К содержанию
РецензированоUZ2026

ROBERT KIYOSAKINING “BOY OTA, KAMBAG‘AL OTA” ASARIDA MOLIYAVIY SAVODXONLIK SABOQLARI

Temirov Xayrullo Tulkuno‘g‘li

Международный научный журнал · 12 · 63–65 · 2026

Аннотация

This article analyzes the main ideas of Robert Kiyosaki’s bestselling book “Rich Dad, Poor Dad”, focusing on financial literacy, economic independence, and a critical view of traditional education. The paper highlights how practical skills often outweigh academic credentials in today’s rapidly changing world. It explores Kiyosaki’s dual father model and its relevance to the socio-economic realities of modern Uzbekistan. The article underscores the significance of real-life financial education and itsimpact onyouth success. Keywords: financial literacy, education, economic freedom, Kiyosaki, real-life experience, rich dad, poordad. Аннотация: В данной статье рассматриваются ключевые идеи популярной книги Роберта Кийосаки “Богатый папа, бедный папа”, включая финансовую грамотность, экономическую независимость и критическое отношение к традиционному образованию. Показано, что в современных условиях практические навыки становятся важнее дипломов. Через противопоставление двух моделей отцов автор раскрывает особенности финансового мышления и подчеркивает его актуальность для молодежи Узбекистана. Особое внимание уделяется жизненнымурокам какисточникунастоящего экономического образования. Ключевые слова: финансовая грамотность, образование, экономическая свобода, Кийосаки,жизненныйопыт,богатыйпапа,бедный папа. Robert Kiyosakining “Boy ota, kambag‘al ota” asari iqtisodiy erkinlik va moliyaviy savodxonlik masalalarini keng yorituvchi mashhur publitsistik-didaktik asardir. Zamonaviy dunyoda qaysi turdagi ta’lim inson hayotida uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlash masalasi hanuz ilmiy munozaralarda markaziy o‘rinda turadi. Globallashuv, texnologik rivojlanish va iqtisodiy beqarorlik sharoitida, o’sib kelayotgan yosh avlodga qanday bilim va malakalar zarur bo‘lishi haqidagi savol tobora dolzarblashmoqda. Ko’plab odamlar an’anaviy ta’limni yagona yo’l deb hisoblaydilar. Kiyosaki esa formal ta’lim ahamiyatini inkor etmagan holda, moliyaviy mustaqillik ko‘pincha sinfdan tashqari o‘rganiladigan real hayotiy ko‘nikmalarga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Asar o‘quvchini rasmiy ta’lim tizimida kam yoritiladigan tushunchalarni tanqidiy o‘rganishga, nazariy bilimlar bilan amaliy tajribani solishtirishga undaydi. Mazkur maqola asarning bugungi kundagi mazmun-mohiyatini tahlil etish barobarida, hozirgi jamiyat uchun aktual bo‘lgan moliyaviy savodxonlik muammolariga ham e’tiborqaratadi. Robert Toru Kiyosaki (1947-yil 8-aprel) — amerikalik tadbirkor, investor, ma’ruzachi va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ommabop asarlar muallifi. U Gavayi shtatining Xilo (Hilo) shahrida, o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan va keyinchalik turli biznes tashabbuslari, startaplar hamda investitsion faoliyat orqali “real hayot” tajribasini to‘plagan. Kiyosaki o‘z faoliyatining dastlabki bosqichlarida bir qator muvaffaqiyatsizliklarga duch kelganini ta’kidlaydi; aynan shu tajribalar 159 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com uning moliyaviy tafakkurini shakllantirib, “hayot maktabi” orqali o‘rganish konsepsiyasini ilgari surishiga turtki bergan. U yoshlar va kattalarni moliyaviy mustaqillikka undovchi ta’limiy dasturlar, seminarlar va nashrlarbilan mashhur bo‘ldi. Kiyosaki o‘nlab kitoblar (30 dan ortiq) muallifi bo‘lib, ular orasida eng mashhuri — 1997-yilda ilk bor chop etilgan “Boy ota, kambag‘al ota” (“Rich Dad Poor Dad”) asaridir. Asar moliyaviy savodxonlik g‘oyalarini ommalashtirgan, global miqyosda bestsellerga aylangan va ko‘plab tillarga tarjima qilingan. Unda muallif ikki xil dunyoqarashni — rasmiy ta’limga, xavfsiz ish o‘rniga va maoshga tayanadigan “kambag‘al ota” modeli bilan moliyaviy mustaqillik, tadbirkorlik va aktivlar to‘plashni targ‘ib qiluvchi “boy ota” modelini — qarama-qarshi qo‘yadi. Ushbu qarama-qarshilik orqali Kiyosaki jamiyatdagi iqtisodiy fikrlash stereotiplarini ochib beradi va o‘quvchini diplom va baholardan tashqari moliyaviy tafakkur, o‘zini boshqarish va investitsion madaniyatni rivojlantirishgada’vat etadi. Mazkur biografik bo‘lim maqolada ilgari suriladigan tahliliy mulohazalar — rasmiy ta’lim va hayot maktabi o‘rtasidagi bog‘liqlik, aktiv-passiv tafakkuri, moliyaviy erkinlik pedagogikasi — uchun kontekstyaratadi. Kiyosakining kambag‘al otasi jamiyatda hurmat qozongan, ilmiy darajaga ega, rasmiy ta’lim olgan, biroq moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lmagan shaxs sifatida ta’riflanadi. U har doim farzandi Kiyosakiga shunday maslahat berardi: “O’qishda yaxshi o’qi, shunda yaxshi ish topasan”. [1.12-15] Bu ibora nafaqat asarda, balki bizning hayotimizda ham tanish, chunki ko‘pchilik ota-onalar uchun bufikrta’limtiziminingasosiy tayanchi kabi tuyuladi. Biroq zamonaviy sharoitda bu yondashuv tobora samarasiz bo‘lib bormoqda. Sababi, maktab va universitetlar o‘quvchilarga faqat ish topish yo‘llarini o‘rgatadi, lekin moliyaviy hayotga tayyorlamaydi. Ko‘plab bitiruvchilar to‘rt yil o‘qib diplom olgan bo‘lsalar-da, real hayotga to‘liq tayyor emasliklarini tushunib yetadilar. Ular amaliy ko‘nikmalar, moliyaviy

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the main ideas of Robert Kiyosaki’s bestselling book “Rich Dad, Poor Dad”, focusing on financial literacy, economic independence, and a critical view of traditional education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the main ideas of Robert Kiyosaki’s bestselling book “Rich Dad, Poor Dad”, focusing on financial literacy, economic independence, and a critical view of traditional education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
financial literacy, education, economic freedom, Kiyosaki, real-life experience, rich, iqtisodiy erkinlik, moliyaviy savodxonlik, boy ota, ta’lim, real hayot, kambag‘al ota.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники