К содержанию
РецензированоUZ2026

KONSTITUTSIYAVIY QADRIYATLAR VA MILLIY G‘OYA: UYG‘UNLIKDA BARQAROR JAMIYAT ASOSLARI

BARQAROR JAMIYAT ASOSLARI · Habibjonov Izzatbek Dilshodjon og‘li

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada konstitutsiyaviy qadriyatlar va milliy g‘oya o‘rtasidagi falsafiy- ijtimoiy uyg‘unlikning barqaror jamiyat qurilishidagi nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif tomonidan qadriyatlarning huquqiy me'yorlar tizimidagi ontologik asoslari, ularning tarixiy shakllanish bosqichlari va milliy g‘oyaning jamiyat ijtimoiy ongiga singdirilish mexanizmlari tahlil etilgan. Konstitutsiyaviy qadriyatlar davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy shartnoma sifatida qaralib, ular orqali milliy g‘oyaning huquqiy asosda mustahkamlanishi va shaxsni ijtimoiylashuvga yo‘naltirish mexanizmi o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi va unga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlar kontekstida milliy g‘oyaning asosiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan modeli falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tahlil davomida konstitutsiyaviy qadriyatlarning fuqarolik jamiyati, huquqiy ong va milliy birlikni mustahkamlovchi determinanta sifatidagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqotda Sharq falsafasi, zamonaviy siyosiy-normativ yondashuvlar va konstitutsiyaviy demokratik tizimlartajribasi solishtirma tahlilvositasidailmiyasosda yoritilgan. Kalit so‘zlar: Konstitutsiyaviy qadriyatlar, milliy g‘oya, barqaror jamiyat, huquqiy ong, ijtimoiy identifikatsiya, Sharq falsafasi, fuqarolik jamiyati, demokratik tamoyillar, ijtimoiynorma. Kirish Barqaror jamiyatning asosi bo‘lgan qadriyatlar tizimi har bir davlatning siyosiy-falsafiy poydevorini tashkil etadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy qadriyatlar va milliy g‘oya o‘rtasidagi uyg‘unlik jamiyatning huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojida markaziy determinanta sifatida namoyon bo‘ladi. Zamonaviy demokratik davlatlar taraqqiyotida konstitutsiya nafaqat huquqiy hujjat, balki xalqning tarixiy xotirasi, ijtimoiy ideal va madaniy identifikatsiyaning muhim timsoli sifatida qaraladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Konstitutsiya –buoddiy hujjat emas, uxalqimizning orzu-umidlarini, buguni va kelajagini ifodalaydigan muqaddas qadriyatlar manbaidir” (Sh.M. Mirziyoyev, Yangi O‘zbekiston –inson qadri ulug‘langan jamiyatdir, 2021). So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, ijtimoiy adolat va inson qadri ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu islohotlarning falsafiy zamirida milliy g‘oyaning chuqur ildiz otganini ko‘rish mumkin. Xususan, 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyatning asosiy huquqiy tamoyillari bilan bir qatorda, umumiy g‘oyaviy yo‘nalishlar – milliy birdamlik, tinchliksevarlik, insonparvarlik va diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa milliyg‘oyaning konstitutsiyaviy mustahkamlanishinianglatadi. Zamonaviy siyosiy-falsafiy tadqiqotlarda qadriyatlar konsepsiyasi huquqiy va ijtimoiy institutlar orqali jamiyatga tatbiq etilishi bilan tahlil qilinadi. Jumladan, amerikalik siyosatshunos Ronald Inglehartning qadriyatlar evolyutsiyasi to‘g‘risidagi nazariyasida iqtisodiy va madaniy omillar konstitutsiyaviy qadriyatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslanadi [Inglehart, 1997]. Shu bilan birga, mahalliy tadqiqotchi olimlar –S. Jo‘rayev, D.Kobilov, R.Toshpo‘latovlar tomonidan olib borilgan tahlillarda milliy g‘oya O‘zbekiston ijtimoiy hayotining integratsion mexanizmi sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, uning konstitutsiyaviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashuvi orqali barqarorlik va fuqarolik ongini shakllantirish muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan. 147 PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI https://worldlyjournals.com Shuningdek, Prezident Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston – xalq, inson va uning manfaatlari ustuvor bo‘lgan davlat” konsepsiyasi asosida konstitutsiyaviy qadriyatlarning mazmun-mohiyati yangicha talqinda yoritilmoqda. Bu esa bizni ushbu qadriyatlarning g‘oyaviy asoslari, ularning milliy g‘oya bilan o‘zaro aloqadorligi va barqaror jamiyat qurilishidagi ahamiyatinichuqurroq o‘rganishga undaydi. Shu boisdan, ushbu maqolada konstitutsiyaviy qadriyatlar va milliy g‘oyaning nazariy asoslari, ularning o‘zaro uyg‘unlashuvi, tarixiy-falsafiy rivojlanish bosqichlari, amaliyotdagi tatbiqiy yo‘nalishlari, hamda barqaror ijtimoiy tizimyaratishdagi o‘rni tahliliy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Tadqiqotda muqobil g‘oyaviy yondashuvlar, zamonaviy siyosiy-falsafiy kontsepsiyalar va milliy qonunchilik asoslari solishtirma tahlil qilinib, ularning o‘zaro uyg‘unligidan kelib chiqadigan nazariy vaamaliy xulosalarasoslab beriladi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya Konstitutsiyaviy qadriyatlar va milliy g‘oya o‘zaro uyg‘unlashgan ijtimoiy-siyosiy tamoyillar tizimi sifatida jahon ijtimoiy-falsafiy tafakkurida izchil ilmiy tadqiqotlar obyekti bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, qadriyatlar tizimining konstitutsiyaviylik bilan o‘zaro aloqasi zamonaviy gumanitar yondashuvlar doirasida yangi konseptual qiyofa kasb etgan. Ulri

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada konstitutsiyaviy qadriyatlar va milliy g‘oya o‘rtasidagi falsafiy- ijtimoiy uyg‘unlikning barqaror jamiyat qurilishidagi nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada konstitutsiyaviy qadriyatlar va milliy g‘oya o‘rtasidagi falsafiy- ijtimoiy uyg‘unlikning barqaror jamiyat qurilishidagi nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
demokratik tamoyillar, milliy g‘oya, huquqiy ong, ijtimoiy identifikatsiya, Sharq falsafasi, barqaror jamiyat, ijtimoiy norma., fuqarolik jamiyati, Konstitutsiyaviy qadriyatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники