К содержанию
РецензированоUZ2026

OVOZNI PARVARISH QILISH VA OVOZ APPARATI

Baxtiyarov Iskandar Baxtiyarovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

This article provides a detailed description of the structure and functions of the human vocal apparatus. It also provides information on how to keep the vocal apparatus healthy, how to properly care for it, and factors that negatively affect the voice and ways to prevent them. Keywords: Vocal apparatus, voice care, resonator, diaphragm, breathing, music, performance, vocal technique, voice development. Ovoz inson hayotida juda muhim rol o‘ynaydi. Biz so‘zlashish, qo‘shiq aytish, fikr va tuyg‘ularimizni ifodalashda ovozdan foydalanamiz. Ayniqsa, o‘qituvchilar, san’atkorlar, aktyorlar va xonandalar uchun ovoz — ish qurolidir. Shu bois, ovozni to‘g‘ri parvarish qilish, ovoz apparatini sog‘lom saqlash muhim hisoblanadi.О‘z-о‘zidan ma’lumki, ashula aytish uchun eng avvalo tabiiy musiqiy eshitish qobiliyati, musiqiy xotira va aniq ifodalay bilish qobiliyati bо‘lishi zarur. Biz har soniyada juda ham ko‘p turli xil tovushlarni eshitamiz- mashinalar shovquni, odamlarning ovozi, barglarning shitirlashi hatto biz e’tibor bermaydigan tovushlarni ham eshitamiz. Barcha tovushlar tebranishlar natijasida hosil bo‘ladi ya’ni jismlarning oldingi va orqaga juda tez harakatlanishi. Havoda tovush to‘lqinlari natijasida tarqaladi. Ovoz aloqa vositasi, kayfiyat balki, hissiyotlarni ifodalovchi kuchli vosita hisoblanadi. Ovozni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish qiyin jarayon hisoblanadi. U ovoz apparatining to‘g‘ri holda bo‘lishi va ovoz chiqarishi, tovushni cho‘zib tura bilishi, nafas tayanchiga erishish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bolalar ovoz apparati kattalar ovoz apparatidan o‘z hajmi va shakli bilan farq qiladi. U doimo o‘sish va rivojlanish holatida bo‘ladi. Bolalar ovozi o‘z rivojida bir necha etaplarni bosib o‘tadi. Hiqildoqning rivojlanishi 3 yoshdan 12 yoshgacha sekin-asta, ravon kechadi. Shuning ushun bolalar katta bo‘lgan sari tovush xarakteri va kuchi ham o‘zgaradi. Ovoz hosil bo‘lishida qatnashadigan barcha organlarining yig‘indisiga ovoz apparati deyiladi. Ovoz apparatiga quyidagi organlar kiradi: og‘iz va burun bo‘shliqlari hamda ularni kuchaytirib beruvchi qo‘shimcha bo‘shliqlar, halqum, tomoq va ovoz torlari, nafas yo‘li, o‘pka ichidagi havo oluvchi 133 kanallar, o‘pka, ko‘krak qafasi mushaklari va qorin parda kabi organlar kiradi. Har bir insonning ovoz apparati murakkab tuzilishga ega. Ovoz apparati bir nechta tizimning birgalikdagi ishi orqali ovoz hosil boladi: Ovoz bog‘lamlari: Ovoz bog‘lamlari nafas olish paytida havo oqimining ularning orasidan o‘tib, titrash hosil qilishdan ovoz yuzaga keladi. Ularning sog‘lomligi ovozning kuchi va barqarorligida muhim ro‘l o‘ynaydi. Rezonatorlar: Og‘iz bo‘shligi burun va ko‘krak qafasi rezonatorlar sifatida ishlaydi. Ushbu organlar ovozning balandligi va tembrini belgilaydi. Diafragma va nafas olish tizimi: Nafas olish ovoz hosil qilishning asosi hisoblanadi. To‘g‘ri nafas olish ovozning barqaror va uzoq davom etishini ta’minlaydi. O‘pka – nafas olish sistemasining asosiy organlaridan biri hisoblanadi. Bir juft , konussimon tuzilishga ega. Ko‘kak qafasining ikki tomoni bel sohasida joylashgan. Katta odamlarda ikkala oʻpkada oʻrtacha 4,9-5,0 l havo boʻladi. Ulardan tinch nafas olish vaqtida (har bir nafas olganda) faqat 500 ml havo oʻpkalarga kirsa, chuqur nafas olganda esa 1600 ml toza havo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy boʻlgan havo chiqadi. Har bir insonning ovoz apparati o‘ziga xosdir, shuning uchun ovozning tembri va balandligi har xil bo‘ladi. Shu sababli, har bir xonanda o‘z ovozini chuqur o‘rganish va parvarish qilish zarur hisoblanadi. Ovozni parvarish qilishning 3 ta usuli bor: 1. Sog‘lom turmush tarzi Sog‘liq – inson hayotining eng katta boyligi. Agar inson sog‘lom bo‘lsa, u o‘qiydi, ishlaydi, ijod qiladi va baxtli yashaydi. Albatta ovoz bog‘lamlari sog‘lom turmush tarzini talab qiladi. Biz ovozga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlarni ko‘rib chiqamiz: Chekish va spirtli ichimliklar: Chekish va spirtli ichimlik iste’moli ovoz bog‘lamlarini quritadi, yallig‘lanishlarga olib keladi va ovozning sifati pasayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, chekish laringeal (hiqildoq) saratoniga ham olib kelishi mumkin. Haddan tashqari sovuq yoki issiq ichimliklar: Ovoz bog‘lamlarining sezgirligini oshiradi va kasalikka olib kelishi mumkin. Ayniqsa, sovuq havoda iliq ichimlik o‘rniga sovuqni tanlash yuqori xavf tug‘diradi. Uyqusizlik va stress: Uyqu yetarli bo‘lmaganda, inson organizmi to‘liq tiklana olmaydi. Ovoz bog‘chalari ham dam olmaydi, shuning uchun ovoz kuchsiz, xirillagan yoki titroq bo‘lib chiqadi. 2. Ovozni saqlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish Biz ovoz uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar haqida gapiramiz: Asal va zanjabil: Asal yallig‘lanishga qarshi, antibakterial va yumshatuvchi xususiyatlarga ega. Bu esa ovoz bog‘chalari uchun juda foydali hisoblanadi. Asal va limon aralashmasi ovozni tozalaydi va tinchlantiradi. Issiq lekin qaynoq bo‘lmagan choy: Ovoz bog‘chalari doimo nam holatda bo‘lishi kerak. Iliq suvlar va o‘simlik damlamalari ovoz yo‘llarini yumsh

Доказательный фрагмент

«This article provides a detailed description of the structure and functions of the human vocal apparatus.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a detailed description of the structure and functions of the human vocal apparatus. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Vocal apparatus, voice care, resonator, diaphragm, breathing, music, ovozni rivojlantirish., ijro, ovozni parvarish qilish, Ovoz apparati, musiqa, ovoz texnikasi, rezonator, nafas olish, diafragma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники