К содержанию
РецензированоUZ2025

KOGNITIV LINGVISTIKA DOIRASIDA TUSHUNCHA VA KONSEPTGA OID YONDASHUVLARNING QIYOSIY TAHLILI

IYUL ANDIJON · ILM FAN YYOANNDAGSHIULVILKARLNIANGRQIIYKOSOIYNTAFHELIRLIENSIYASI · Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna

Международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada kognitiv lingvistika sohasida mavjud bo‘lgan yondashuvlar turlari – psixolingvistik, neyropsixolingvistik, semantik, mantiqiy, madaniy, individual-nutqiy va lingvokulturologik yondashuvlar keng qamrovda tahlil qilinadi. Y.Balashova va A.V.Kostin tomonidan ilgari surilgan nazariy yondashuvlar asosida til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ochib beriladi. Ushbu yondashuvlarning har biri tilni inson bilish jarayoni, madaniy merosni saqlash vositasi hamda individual tafakkur ifodasi sifatida o‘rganishga xizmat qiladi. Ayniqsa, “tushuncha” va “konsept” terminlari o‘rtasidagi semantik farqlar, ularning amaliy qo‘llanilishi kognitiv lingvistika doirasida qiyosiy tahlil qilinadi. Maqola kognitiv yondashuvlarning interdisiplinar xususiyatlarini ochib berar ekan, tilshunoslikda zamonaviy ilmiyqarashlarning uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Kalit so‘zlar: kognitiv lingvistika, tushuncha, konsept, psixolingvistika, neyropsixolingvistika, semantika, lingvokulturologiya, tafakkur, madaniy yondashuv, til vaongmunosabati Annotation. This article provides a comprehensive analysis of various approaches in the field of cognitive linguistics, including psycholinguistic, neuropsycholinguistic, semantic, logical, cultural, individual-speech, and linguocultural approaches. Based on the theoretical perspectives proposed by Y.Balashova and A.V.Kostin, the complex relationship between language and cognition is explored. Each approach serves to study language as a cognitive process, a means of preserving cultural heritage, and an expression of individual thought. Special attention is given to the semantic differences between the terms “concept” and “notion,” along with their practical application in cognitive linguistics. The article highlights the interdisciplinary nature of cognitive approaches, reflecting the integration of modern scientificperspectives in linguistics. Keywords: cognitive linguistics, notion, concept, psycholinguistics, neuropsycholinguistics, semantics, linguoculturology, cognition,cultural approach, language and mindrelationship Y.Balashova kognitivlingvistikada quyidagi yondashuvlarini ham ajratib ko‘rsatadi: psixologik, psixolingvistik, neyropsixolingvistik, semantik, mantiqiy tahlili va an’anaviy lingvistika doirasidagi yondashuv. Bu yondashuvlarda ko‘pincha “tushuncha” va “konsept” terminlari aynan bir narsa sifatida qaraladi. Y.Balashovaning keltirgan yondashuvlari kognitiv lingvistika sohasining keng ko‘lamli va ko‘p qirraliligini aks ettiradi. Quyida mazkur fikrlarni qisqacha sharhlash mumkin: 1. Psixolingvistik yondashuv. Bu yondashuvlar inson ongining tilni qay tarzda qabul qilishi va qayta ishlashi, shuningdek, psixologik omillarning tilga ta’sirini tahlil qiladi. Ular kognitiv jarayonlarni anglashda muhimdir,chunki til vafikrlash bir-biriga chambarchas bog‘liq. 2. Neyropsixolingvistik yondashuv. Ushbu yondashuv miya faoliyati va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Zamonaviy texnologiyalar (masalan, neyrologiya va miyani skanerlash usullari) yordamida tilning kognitiv jarayonlar bilan qanday aloqada ekanligini chuqur tahlil qilishimkoniyati mavjud. 276 IYUL ANDIJON,2025 3. Semantik yondashuv. Ma’no bilan ishlash, tushunchalarni aniqlash va konseptlar tahIlLiliMkogFnitAiv NlingYviAstikNaniGngILmaIrKkazLiyAyRo‘nIaliKshlOaridNanFbEiridRir.EUNshSbuIYyoAndSashIuv tushunchalar va so‘zlarning semantik maydonlari bilan bog‘liq masalalarni hal etishga qaratilgan. 4. Mantiqiy-tushunchaviy va mantiqiy tahlil. Ushbu yondashuvlar madaniy konseptlarni aniqlashda va ularning tizimli tahlilini o‘tkazishda ishlatiladi. Bu til va madaniyat o‘rtasidagi aloqani chuqurroq anglashga yordam beradi. 5. An’anaviy lingvistika doirasidagi yondashuv. “Tushuncha” va “konsept” terminlarini aynan bir narsa deb qarash ayrim tilshunoslar tomonidan tanqid qilingan. Chunki tushuncha, odatda, mantiq va bilim doirasida ishlatilsa, konsept ko‘proq madaniyat va hissiy tarkibni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuv nazariy jihatdan oddiyroq bo‘lsa-da, tilshunoslikda uni ishlatishningchegaralari aniqlashtirilishikerak. Kognitiv lingvistikada lingvokulturologik yo‘nalishni A.V.Kostin ham ajratib ko‘rsatadi. Uning ta’rifiga ko‘ra, lingvokulturologik yondashuv tilning kumulyativ (yig‘iluvchi) funksiyasi haqidagi g‘oyaga asoslanadi. Aynan shu funksiya yordamida til xalqning tajribasini, dunyoqarashini va dunyoni his qilish tarzini aks ettiradi, saqlaydi va avlodlarga yetkazadi. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, til – dunyoni birlamchi konseptualizatsiya qilish va inson tajribasini ratsionalizatsiya qilishning universal shakli bo‘lib, u dunyo haqidagi ongsiz va tabiiy bilimlarning ifodachisi va saqlovchisi, shuningdek, inson hayotidagi ijtimoiy jihatdan muhim voqealarning tarixiy xotirasi sifatidanamoyon bo‘ladi. A.V.Kostin zamonaviy kognitiv lingvistikaning bir qator yondashuvlarini ham ajratib ko‘rsatadi: Mental-faoliyat yondashuvi (S.A.Askoldov) tafakkur va faoliyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi, buesa tilniongjarayonlar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kognitiv lingvistika sohasida mavjud bo‘lgan yondashuvlar turlari – psixolingvistik, neyropsixolingvistik, semantik, mantiqiy, madaniy, individual-nutqiy va lingvokulturologik yondashuvlar keng qamrovd…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kognitiv lingvistika sohasida mavjud bo‘lgan yondashuvlar turlari – psixolingvistik, neyropsixolingvistik, semantik, mantiqiy, madaniy, individual-nutqiy va lingvokulturologik yondashuvlar keng qamrovd… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cognitive linguistics, notion, concept, psycholinguistics, neuropsycholinguistics, til va ong munosabati, lingvokulturologiya, tafakkur, psixolingvistika, tushuncha, neyropsixolingvistika, konsept, semantika, madaniy yondashuv, kognitiv lingvistika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники