Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QIMMATBAHO METALLARNI OLTIN IZLOVCHILAR USULIDA QAZIB OLISH AMALIYOTI
Adolat Settiyeva Faxriddin qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida qimmatli metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatining yangi huquqiy-huquqiy mexanizmlari va sud xalqaro amaliyot bilan taqqosiy tahlilini o'z ichiga oladi. Hisob mamlakatda joriy etilayotgan elektron auksion tizimi, yer qa'ri uchastkalaridan yuklash tartibi va byudjetlarga tushumlarni taqsimlash jarayonlarini tahlil qiladi. Maqolada Avstraliya, Kanada, Braziliya va Janubiy Afrika mamlakatlarining kichik miqyosdagi oltin qazib olish tajribalari chuqur o'rganilgan. Har bir mamlakatning qoidalarilash tizimi, ekologik nazorat mexanizmlari, yer uchastkasi o'z nazorati va muddatlari, tomonidan hamjamiyatlar bilan hamkorlik yo'llari taqqosiy tahlil qilingan. Kalit so'zlar: oltin izlovchilar usuli, qimmatbaho metallar qazib olish, yer qa'ri mineral resurslardan qo'shimcha yuklash, elektron auksion, Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi, aholi bandligi, tadbirkorlik, xalqaro amaliyot, yong'in, Kanada amaliyoti, Braziliya garimpo, Janubiy Afrika konchilik ruxsati, ekologik nazorat, yer rekultivatsiyasi, atrof muhitni zararsizlantirish, byudjet, mineral resurslar, kichik miqyosdagi qazib olish, soliqlar, mineral resurslar. Mamlakatimizda aholi bandligini ta'minlash va hududiy ijtimoiy masalalarni hal qilish maqsadida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatiga qonunchilik bilan ruxsat etilishi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muoamalasi sohasidagi yangi bir yo‘nalish sifatida qayd etilmoqda. Hozirda mamlakatimizda tadbirkorlik tavakkalchiligigining bitta shakli sifatida ushbu sihani huquqiy jihatdan tartibga solishning yangi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. O'zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati yer qa'ridan foydalanishning alohida turi sifatida belgilangan1. Ushbu faoliyatning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat. -aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ijtimoiy masalalarni hal qilish. -yer qa'ri uchastkalarini samarali o'zlashtirish va mineral resurslardan optimal foydalanish. -oltin va zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish. -qonuniy oltin qazib olish faoliyatini soddalashtirilgan legalizatsiyalash tartibotiga o‘tqazish va sohani tizimli, elektorn nazorat ostiga olish. Yangi islohatlarga asosan, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma Davlat geologiya va 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4030-son Qarori. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 07/18/4030/2224-son; 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son) 149 mineral resurslar qo'mitasi tomonidan "E-AUKSION" elektron savdo platformasida elektron auksion yakunlari bo'yicha beriladi2. Bitta talabgorga ruxsatnoma asosida berilgan yer qa'ri uchastkalarining umumiy maydoni yil davomida 20 gektardan oshmasligi, o'lchamlari esa 5 gektargacha bo'lgan uchastkalar taqdim etilishi nazarda tutilgan3. Bunda, elektron auksionlar natijasida olingan pul mablag'lari teng ulushlarda ikki yo'nalishda taqsimlanadi: - qimmatbaho metallar qazib olinadigan hududlardagi mahalliy byudjetga qo'shimcha daromad manbai sifatida; - O'zbekiston hududida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga4 Avstraliya dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lib, kichik miqyosdagi oltin qazib olish faoliyati uchun rivojlangan tartibga solish tizimiga ega. Avstraliyaning har bir shtatida o'ziga xos qonunchilik mavjud. Avstraliyada "Prospecting License" (qidiruv litsenziyasi) tizimi qo'llaniladi, bu kichik miqyosdagi qazib olish faoliyati uchun mo'ljallangan. Western Australia shtatida bunday litsenziyalar odatda 200 gektargacha bo'lgan uchaskalar uchun 2 yil muddatga beriladi. Queensland shtatida esa "Fossicking Permit" (qidiruv ruxsatnomasi) tizimi mavjud bo'lib, bu qiymati o‘ta yuqori bo‘lgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyati uchun mo'ljallangan Avstraliya amaliyotining muhim xususiyati shundaki, u ekologik talablarni juda qattiq nazorat qiladi. Har qanday qazib olish faoliyati uchun “Environmental Impact Assessment” (atrof-muhitga ta'sir baholash) o'tkazish majburiydir. Shuningdek, rehabilitatsiya (qayta tiklash) bondi to'lash talab etiladi, bu yer rekultivatsiya qilish xarajatlarini qoplash uchun mo'ljallangan.5 Kanada ham oltin qazib olish sohasida ilg'or amaliyotga ega mamlakatlardan biridir. Kanadada "Placer Mining" (sochma oltin qazib olish) faoliyati uchun alohida tartibga solish tizimi mavjud. British Columbia provinsiyasida “Placer Mining Act” (Sochma oltin qazib olish qonuni) amal qiladi. Kanadanin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida qimmatli metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatining yangi huquqiy-huquqiy mexanizmlari va sud xalqaro amaliyot bilan taqqosiy tahlilini o'z ichiga oladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola O'zbekiston Respublikasida qimmatli metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatining yangi huquqiy-huquqiy mexanizmlari va sud xalqaro amaliyot bilan taqqosiy tahlilini o'z ichiga oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oltin izlovchilar usuli, qimmatbaho metallar qazib olish, yer qa'ri mineral, soliqlar, Kanada amaliyoti, yong'in, yer qa'ri mineral resurslardan qo'shimcha yuklash, Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi, Janubiy Afrika konchilik ruxsati, xalqaro amaliyot, mineral resurslar, byudjet, ekologik nazorat, mineral resurslar., Braziliya garimpo, tadbirkorlik, elektron auksion, atrof muhitni zararsizlantirish, aholi bandligi, kichik miqyosdagi qazib olish, yer rekultivatsiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025