Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VLADIMIR NABOKOV IJODIDDA RUS TILI BADIIY TAFFAKKUR MANBAI
BADIIYTAFFAKKUR MANBAI · Pulatova Sabina Sharifovna
Международный научный журнал · 12 · 63–65 · 1926
Аннотация
This article analyzes the aesthetic and cultural role of the Russian language in Vladimir Nabokov’s works. The author’s artistic thinking, shaped in a multilingual environment, his late mastery of Russian, and his deep study of the language through Dahl’s dictionary, as well as the emigration milieu of the Berlin period, are shown to have enhanced the poetic power of Russian in his prose. Themes of nostalgia and national identity in works such as “Mary” (1926), “King, Queen, Knave” (1928), “The Defens”e (Зaщита Лужина, 1930), and “Glory” (Подвиг, 1931) are expressed through images in the Russian language. In addition, V. Nabokov’s skill as a translator and his bilingual creative style are directly linked to the grace and charm of Russian. The article aims to demonstratehow Russian served as asource ofartistic thought inhis prose. Keywords: Vladimir Nabokov, Russian language, émigré literature, translation, bilingual creativity, Berlin period, poetics. Vladimir Vladimirovich Nabokov (1899-1977) XX asr adabiyoti tarixida ikki tilda – rus va ingliz tillarida –birdek yuksak darajada ijod qilgan noyob yozuvchi sifatida tanilgan. Uning ijodiy merosi rus muhojir adabiyoti hamda Amerika postmodernistik adabiyotining rivojida muhim o‘rin egallaydi. Yozuvchining bolalik va yoshlik yillari Sankt-Peterburgdagi ziyoli, ko‘p tilli muhitda kechib, bu uning kelajakdagi adabiy uslubi va til sezgirligiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Onasi Elena Ivanovna tomonidan ingliz va fransuz tillarida o‘qitilgan bo‘lajak adib keyinchalik ona tili – rus 162 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com tilini mukammal o‘zlashtirib, uni ijodiy ilhom manbai sifatida qadrlagan. U Dahlning “Izohli lug‘ati”ni muntazam o‘qib, o‘ziga yoqqan so‘zlarni yozib borishni odat qilgan. V. Nabokovning “My mind speaks English, my heart speaks Russian, and my ear prefers French. [1]” degan iborasi uning ko‘ptillidunyoqarashi varus tiligabo‘lgan samimiymehrini yaqqol aks ettiradi. Bolalik davrida V. Nabokov ko‘p tilli muhitda ulg‘aygan bo‘lsa-da, rus tilini kechroq o‘zlashtirgan. Onasi Elena Ivanovna unga inglizcha ertaklarni o‘qib bergan, rus xalq ertaklarini esa ingliz tiliga tarjima qilib yetkazgan. Faqat Vasiliy Martinovich Jernesokov ismli o‘qituvchi orqali u rus tilining asoslarini o‘rgana boshlagan.1 V. Nabokov keyinchalik ona tilining boy ma’nolarini chuqur anglash uchun Dahlning “Izohli lug‘ati”ni muntazam mutolaa qilgan va har kuni kamida o‘n sahifa o‘qishni odat qilgan: “I resolved to read at least ten pages per day, jotting down such words and expressions as might especially please me...[4.205]” Ushbu mashg‘ulotlar rus tiliniuning badiiy tafakkurining markaziga aylantirdi. V. Nabokovning rus tilida yozgan ilk asarlari, xususan, “Mashenka” (1926), “Korol, dama, valet” (1928), “Lujin himoyasi” (“Защита Лужина”,1930), “Jasorat” (“Подвиг”, 1931) kabi romanlari uning muhojirlikdagi nostalgiya va milliy o‘zlik izlanishlarini badiiy ifodaladi. Berlin davridagi muhojirlik muhitida rus tili uning ijodiy uslubida ona yurt xotiralari, bolalik manzaralari va madaniy kodlarni qayta jonlantirish vositasiga aylandi. O‘z davrining ko‘zga ko‘ringan rus tanqidchisi va adabiyotshunos olimi Yuliy Ayxenvald “Mashenka” (1926) romanidan so‘ng V. Nabokovni “Sirin rus Berlinining shubhasiz eng iste’dodli adabiyot vakili” deya e’tirof etgan va “bizda yangi Turgenev dunyoga keldi” deb ta’kidlaganida, bu baho uning rus tilida yaratilgan nasrining boyligini ifodalaydi. Berlin davridagi ruscha ijodiy muhit V. Nabokov uchun katta maktab bo‘ldi. 1920–1930-yillarda Berlin rus emigrant yozuvchilarining asosiy markazlaridan biriga aylangan edi. Shu yerda V. Nabokov “Sirin” taxallusi bilan tanildi va rus tilida ko‘plab hikoya, poema, pyesa va romanlarni yaratdi. “Sirin” nomi rus mifologiyasidagi qush timsoli sifatida uning adabiy timsoliga uyg‘un edi [2.86]. Berlin muhiti V. Nabokovning ruscha nasrida til o‘yinlari, metaforik qatlamlar va poetik tasvirlarning kuchayishigaolib keldi. Aynan shu davrda u“nasrshoiri”[2.217]sifatidatanildi. Bundan tashqari, Berlindagi faoliyatida va qolaversa, butun ijodida tarjimonlik V. Nabokov ijodida muhim o‘rin egallagan. U o‘zining rus tilidagi romanlarini ingliz tiliga, inglizcha romanlarini esa rus tiliga o‘zi tarjima qilgan. Masalan, “Машенька” ingliz tilida “Mary”, “Король, дама, валет” esa “King, Queen, Knave” nomlari bilan qayta yozilgan. Tarjimalar jarayonida u nafaqat matnni ko‘chirgan, balki uni qayta yaratar, yangi madaniy ma’nolar bilan boyitgan. Bu ikki tillilik V. Nabokov uslubini yanada murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishiga zamin yaratdi. Yozuvchi uchun rus tili shunchaki muloqot vositasi emas, balki falsafiy va badiiy izlanishlarning poydevori edi. U o‘zining trilingval (rus, ingliz, fransuz) madaniy olamida tilning turli qirralarini uyg‘unlashtirgan holda, rus tilida yozilgan matnlarda inglizcha obrazlar yoki fransuzcha ohanglarni mujassamlashtirdi. Xulosa o‘rnida, shuni ta’kidlash joizki, adibning adabiy mer
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the aesthetic and cultural role of the Russian language in Vladimir Nabokov’s works.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the aesthetic and cultural role of the Russian language in Vladimir Nabokov’s works. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Vladimir Nabokov, Russian language, émigré literature, translation, bilingual, Berlin davri, zullisonayn ijod, poetika., rus tili, tarjima, muhojir adabiyoti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025