Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY DETAL TIPOLOGIYASIGA TURLICHA YONDASHUVLAR
BADIIYDETALTIPOLOGIYASIGA TURLICHAYONDASHUVLAR · Komilova Dilnoza Muhammad qizi
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
В статье рассматривается явление адгезии, которое рассматривается как категория текста, а также обсуждаются теоретические вопросы, связанные с филологическим подходом к нему, его рассмотрением как малого элемента текста, распознаванием, словосочетаниями, парадигмами предложений и анализом на основе текста. Ключевые слова: текст, художественная деталь, сцепление, единство, характер, имплицитный,художественный текст,скрытый смысл. Matn lingvistik tadqiqot obyekti deb qaralganidan buyon amalga oshirilgan ilmiy ishlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Lisoniy tizimga oid har qanday matn dastlab falsafa, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, tarix va shu kabi fan yo‘nalishlarining materiali sifatida tahlil qilingan va o‘rganilgan. Tilshunoslikda matnga lingvistik tadqiqot obyekti sifatida qarash tendensiyasining shakllanish davri ХХ asrning 70-80-yillardan boshlanadi, matn tilshunosligi yo’nalishining rivojlanishi esa ХХI asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Ishning yuqoridagi bobida matn tilshunosligi yo‘nalishiga asos solgan tilshunoslar hamda ularning tadqiqotlari to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Ma’lumki, matn tilshunoslikning o‘rganish materiali sifatida barcha funksional uslubga oid yo‘nalishlar uchun tahlil materiali bo‘ladi. Ilmiy matn uchun ilmiylik, publitsistik matn uchun ommaviylik, so‘zlashuv nutqi uchun oddiylik, rasmiy matnlar uchun hujjat parametrlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Matn tadqiqi bilan bog‘liq izlanishlar natijasida matn lingvistikasi yo‘nalishiga oid muammolarni quyidagi tartibda ajratish mumkin: matnning og‘zaki va yozma shakllari, o‘zbek adabiy tilining barcha uslublariga oid bo‘lgan matn turlari, matn va nutq masalalari, nutq tiplari, matnda shakl va mazmun uyg‘unligi, matn va kontekstual struktura, lisoniy va nolisoniy sistema va matn masalalari, matnning kognitiv-pragmatik xususiyatlari kabi. Matn turlicha tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, matn sarlavhasi, epigrafi, boshlanmasi, tugallanmasi, asosiy qism, matn birliklari va ularning nomlanishi, matnning tur va janrlar munosabatiga ko‘ra turlari, nutq ishtirokchilarining miqdoriga nisbatan monologik, dialogik, polilogik kabi matn turlari, nutqning tiplariga ko‘ra tasvir, muhokama, rivoya kabi matn tiplari mavjud bo‘lib, ular, asosan, badiiy matn tahlili bilan bog‘liq tadqiqotlarda o‘rganildi. Badiiy matn boshqa uslub matnlariga nisbatan o‘ziga xos imtiyozga ega bo‘lib, uning muallifi voqea- 185 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com hodisalarning badiiy tasvirda nazarda tutilgan mazmun mukammalligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish huquqiga egadir. Muallif to‘g‘ri ta’kidlaganidek, so‘z borliqdagi har bir narsani nomlaydi. Ijodkor esa so‘zni badiiy kontekstga olib kirar ekan, uni obrazli ifoda shakliga aylantiradi, Sh. Balli tili bilan aytilganda, so‘z voqea-hodisalarni verbal tasvirini ifodalash jarayonida asosiy va qo’shimcha axborotlarni dictum va modus kabi mazmun tiplariga ham ajratadi. Bizning nazarimizda, badiiy matnda verbal tasvirga ijodkorning badiiy didi, estetik tafakkuri va umumiy lisoniy bilim fondining qo’shilishi natijasida badiiylik kabi pragmatic bo‘yoqlar jamlanadi. Badiiy matnda ijodkor tafakkuriga xos badiiylik mezonlarining mukammallik darajasi nafaqat lisoniy ifodalar, balki boshqa ifoda vositlari va usullaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Matnning har bir uslubga xos turida nazarda tutilgan stil elementlari yetakchilik qiladi. Badiiy matnda boshqa uslub matnlaridan farqli tarzda obrazlilik, obrazli ifodaviylik, tasvirda badiiylik kabi mezonlar yetakchilik qiladi. Muayyan tilvakillariga xos lisoniyzahiralar va ularning ma’nosi ham ijodkor ongida birdek saqlangani holda ular badiiy tafakkurning mahsuli bo‘lgan poetik ma’no yoki ifoda mazmuni bilan uyg‘unlashadi. Denotativ ma`noga asoslangan lisoniy ma’no ijodkorbadiiy tafakkuridagi poetik bo‘yoq bilan to‘yinadi. Poetiktafakkurning lisoniyvoqelanishi olamning badiiy-lisoniy manzarasini shakllantiradi. Olamning lisoniy-badiiy manzarasi birgina verbal vositalar bilangina shakllanmay, u nolisoniy ifoda vositalar bilan ham namoyon bo‘ladi. Umuman, badiiy tafakkur va uning turli vositalar bilan namoyon bo‘lishi yoki moddiylashishi badiiy matnga xos badiiylik mezonlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Badiiy matnning mohiyati poetik fikrning lisoniy-nolisoniy ifodasida ko‘zga tashlanadi. Poetik fikrning lisoniy ifodasi to‘g‘risida ko‘plab fikrlar bildiriladi. Biroq uning nolisoniy ifoda shakllari va badiiylik mezonlari hamda ularning badiiy matndagi o‘rni to‘g‘risidafikrlar ko‘zga tashlanmaydi. Tilshunoslikda lingvopoetika yo‘nalishi mavjud bo‘lib, u til sathi birliklarini poetik ma’no kasb etishi bilan bog‘liq tadqiqotlarni nazarda tutadi. Ijodkorga xos badiiy did, borliq voqealarining poetic tafakkur orqali badiiy tasvirlash va muallif konseptual olamining voqealanishida tilning lisoniy-estetik funksiyasi matnning badiiylik mezonini belgilaydi. Badiiy matnga xos badiiylik tushunchasi adabiyot ilmida
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается явление адгезии, которое рассматривается как категория текста, а также обсуждаются теоретические вопросы, связанные с филологическим подходом к нему, его рассмотрением как малого элемента текс…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается явление адгезии, которое рассматривается как категория текста, а также обсуждаются теоретические вопросы, связанные с филологическим подходом к нему, его рассмотрением как малого элемента текс… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- text, artisticdetail, unity, character, implicit, artistictext, hidden meaning, xarakter, badiiy detal, birlik, yashirin ma’no., implitsit, badiiy matn, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025