Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
VITAMIN C NING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI
Xalimbayeva Zulhijja Said qizi · Ergasheva Dilbar Sherzod qizi · Maxmanazarov G'afur Axnazarovich
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются биологические функции, источники, дефицит и медицинское применение витамина С. Анализируется роль аскорбиновой кислоты в синтезе коллагена, антиоксидантной защите, улучшении всасывания железа и укреплении иммунной системы. Работа основана на современных научных источниках. Ключевые слова. Aскорбиновая кислота, антиоксидант, иммунитет, синтез коллагена, усвоение железа, авитаминоз, здравоохранение. Annotation. This article discusses the biological roles, sources, deficiency, and medical applications of Vitamin C. It analyzes the function of ascorbic acid in collagen synthesis, antioxidant protection, iron absorption, and immune system support. The work is based on up- to-date scientific literature. Keywords. Ascorbic acid, antioxidant, immunity, collagen synthesis, iron absorption, avitaminosis, health care. Kirish. Inson organizmi hayot faoliyatini to‘laqonli olib borishi uchun ko‘plab biologik faol moddalarga, xususan vitaminlarga ehtiyoj sezadi. Vitaminlar modda almashinuvini tartibga soladi, immunitetni mustahkamlaydi va antioksidant himoyani ta’minlaydi. Ular organizm tomonidan sintez qilinmaydi (yoki juda kam miqdorda sintezlanadi), shuning uchun ularni oziq-ovqat orqali qabul qilish zarur [1]. Shunday muhim vitaminlardan biri — Vitamin C (askorbin kislotasi) bo‘lib, u suvda eruvchi, redoks faollikka ega organik birikmadir. Askorbin kislota odam organizmida L-gulonolakton oksidaza fermentining yo‘qligi sababli sintez qilinmaydi [2]. Biologik ahamiyati. Vitamin C (askorbin kislotasi) organizmda ko‘plab asosiy fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. U redoks reaktsiyalarni boshqaruvchi kuchli antioksidant sifatida, shuningdek, fermentativ jarayonlar uchun kofaktor sifatida faoliyat yuritadi. Quyida uning asosiy biologik funksiyalari izohlanadi: Kollagen sintezi. Vitamin C — kollagen sintezi uchun zarur bo‘lgan asosiy kofaktor. U prolin va lizin aminokislotalarining gidroksillanish reaktsiyalarida ishtirok etadi. Ushbu gidroksillanish jarayonlari kollagen molekulalarining to‘g‘ri yig‘ilishi va barqarorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega[3]. Kollagen esa, o‘z navbatida, teri, suyak, bo‘g‘im, qon tomirlari va milklarning strukturaviy asosi hisoblanadi. 27 Vitamin C yetishmovchiligi tufayli kollagen sintezi buziladi, bu esa milk qonashi, yara bitmasligi va teri elastikligining pasayishi kabi klinik belgilarni keltirib chiqaradi[4]. Antioksidant funksiyasi. Vitamin C eng kuchli suvda eruvchi antioksidantlardan biri hisoblanadi. U erkin kislorod radikallari (ROS – reactive oxygen species) ni neytrallaydi, bu esa hujayra DNKsi, lipidlar va oqsillarni ortiqcha oksidlanishdan himoya qiladi [5]. Shuningdek, Vitamin C boshqa antioksidantlar, ayniqsa Vitamin E ni qayta tiklashda ham ishtirok etadi. Shu yo‘l bilan u hujayralardagi antioksidant tizimni mustahkamlaydi [6]. Vitamin C ovqatdagi temirning so‘rilishini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. U o‘simlik manbali (non-heme) temirni Fe³⁺ dan Fe²⁺ ga aylantirib, uning ichakda so‘rilishini yaxshilaydi. Ayniqsa vegetarian va ayollarda temir tanqisligi anemiyasini oldini olishda askorbin kislotaning o‘rni katta [7]. Kundalik ratsionda Vitamin C ning temir bilan birgalikda iste’moli (masalan, sabzavot bilan limon sharbati) temir so‘rilishini sezilarli darajada oshiradi [8]. Vitamin C immun tizimning bir nechta darajalarida muhim ta’sir ko‘rsatadi: Leykotsitlar (ayniqsa neutrofillar va limfotsitlar) ning faolligini oshiradi. Fagositoz va interferon ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Yallig‘lanishni kamaytiruvchi sitokinlar ajralishini boshqaradi [9]. Vitamin C infektsiyalarga qarshi kurashda qo‘llanilganda virusli shamollash, gripp, pnevmoniya va boshqa respirator kasalliklar davomiyligi va og‘irligini kamaytirishi aniqlangan [10]. Vitamin C manbalari. Vitamin C — suvda eruvchi, issiqlik va yorug‘likka sezgir bo‘lgan vitamin bo‘lib, inson organizmi uni sintez qila olmaganligi sababli doimiy ravishda oziq-ovqat orqali qabul qilinishi shart. Askorbin kislotaning asosiy manbalari tabiiy o‘simlik mahsulotlari bo‘lib, ayniqsa yangi meva va sabzavotlar unga boy hisoblanadi. Vitamin C ning eng boy manbalari quyidagilardir: Sitrus mevalari: apelsin, limon, greypfrut – bu mevalar dunyo bo‘yicha eng mashhur askorbin kislotasi manbalaridan biridir. Bitta o‘rtacha apelsin (130 g) taxminan 70 mg Vitamin C ni tashkil qiladi, bu esa kunlik tavsiya etilgan miqdorni (RDA – 75– 90 mg) deyarli qoplaydi . Bulg‘or qalampiri (xususan qizil navlari): 100 g da taxminan 120–190 mg askorbin kislotasi mavjud. Bu ko‘rsatkich bilan u sitrus mevalarini ham ortda qoldiradi. Brokkoli: 100 g da 89 mg C vitamini mavjud. Pishirilgan holatda bu miqdor 50–60% ga kamayadi. Karam (ayniqsa xom va qishda saqlangan navlari): 100 g da 35–45 mg Vitamin C mavjud. Pomidor: yangi holatda 15–25 mg/100 g miqdorida askorbin kislotaga ega. Petrushka, shivit, yashil piyoz kabi ko‘katlar ham C vitaminining yaxshi manbalari bo‘lib, ayniqsa xom holda salatlarga qo‘shilsa, foydali ta’sir ko‘rsatadi. Vita
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются биологические функции, источники, дефицит и медицинское применение витамина С.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются биологические функции, источники, дефицит и медицинское применение витамина С. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ascorbic acid, antioxidant, immunity, collagen synthesis, iron absorption, temir so‘rilishi, sog‘liqni saqlash., immunitet, kollagen sintezi, avitaminoz, Askorbin kislota, antioksidant
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026