К содержанию
РецензированоUZ2026

SANOAT CHIQINDILARINI KAMAYTIRISH VA AYLANMA IQTISODIYOT TAMOYILLARINI TATBIQ ETISHNING EKOLOGIK SAMARADORLIGI

ZulunovaXuryona Jasurbekqizi · QoqonUnversiteti Andijon filiali

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

This article analyzes the environmental efficiency of reducing industrial waste and implementing circular economy principles. It examines the impact of the circular economy model on waste reduction, energy and resource savings, as well as pollution prevention. Based on practical examples from countries like China, the article highlights the ecological and economic benefits of this approach. The technological, economic, and regulatory challenges faced during the transition to a circular economy and potential solutions are also discussed. Finally, recommendations are provided regarding the roles of government, private sector, and society in achieving environmental sustainability. Keywords: Circular economy, industrial waste reduction, environmental efficiency, recycling, green technologies, resource saving, pollution reduction, sustainable development, investments, government policy. Kirish Sanoat inqilobiva texnologik taraqqiyot natijasidadunyo bo‘ylabishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi. Shu bilan birga, sanoat faoliyatining intensivlashuvi sanoat chiqindilarining miqdorini ham keskin oshirishga sabab bo‘lmoqda. Jahon miqyosida hosil bo‘layotgan sanoat chiqindilari 165 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com miqdori yil sayin o‘sib, atrof-muhitning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu chiqindilar nafaqat tuproq, suv va havoning ifloslanishiga olib keladi, balki inson salomatligi va biologik xilma-xillikkaham jiddiyxavf tug‘diradi. Atrof-muhit muammolarini samarali hal etish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va ularni qayta ishlash tamoyillarini joriy etish zaruriyati tug‘ildi. Shu maqsadda so‘nggi yillarda "aylana iqtisodiyot" (circular economy) tushunchasi keng tarqaldi. Aylana iqtisodiyot – bu resurslarni samarali aylantirish, chiqindilarni minimal darajaga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tizimli yondashuvdir. Bu yondashuv an’anaviy “ol–ishlat–tashla” iqtisodiy modelidan farq qilib, mahsulotlar va materiallarni imkon qadar uzoqroq davrda va qayta foydalanishga yaroqli shaklda saqlashni maqsad qiladi. Maqolaning maqsadi — sanoat chiqindilarini kamaytirish va aylana iqtisodiyot tamoyillarini tatbiq etish orqali ekologik samaradorlikni oshirish yo‘llarini o‘rganish, shuningdek, ushbu tamoyillarni amaliyotga joriy qilishdagi imkoniyatlar va to‘siqlarni tahlil qilishdir. Maqolada quyidagi vazifalar bajariladi: sanoat chiqindilarining turlari va ularning atrof-muhitga ta’siri haqida umumiy ma’lumot berish, aylana iqtisodiyot tamoyillarining mohiyati va ahamiyatini ko‘rsatish, shuningdek, ekologik samaradorlikkaerishish yo‘llarini ochib berish. Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish va sanoat chiqindilarini kamaytirish masalalarini samarali hal qilish uchun yangi yondashuvlar zarur. Shu jumladan, aylana iqtisodiyot konsepsiyasi atrof-muhitni himoya qilish va resurslardan oqilona foydalanishda asosiy rol o‘ynamoqda. Aylana iqtisodiyot — bu resurslardan uzluksiz foydalanish va chiqindilarni minimal darajaga tushirishga qaratilgan iqtisodiy modeldir. Ushbu konsepsiya mahsulotlarning umrini uzaytirish, ularni qayta ishlash va qayta foydalanishga yo‘naltirish orqali tabiiy resurslar sarfini kamaytirishni maqsad qiladi. Aylana iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonlari va iste’mol faoliyati uzluksiz aylanish zanjiri shaklida tashkil etiladi, bu esa atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiysamaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Traditsion “ol–ishlat–tashla”modelidan farqli jihatlari An’anaviy iqtisodiy model, ya’ni “ol–ishlat–tashla” printsipi asosida ishlab chiqarish jarayonida tabiiy resurslardan foydalaniladi, keyin esa mahsulot muddati tugagach, u chiqindiga aylanadi. Bu modelda chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash yetarli darajada e’tiborga olinmaydi, natijada tabiiy resurslarning qisqarishi vaatrof-muhit ifloslanishiyuzaga keladi. Aylana iqtisodiyot esa mahsulot va materiallarni “tashlab yuborish” o‘rniga, ularni qayta ishlash, ta’mirlash, yangilash va qayta foydalanishga yo‘naltiradi. Bu modelda chiqindilarni maksimal darajada kamaytirish, resurslar samaradorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish asosiy maqsad hisoblanadi. Aylana iqtisodiyotning asosiy tamoyillari 1. Qayta ishlash (Recycling): Mahsulotlar yoki ularning qismlari foydalanilganidan so‘ng qayta ishlab chiqarishga kiradi. Bu tamoyil tabiiy resurslarga bo‘lgan talabni kamaytirishga yordam beradi. 166 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com 2. Takror foydalanish (Reuse): Mahsulot yoki uning elementlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishlashdan oldin, imkon qadar yana bir yoki bir necha marta ishlatish. Bu chiqindilarni kamaytirish va resurslar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 3. Chiqindisiz ishlab chiqarish (Waste-free production): Ishlab chiqarish jarayonlarini shunday tashkil etishki, chiqindilar yuzaga kelmasin yoki minimal b

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the environmental efficiency of reducing industrial waste and implementing circular economy principles.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the environmental efficiency of reducing industrial waste and implementing circular economy principles. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Circular economy, industrial waste reduction, environmental efficiency, recycling, Aylanma iqtisodiyot, ekologik samaradorlik, yashil texnologiyalar, sanoat chiqindilari kamayishi, resurslarni tejash, ifloslanishni kamaytirish, investitsiyalar, barqaror rivojlanish, qayta ishlash, davlat siyosati.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники