Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OG‘IR HAYOTIY VAZIYATGA TUSHGAN SHAXSLAR BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISH TAJRIBALARI
Komilova Dilshoda Ulug’bekqizi · Ilmiy rahbar: Rahmatova Hayrihon
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar bilan olib borilayotgan ijtimoiy ishning amaliy tajribalari, metodik yondashuvlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Muallif ushbu toifadagi shaxslar bilan ishlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining tutgan o‘rni, ijtimoiy xizmatlarning sifat va doirasi, mutaxassislar malakasi hamda xizmatlar ko‘rsatish jarayonida uchraydigan muammolarni yoritadi. Maqolada mahalliy va xalqaro tajribalarga asoslangan holda ijtimoiy xizmatlar tiziminitakomillashtirish bo‘yichataklif vatavsiyalar ishlabchiqilgan. Kalit so‘zlar: og‘ir hayotiy vaziyat, ijtimoiy ish, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatlar, tajriba, xavf guruhi Ijtimoiy hayotda yuzaga kelayotgan murakkabliklar, global muammolar, iqtisodiy notinchlik va ijtimoiy tengsizlik ayrim shaxslarni og‘ir hayotiy vaziyatlarga duchor qilmoqda. Bunday vaziyatlar – tabiiy ofatlar, zo‘ravonlik, ishsizlik, nogironlik, psixologik zarbalar, oilaviy ajrimlar yoki uy-joysizlik kabi holatlar inson salohiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Shu bois, ushbu holatdagi shaxslar bilan samarali va tizimli ijtimoiy ish olib borish nafaqat ularning hayot sifati va jamiyatga qayta integratsiyalashuvini ta'minlaydi, balki ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ishning asosiy maqsadi og‘ir hayotiy sharoitga tushgan fuqarolarni aniqlash, ularga mos ijtimoiy xizmat turlarini ko‘rsatish, psixologik va huquqiy yordam berish hamda ularni jamiyatga moslashtirishdir. Bu borada ijtimoiy xodimlar faqat yordam ko‘rsatish emas, balki har bir insonning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda yo‘naltiruvchi, motivator va ko‘makchi sifatida faoliyat yuritadilar. Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya va xizmatlar tizimi asta-sekin modernizatsiya qilinmoqda. “Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar bilan ishlash” yo‘nalishida maxsus markazlar, reabilitatsiya muassasalari va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish punktlari faoliyat yuritmoqda. Shunga qaramay, ushbu faoliyatda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar –malakali kadrlar yetishmasligi, metodik qo‘llanmalar va muvofiqlashtirilgan tizim yo‘qligi, mahalliy darajadagi hamkorlikningsustligi kabi jihatlarmavjud. Maqola ijtimoiy ishning amaliyotida to‘plangan real tajribalarni tahlil etish, samarali yondashuvlarni aniqlash va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan. Tadqiqot davomida nafaqat ichki, balki xorijiy tajribalarga ham murojaat qilinadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini oshiradi va ilmiy-uslubiy yondashuvlar asosidayangi echimlar ishlab chiqishga zaminyaratadi. Tadqiqotda sifatli va miqdoriy metodlar uyg‘un holda qo‘llanildi. Miqdoriy yondashuv doirasida 3 ta hududda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida 50 nafar ijtimoiy xodim, 30 nafar og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxs va 20 nafar mahalla vakillari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Sifatli metod sifatida esa yarim strukturaviy intervyular asosida tajribali 173 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com ijtimoiy ishchilar bilan chuqur suhbatlar olib borildi. Tahlil qilishda tematik kodlash, muammoli vaziyatlarni aniqlash va tajriba asosidagi tavsiyalar ishlab chiqish usullaridan foydalanildi. Shuningdek, xorijiy tajribaasosida taqqosloviytahlillarham amalga oshirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar bilan ishlovchi ijtimoiy xodimlarning aksariyati metodik qo‘llanmalarning yetishmasligini tan oldi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 62 foizi mavjud xizmatlar individual yondashuv yetishmasligi tufayli yetarlicha samara bermayotganini ta’kidladi. Intervyularda esa reabilitatsiya jarayonida muvofiqlashtirilgan tarmoq hamkorligi – ayniqsa, sog‘liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish va psixologik yordam tizimlari o‘rtasidagi integratsiyaning sustligi muammo sifatida ko‘rsatildi. Ayrim hududlarda esa mahalla va nodavlat tashkilotlar ko‘magida muvaffaqiyatli tajribalar shakllanganligi qayd etildi. Tadqiqot natijalari og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar bilan ishlashda tizimlilik, uzviylik va muvofiqlik muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Ijtimoiy ish faqat yordam ko‘rsatish vositasi emas, balki shaxsning ichki resurslarini tiklash va faollashtirishga qaratilgan ko‘p bosqichli va izchil yondashuvdir. Bunday shaxslar bilan ishlashda barqaror ijtimoiy tarmoqlarga ulangan xizmatlar, individual reabilitatsiya rejasi va muntazam monitoring tizimi bo‘lishi zarur. Muhokamalar davomida xorijiy tajribadan o‘rganilgan yondashuvlar – masalan, case management (holat asosida boshqaruv), “bir darcha” modeli, va interdisiplinar yondashuvlar mamlakatimiz uchun dolzarb va o‘zlashtirilishga arzigulik ekani aniqlandi. Maqolada tahlil qilingan ijtimoiy ishtajribalari shuni ko‘rsatadiki, og‘irhayotiy vaziyatga tushgan shaxslar bilan ishlashda tizimli, individual yondashuv asosida tashkil etilgan xizmatlar samarali natijalar beradi. Ijtimoiy xodimlar faqatgina yordam ko‘rsatuvchi emas, balki shaxsning ijtimoiy salohiyatin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar bilan olib borilayotgan ijtimoiy ishning amaliy tajribalari, metodik yondashuvlari va samaradorligi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar bilan olib borilayotgan ijtimoiy ishning amaliy tajribalari, metodik yondashuvlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy xizmatlar, og‘ir hayotiy vaziyat, reabilitatsiya, xavf guruhi, tajriba, ijtimoiy yordam, ijtimoiy ish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025