqat til bilimiga, balki tekstil texnologiyalarini ham chuqur tushunishga ega bo‘lishi kerak. Morfologik jihatdan esa, ingliz tilidagi terminlar odatda qisqa, aniq va texnologik ifodali bo‘ladi. O‘zbek tilida esa ba’zida ularning ifodasi uchun butun ibora ishlatiladi. Misol uchun: "Spun yarns" – "ipga aylantirilgan tola", "Water-repellent finish" – "suvni qaytarguvchi ishlov berish". 81 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Bunday holatlarda tarjima grammatik jihatdan murakkab bo‘lsa-da, texnik mazmunning aniqligi saqlanishi muhim. Tarjima faqat tilshunoslik faoliyati emas, balki madaniy kontekstni ham hisobga oluvchi jarayondir. Ingliz tilida ishlatiladigan ko‘plab tekstil atamalari o‘ziga xos madaniy yoki regional mazmunga ega. Masalan: "Tartan" – Shotlandiyaga xos rasmli mato, "Chintz" – Hindistonga oid naqshli mato, "Houndstooth" – Geometrik naqshdagi mato turi [6]. Ushbu terminlar o‘zbek tilida bevosita ekvivalentga ega bo‘lmagani uchun, ularni izohli tarzda, ba’zida esa izohlovchi lug‘atlar orqali tushuntirish zarur. Bundan tashqari, ingliz tilida "eco-textiles", "sustainable fabrics", "smart textiles" kabi atamalar so‘nggi yillarda keng qo‘llanmoqda. Ularning o‘zbekcha ekvivalentlari hali shakllanish jarayonida bo‘lib, tarjimon ularni kontekst asosida ma’noli va to‘g‘ri tarzda izohlashi zarur. Tarjimada uchraydigan muammolarni hal etishda bir qator strategiyalar taklif qilinadi: 1. Transliteratsiya va izohli tarjima: Murakkab va yangicha terminlar transliteratsiya qilinadi, keyin esa qisqacha texnik izoh beriladi. Masalan: "Modal (sellyuloza asosidagi to‘qimachilik materiali)". 2. Tafsiriy tarjima: Terminlar o‘zbek tilida mavjud bo‘lmaganda, mazmun asosida ta’rif beriladi. Misol: "waterproof finish" – "suv o‘tkazmaydigan ishlov". 3. Kontekstual moslik: Terminni kontekstga qarab tarjima qilish orqali semantik aniqlik saqlanadi. Masalan, "fabric" so‘zining matnga qarab "mato", "gazlama", "to‘qima" tarzida tarjima qilinishi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasida yengil sanoat va tekstil sohasidagi terminlarni to‘g‘ri va aniq tarjima qilish ko‘p jihatdan murakkab bo‘lib, tilshunoslik, texnologiya va madaniyat yo‘nalishlarining birlashishini talab qiladi. Tarjimon ushbu atamalarn

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida yengil sanoat va tekstil sohasiga oid terminlar tarjimasida yuzaga keladigan muammolar chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida yengil sanoat va tekstil sohasiga oid terminlar tarjimasida yuzaga keladigan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tekstil terminlari, inglizcha-o‘zbekcha terminlar, semantik ekvivalentlik, tarjima strategiyasi., tarjima muammolari, yengil sanoat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники