К содержанию
РецензированоUZ2026

HUDUDIY IQTISODIYOTDA IXTISOSLASHTIRILGAN SAVDO MAJMUALARINING RIVOJLANISHI VA ULARNING XIZMAT KO‘RSATISH INFRATUZILMASIGA TA’SIRI

HUDUDIYIQTISODIYOTDAIXTISOSLASHTIRILGAN SAVDO MAJMUALARINING · Xatamov AbrorAbdigapparovich

Международный научный журнал · 153–157 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining hududiy iqtisodiyotdagi roli, ularning rivojlanish tendensiyalari va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga bo‘lgan ta’siri ilmiy- nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etishyo‘llari bo‘yicha tavsiyalarishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: bozor, hududiy, iqtisodiy, savdo, infratuzilma, mahsulot, xizmat, majmua, foyda, tarmoq. В статье анализируется роль специализированных торговых центров в экономике региона, тенденции их развития и влияние на инфраструктуру услуг с научной, теоретической и практической точки зрения. Также разрабатываются рекомендации по выявлению существующих проблемв отрасли ипутям ихрешения. Ключевые слова: рынок, региональный, экономика, торговля, инфраструктура, продукт, услуга,торговыйцентр,прибыль,отрасль. This article analyzes the role of specialized shopping malls in the regional economy, their development trends and impact on the service infrastructure from a scientific, theoretical and practical perspective. It also develops recommendations on the existing problems in the industry and ways toovercome them. Keywords: market, regional, economic, shopping, infrastructure, product, service, mall, profit, industry. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda tarmoqlararo aloqalarning samarali tashkil etilishi, xizmat ko‘rsatish sohasining zamonaviy shakllarda kengayib borishi, shuningdek, aholining iste’mol madaniyati va talabiga mos ravishda savdo infratuzilmasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining barpo etilishi va ularning faoliyati nafaqat iste’molchilar ehtiyojlarini samarali qondirishga, balki hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish, bandlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qilmoqda. Ixtisoslashtirilgan savdo majmualari – bu muayyan turdagi mahsulot yoki xizmatlarni taklif qiluvchi, aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashgan yirik savdo maydonchalari bo‘lib, ular zamonaviy logistika, xizmat ko‘rsatish texnologiyalari, marketing yondashuvlari va axborot texnologiyalariga asoslangan faoliyat yuritadi. Bunday majmualarning shakllanishi va rivojlanishi hududiy infratuzilmaning modernizatsiyasi, logistika tizimi samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini kengaytirish kabi muhim omillar bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar doirasida ichki bozorni rivojlantirish, iste’molchilar talabini chuqur o‘rganish va innovatsion yondashuv asosida savdo tizimini zamonaviylashtirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yirik shaharlarda va yirik iqtisodiy faol hududlarda ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining tashkil etilishi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Ular orqali aholiga xizmat ko‘rsatish sifati oshadi, tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi, va eng muhimi, hududiy iqtisodiy makonda raqobatbardosh muhit shakllanadi. Ixtisoslashtirilgan savdo majmualari zamonaviy iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sektorining strategik tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bu majmualar nafaqat savdo-sotiq faoliyatini olib borish maydoni, balki ko‘plab iqtisodiy jarayonlarning markazlashgan holda boshqarilishini ta'minlovchi infratuzilmaviy kompleks sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, hududiy iqtisodiyot nuqtai nazaridan 204 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining shakllanishi, ularning joylashuvi, xizmatlar ko‘lami va diversifikatsiyasi hududdagi iqtisodiy faollik, aholi bandligi va logistika tizimining rivojlanishiga bevositata’sirko‘rsatadi. Nazariy jihatdan, ixtisoslashuv – bu iqtisodiy subyektlarning yoki hududlarning ma’lum bir faoliyat turiga yo‘naltirilgan holda rivojlanishi jarayonidir. Ushbu tamoyil savdo sohasida ham o‘z aksini topadi. Ya’ni, an’anaviy bozorlardan farqli ravishda, ixtisoslashtirilgan savdo majmualari faqat ma’lum mahsulot yoki xizmat turiga e’tibor qaratadi. Bu yondashuv, o‘z navbatida, mahsulot sifati, xizmat ko‘rsatish darajasi va mijozlar ehtiyojini to‘liqroq qondirish imkonini yaratadi. Iqtisodiy nazariyalarga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi tarmoqlari (transport, logistika, axborot texnologiyalari, moliyaviy xizmatlar, saqlash va servis tizimlari) bilan uzviy bog‘langan holda faoliyat yurituvchi savdo majmualari hududiy iqtisodiy o‘sishning katalizatoriga aylanadi.1 Shuningdek, iqtisodchi M. Porterning raqobat ustunligi nazariyasida ta’kidlanganidek, muayyan ixtisoslashuvlar asosida shakllangan klasterlar samarali hamkorlik, xarajatlarni kamaytirish va innovatsiyalarni tezroq joriy etishga xizmat qiladi. Ixtisoslashtirilgan savdo majmualari esa, aynan shunday klasterlashuvning real ko‘rinishidir. Ushbu savdo majmualari quyidagi asosiy iqtisodiyva tashkiliy afzalliklarga ega:2  Mahsulotla

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining hududiy iqtisodiyotdagi roli, ularning rivojlanish tendensiyalari va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga bo‘lgan ta’siri ilmiy- nazariy hamda amaliy nuqtai nazar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining hududiy iqtisodiyotdagi roli, ularning rivojlanish tendensiyalari va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga bo‘lgan ta’siri ilmiy- nazariy hamda amaliy nuqtai nazar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
market, regional, economic, shopping, infrastructure, product, service, mall, profit, iqtisodiy, hududiy, bozor, mahsulot, infratuzilma, xizmat, majmua, foyda, savdo, tarmoq.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники